Fanni o‘qitishdan maqsad


 Odamlar o’limi bilan bog’liq bo’lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix19.09.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#122369
1   2   3   4
Ma\'ruza mashg\'uloti

5. Odamlar o’limi bilan bog’liq bo’lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv ishlari
o’tkazilishini hamda zarar ko’rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatilishini
talab qiladigan maktablar, kasalxonalar, kinoteatrlar va boshqa ijtimoiy yo’nalishdagi
ob’ektlar, shuningdek uy-joy sektori binolari konstruktsiyalarining to’satdan buzilishi,
yong’inlar, gaz portlashi va boshqa hodisalar.
6
. Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki
ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar:
Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki
ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar:
sanitariya - himoya hududi tashqarisiga chiqarib tashlanishi natijasida paydo bo’lgan yuqori
darajadagi radioaktivlik odamlarning yo’l qo’yiladigandan ko’p miqdorda nurlanishini keltirib
chiqargan
texnologik
jarayonda
radioaktiv
moddalardan
foydalanadigan
ob’ektlardagi
avariyalar; radioaktiv materiallarni tashish vaqtidagi avariyalar;


7. Gidrotexnik halokatlar va avariyalar:
suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland tog’lardagi ko’llardan
suv urib ketishi natijasida vujudga kelgan hamda suv bosgan hududlarda odamlar
o’limiga, sanoat va qishloq xo’jaligi ob’ektlari ishining, aholi hayot faoliyatining
buzilishiga
olib
kelgan
va
shoshilinch
ko’chirish
tadbirlarini
talab qiladigan halokatli suv bosishlari.


*
TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR
Geologik xavfli hodisalar:
Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
Favqulodda epidemiologik, epizootik va
epifitotik vaziyatlar:


*
Geologik xavfli hodisalar:
odamlar o’limiga, ma’muriy-ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-
uskunalarning, energiya ta’minoti, transport kommunikatsiyalari va infratuzilma
tizimlarining, ijtimoiy yo’nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha
darajada buzilishiga, ishlab chiqarish va odamlar hayot faoliyatining izdan
chiqishiga olib kelgan zilzilalar;
odamlar o’limiga olib
kelgan
yoki
olib
kelishi
mumkin
bo’lgan va
xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko’chirishni yoki xavfsiz joylarga doimiy
yashash uchun ko’chirishni talab qiluvchi yer ko’chishlari, tog’ o’pirilishlari va
boshqa xavfli geologik hodisalar.


*
Gidrometeorologik xavfli hodisalar:
odamlar o’limiga, aholi punktlarini, ba’zi sanoat va qishloq xo’jaligi ob’ektlarini suv
bosishiga, infratuzilmalar va transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va
odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kelgan va shoshilinch ko’chirish tadbirlari
o’tkazilishini talab qiladigan suv toshqinlari, suv to’planishi va sellar;
aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog’lomlashtirish lagerlaridagi
odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o’limiga olib kelgan
yoki olib kelishi mumkin bo’lgan qor ko’chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala
va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar.


*
Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
o’lat, vabo, sarg’ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli
infektsiyalar;
odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar - epidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, Ku-
isitma;
zoonoz infektsiyalar - Sibir yarasi, quturish;
virusli infektsiyalar - SPID;

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə