Фаннинг Укув дастури Мирзо Улугбек номидаги Узбекистон Миллий университета Илмий-методик кенгашида тавсия килинган


O‘quv fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 75,51 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü75,51 Kb.
#180759
1   2   3   4   5   6
10634 Deviantologiya asoslari fan dasturi (1)

O‘quv fanining maqsad va vazifalari:


Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda xulqi og‘ishganlik muammosi, deviant xulq atvorning ijtimoiy-psixologik omillari, asosiy psixologik tushunchalar tizimini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - deviant xulq atvorning ijtimoiy-psixologik omillari, uning ijtimoiy, psixologik, biologik sabablari, addiktiv va deviant xulq-atvor profilaktikasi, uni diagnostika kilish masalalari bilan tanishtirish.


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
“Deviantologiya asoslari” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Xulqi og‘ishganlik haqida tushuncha, uning turlari, ko‘rinishlari va profilaktikasiga doir nazariy asoslarni bilishi kerak;
- Addiktiv xulq-atvorning ko‘rinishlari (alkogolizm, narkomaniya, toksikomaniya, jinsiy buzilishlar) ularning profilaktikasi va diagnostika qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- Nevrotik sindromlar, nevroz va uning ko‘rinishlari haqida bilishi, ularning psixologik tavsiflash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
- Deviant xulq-atvorning barcha ko‘rinishlarini davolashning psixoterapevtik usullaridan xabardor bo‘lishi kerak.


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi.
Deviantologiya asoslari fani, bir tomondan, psixologiya fanining boshqa tarmoqlari, shuningdek, umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi kabi fanlar bilan uzviy bog‘langan. Ikkinchi tomondan, deviantoliya bir qator ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan – sotsiologiya, pedagogika, meditsina, biologiya fanlari bilan aloqador.


Fanning fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni
YOsh avlodni barkomol inson bo‘lib etishishida, etuk mutaxassis bo‘lib faoliyat ko‘rsatishida ularni zarur psixologik bilimlar bilan qurollantirish uchun xizmat qiladi.



Yüklə 75,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə