Faoliyatini shakllantirish shartlari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.08.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#120721
  1   2   3   4


 
Volume: 02 Issue: 01 | 2022 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
Analytical Journal of 
Education and Development
134 
MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYACHINING INNOVASION 
FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH SHARTLARI 
 
Yuldosheva Feruza Mamasaxatovna 
Termiz davlat universiteti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan 
yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tayotganigi, Pedagogning innovatsion 
faoliyati o’z ichiga yangilikni ta’lil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning 
maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va ta’rir qilish, 
samaradorlikka baho berish, pedagogning innovatsion faoliyatga bo’lgan qobiliyatlarining 
asosiy xislatlari va boshqalar.
Kalit so‘zlar:
 pedagogik innovatsiya, pedagog va tarbiyachilarning innovasion darajasi, 
innovatsion faoliyat, innovatsion jarayon, innovatsiyalarga ajratish, innovatsiyalar, pedagogik 
jarayon. 
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion faoliyat tashkil 
etadi. Tarix shundan dalolat beradiki, inson o‘zining aql-zakovati bilan dastlabki mehnat 
qurollarini o‘ylab topishdan, algoritm va nanozarralar, zamonaviy innovatsion kompyuter, 
quyosh va boshqa yuqori texnologiyalarni kashf etishgacha bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib 
o‘tdi.Shu bilan bir qatorda ta’lim sohasi tizimiga, balki jamiyatning barcha sohalarining rivojiga 
o‘zining aks ta’sirini ko‘rsatadi.
“Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan 
innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejis emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan 
rivojlanib 
borayotgan hozirgi davrda kim 
yutadi? 
Yangi 
fikr, 
yangi 
g‘oyaga innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk 
kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, 
innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”. 
“Innovatsiya”
tushunchasi juda keng qo’llanilmokda. Innovatsiya so’zi inglizcha so’z bo’lib-
«innovatsion» yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi, ya’ni tizim ichki tuzilishini o’zgartirish, 
deb ta’riflanadi. «Innovatsiya» tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunoslar 
o’rganishlarida paydo bo’ldi va bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma’nosini 
bildirgan. Uning bu mahnosi hozirgacha etnografiyada saqlanib qolgan. Innovatsion faoliyat - 
yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yohud amaliyotning yangi 
shakllanayotgan me’yorlarining mavjud me’yorlar bilan to’qnashuvi natijasida vujudga kelgan 
majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyatdir. 
Prezidentimiz SH.Mirziyoev 2019 yil 8 maydagi PQ-4312 sonli qarori bilan qabul qilingan 
“O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
kontseptsiyasi”da qator ustuvor vazifalar keltirilgan: “Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish 
bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang’ich ta’limga tayyorligini, 
shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash 
asosida amalga oshirilishi lozimligi ko’rsatib o’tilgan. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat 
hissini, oilaga, o’z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga 



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə