Farg'ona vodiysida istiqlolchilik xarakatim ularning namoyondalari mundarija


I-Bob. ХХ asr boshlaridagi istiqlolchilik harakatlari va uning tarixiy ahamiyati



Yüklə 130,5 Kb.
səhifə2/8
tarix29.11.2023
ölçüsü130,5 Kb.
#141761
1   2   3   4   5   6   7   8
FARG\'ONA VODIYSIDA ISTIQLOLCHILIK XARAKATIM ULARNING NAMOYONDALARI

I-Bob. ХХ asr boshlaridagi istiqlolchilik harakatlari va uning tarixiy ahamiyati.

I.1 ХХ asr boshlaridagi istiqlolchilik harakatining mazmun mohiyati.


,,Bosmachi” iborasi birinchi bo’lib bolshevik mafkurachilar qo’llanadilar. ,,Jizn` natsional`nosti” (Maoskva, 1920 yil iyun) jurnalidan ,,Bosmachilar fronti” maqolasi e`lon qilindi. Bu iborani 1921-yili 4 aprelda mazkur maqola muallifi Farg’ona qo’shinlari qo’mondoni D.E.Konovalov ishlatdi. P.Kushnev esa ,,bosmachi” so’zini qaroqchi ma`nosida qo’lladi (,,Krasnaya Zvezda”. –M.: 1928. 1-son).
Xalqlar ,,dohiysi” I.V.Stalinning ,,bosmachilik” harakati 1918-1924 yillarda O’rta Osiyoda bir dushman, ixtilol va millatchi bo’lib, O’rta Osiyo respublikalarini Sovet Rossiyasidan ajratish va mustamlakachi sinf hokimiyatini yangidan qurish g’oyasi bilan boylar tomonidan boshqariluvchi siyosiy sho’ro tarixchilari tomonidan qabul qilinadi.
A.Zevelev, Yu.Polyakov, A.Chugunovlarning ,,Basmachestvo” ( ,,Bosmachilik”) kitobida (Moskva, 1981) quyidagi satrlar bitilgan: ,,Slova basmach proisxodit ot tyusrkogo glagola ,,basmach” chto oznachayet ,,davit”, ,,pritesnyat”, ,,nasilovat”. U narodov Sredney Azii ponyatiya ,,basmach” oznachayet ,,naletchik”, ,,bandit”, ,,razboynik”, ,,nasilnik”. Bundan ko’rinadiki mualliflar ,,bosmoq” fe`lining birinchi mazmunini olmasdan, uni ongli ravishda tushirib qoldirganlar, asosiy e`tibor keyingi ma`nolarga qaratilgan. Bu tushunarli, albatta. Chunki bu ma`no ko’rsatilsa, o’quvchida o’z-o’zidan qonuniy savol tug’iladi: Xo’sh, ,,bosmachilar” kimlarning yerini bosib, tortib olgan ekan? O’z uyini, o’z yerini bosib olish mumkin emas-ku? ,,Bosmachilar” o’z yerini o’zlari hech qachon bosib olmagan, balki uni bosmachilardan ya`ni chorizm yoki sho’ro bosqinchilaridan himoya qilgan. RKP (b) Markaziy Komitetining 1922 yil 18-may qarorida ,,bosmachilik”ka qarshi harbiy tadbirlar bilan birga aholi orasida jiddiy targ’ibot tashkil etilishi ham muhim vazifa sifatida ko’rsatilgan. Jumladan, ,,Anvar Poshoning aholi orasida inglizlarning josusi va Sharq xalqlarining dushmani”, deb targ’ibot yuritish kerakligini aytilgan edi.
Ammo bu kabi g’ayriilmiy, tuhmat qarashlarning aksi o’laroq, haqiqatga yaqin fikrlar ham o’sha 20-yillardayoq bildirilgan edi. N.Kakurin, G.Kozlovskiy, L.Soloveychiklar ,,bosmachilik”ni ,,partizanlar harakati”, ,,xalq harakati”, ,,inqilobiy kurash”, ,,ozodlik kurashi” deb talqin etishgan. Hatto milliy qirg’in aybdorlaridan biri V.Kuybishev ham Buxorodagi ,,bosmachilik”ni ozodlik kurashi, deb aytgan edi. Harbiy arboblardan biri bo’lgan Vrachev 1922 yil qo’zg’aloni, xalq isyoni xarakteriga ega” deb ko’rsatgan. Harbiy komissar Sokolovning fikricha ,,Bosmachilik Turkiston xalqining begona hokimiyatga qarshi milliy isyonidir”.
Taniqli rahbar xodim G.Safarov asari ,.bosmachilik” harakatini mustamlakachilarga qarshi qaratilgan milliy kurash deb atagan.
U ,,bosmachilik”ning kelib chiqish sabablariga to’xtalib: ,.Bosmachilik” bir tomondan ,,Qo’qon muhtoriyati” tom-mor etilishi va undan keyin davom etgan mustamlakachilik noma`qulchiliklari oqibatida milliy mustaqillik uchun kurash zamirida, ikkinchi tomondan esa, iqtisodiy tushkunlik-ocharchilik, Farg’onada paxtachilik xo’jaligining izdan chiqarilishi shu bilan birga o’zbek sart burjuaziyasining avalgi faravonligidan, mardikorlar, chorikorlar va qora ishchilar ommasining oddiy ish haqidan muhrum qilinishi asosida kelib chiqdi”. Huddi shu kabi fikr xulosani H.Batmanov, G.Skalov, D.Zuyov, S.Ginzburg, T.Dervish va boshqalar ham qayd etadilar. Ushbu aytilgan fikrlarga qo’shimcha qilib, N.Batmanov: ,,Sho’ro hokimiyati bosmachilikni keltirib chiqardi”, deydi.
Mahalliy millat vakillaridan Nizomiddin Xo’jayev, Turor Risqulov, Sanjarbek Asfandiyorov, Nazir To’raqulov, Rahim Inog’omoq va boshqalar ham masalaga to’g’ri baho berib, ,,bosmachilik”ning mohiyatiga to’g’ri yondashib va uni milliy ozodlik va istiqlol uchun kurash deb talqin etganlar va uning sabablarini xolisona va adolat tarozisida solib ko’rsatganlar. Shu boisdan ham ular 30-yillarda qatag’on qilichidan o’tkazilganlar.
Turkiston Kompartiyasining 1921 yil 19 avgustda bo’lgan VI qurultoyida Farg’ona masalasi ko’rildi. Unda asosiy maruzachi sifatida so’zlagan N.To’raqulov Farg’ona vodiysida ,,bosmachilik harakati” ning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilishga harakat qildi. U jumladan bunday degan edi: ,, ...hozirgi bosmachilik mahalliy hokimiyatning mustamlakachilik-bosmachilik ishining natijasi sifatida yuzaga keldi. Boshqa tomondan, bosmachilik faqat qator krizislar negizida tug’ilishi hal etishda, ekin maydonlarining qisqarishi natijasida va hakozolar, barcha bu inqiroz va iqtisodiy shart-sharoitlar asosida bosmachilik rivojlandi.
Bu sabablar bilan birgalikda tarixning ba`zi davrlarining rivojlanishi va kuchayishi yordam bergan bitta vaziyatni qayd qilmoq kerak. Bosmachilik, bu bizning tashkilotlarning siyosiy jihatdan uzoqni ko’ra bilmasligimizga Farg’ona fronti sharoitida mehnat majburiyatini o’tkazilishini misol bo’la oladi, qachonki oldindan hech qanday tashviqotsiz, hech qaydan hojat bo’lmagan holda mehnat majburiyatini shunday o’tkazdikki, mehnatga yaroqli shahar aholisining va dehqonlarning yarmi qishloqlardan qochib ketdi va ayni paytda bosmachilikka xayrixohlik bildiruvchi maxsus muhit yaratildi. Shungacha borildiki, mehnat majburiyatiga yetarli miqdorda kishilarni to’plash uchun masjidlar o’rab olinib, odamlar tutildi va hokazo. Mana shu barcha umumiy maxsus sharoitlarda bosmachilik rivojlandi, kuchaydi va mustahkamlandi”1.
Ayniqsa Sho’ro askarlarining ,,Qo’qon muhtoriyati”ni, Qo’qon shahri aholisini vahshiylarcha qirg’in qilishlari va xunrezliklari xalq ommasining ko’zini moshdek ochdi. ,,Bunday shavqatsiz qirg’inni bosqinchi, ular hech narsani tan olishmaydi, xudoga ham qarshi borishadi, degan gapralariga ishonch hosil qilishdi”. Bu borada Madamin qo’rboshining hayot yo’li yorqin namunasidir. Shermuhammadbek qo’rboshi esa Turkiston aholisiga quyidagi chaqiriq bilan murojaat qilgan edi:
,,Bolshevoylar aldaydilar va o’ldiradilar. Barcha davlatlar ularni tugatish uchun bolshevoylarga qarshi bormoqda va Turkistonga huquq berilganda edi, biz kurashmagan bo’lardik, balki Turkistonga o’z huquqi berilmas ekan, huquq va vijdonimiz uchun so’nggi tomchi qonimiz qolguncha bolshevoylarga qarshi kurash olib bormoqdamiz”. Shermuhammadbekning fikricha ,, ...bosmachilik” Umumturkiston istiqloli uchun bir yoqadan chiqargan vatanparvarlarning harakatidir.
Bu harakat-Temuriylarning, Ulug’beklarning, Navoiylarning yurtini Moskov tahdididan ozod etish demakdir”.
Shermuhammadbekning ukasi Nurmuhammadbek qo’rboshi ta`rificha, ,,bosmachilar” ,,mudofai vatan, mudofai din, mudofai millat” shiori ostida harakat qildilar”.
Turkiston tarixining bilimdoni, ,,bosmachilik urushi”ning, bevosita ishtirokchisi Z.V.To’g’on xulosalariga qaraganda ,,Bosmachilik” harakati Turkistonda 1918-1923 yillar oxirida faol harakatlarga ega holda butun quvvatini o’ziga jalb etib o’rtaga chiqqan muazzam ozodlik harakatidir”.
Q.Otaboyev ,,bosmachilik” deb nom olgan harakatni ,,Xalq isyoni” deb ataydi. Sho’ro hukumati, uning xulosasiga ko’ra, Turkistonda shunday iqtisodiy-siyosiy va milliy siyosat olib boradiki, ,,Natijada barcha dehqonlar va hunarmandlar sho’ro tuzumiga, sho’ro tartiblariga qarshi qo’zg’aldi va bosmachilar tarafiga o’tib ketdi, dastlabki davrlarda bosqinchilik ruhidagi bu harakat endilikda siyosiy mazmun kasb etdi. Shuni ta`kidlash lozimki, 1919-1920 yillarga kelib Farg’onada qaroqchilik emas, balki o’ziga xos Xalq isyoni vujudga keldi. To’rt yil mobaynida biz bu harakatga bergan noto’g’ri ta`rifimiz masalani hal etishda no’to’g’ri yondashuvlarga olib keldi. Va alal-oqibat to’rt yil davomida biz bu harakatning biror bir jihatini tugata olmadik.
Sho’ro hukumati toboro kuchayib bu qo’zg’alonga yuzma-yuz kelganida, bu qo’zg’alon yirik shaharlarda yanada mustahkamlandi va Sho’ro hukumatiga qarshi olib bordi”.
Turkiston o’lkasi xalqlarining qizil saltanat mustamlakachiligi va rus shovinizmiga qarshi boshlangan milliy ozodlik va istiqlol uchun kurashining sabablari to’g’risida yozma manbalarda har xil qarash, g’oya va fikrlarga duch kelamiz. Albatta, mazkur masala bo’yicha qalam tebratuvchi har bir shaxs qaysi millatga, qaysi siyosiy guruh va g’oyaviy dunyoqarashga mansubligiga va kimning buyurtmasi va topshirig’ini bajarayotganligiga qarab ijod qiladi va fikrlaydi. Jumladan, P.Alekseyenko o’zining 1931 yilda chop ettirgan ,,Chto takoye bosmachestvo” kitobida bosmachilikning kelib chiqishiga asosiy sabab qilib paxtani musodara etish haqidagi Kolesov dekreti oqibati natijasi o’laroq yuzaga kelgan ishsizlik deb baholaydi. Bu fikr-xulosaga harbiy tarixchi D.Zuyev ham qo’shiladi. Ammo bu mualliflar milliy ozodlik va istiqlol urushining asl mohiyati va sababini ochishdan o’zlarini chetga oladilar. ,,O’zbekiston SSR tarixi” (Uchinchi jild), ,,O’rta Osiyo Kommunistik tashkilotlarining tarixi” kitoblarida O’zbekiston va sho’ro davridagi O’zbekiston tarixiga oid barcha manbalarda, asosan, bitta g’oya ilgari suriladi: Angliya va Amerika singari imperialistik davlatlar O’rta Osiyoni o’z asoratiga solmoqchi edilar. Shu bois ular Turkistondagi aksiinqilobiy kuchlarni sho’rolarga qarshi ko’taradilar. ,,O’rta Osiyo Kommunistik tashkilotlarining tarixi”da quyidagi jumlalarni o’qiymiz: Chet el imperialistlarining g’alamisligi va madadi bilan ichki kontrevolyutsiya kuchlari 1918-yil yozida o’z faoliyatlarini aktivlashtirib, Sovet hokimiyatiga qarshi qat`iy hujumga o’tadilar. Turkistonda grajdanlar urushi avj oilb ketdi”. Huddi shu kabi fikrni tarixchi olim O’.Inoyatov ham takrorlaydi: ,,Butun mamlakatda bo’lgani singari Sovet Turkistonida ham Amerika va ayniqsa Angliya imperialistlari qo’llab-quvvatlagan ichki kotnravolyutsiya kuchlari sovet hokimiyatiga qarshi bosh ko’taradi”. Albatta, bunday fikr-xulosalar Turkistonda boshlanib ketgan o’lka mehnatkashlarining milliy ozodlik va istiqlol uchun kurashi mohiyatini ochib bera olmaydi1.
Biz Sho’ro hukmronligi yillarida shu darajada manqurtlanib o’zligimizni yo’qotdikki, ba`zi bir ziyoli olimlarimiz O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritib mustaqil davlat o’laroq shakllangandan keyin ham o’z ilmiy tadqiqot ishlarining nazariy-ilmiy metodologiyasiga marksizm-leninizmni asos qilib olib milliy mustamlakachi raqiblarimiz tegirmoniga suv quyib uni aylantirishda davom etdilar. Bu borada 1992 yilda O’zbekiston FA Tarix instituti Ilmiy Kengashida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun ,,1917-1932 yillarda O’rta Osiyoda bosmachilikning horijiy tarixshunosligi (ingliz-amerika adabiyoti materiallarida)” mavzusida Xakimov Ruslan Ahmedovich tomonidan yoqlangan dissertatsiya (Ilmiy rahbar tarix fanlari doktori, professor Qodirxo’ja Foxilxo’jayev) xarakterlidir. Dissertant xorijiy tarixshunoslar Z.Validi, Kastane, Cho’qayev, Karrer Ankoss, Montey, Park, Risler va boshqalar asarlarida Oktyabr to’ntarishidan so’ng Turkistonda Sho’ro hokimiyati o’rnatilgach mustamlakachilik tartib-qoidalarining faqat shakli o’zgarganligi, uning mazmun-mohiyati esa o’zgarmasdan eskicha saqlanib qolganligi haqidagi xulosalarni ,,tanqid” qiladi va noto’g’ri deb hisoblaydi. Muallif ,,Qizil qo’shinlar O’rta Osiyoni bosib olgach, bu hududda ,,bosmachilik” harakati vujudga kelganligini inkor etadi. U Oktyabr to’ntarishidan so’ng Qizil askarlarning bosqinchilik, talonchilik yurishlari oqibatida chorizm ,,O’rta Osiyoni ikkinchi marta bosib olganliklari” to’g’risidagi xorij tarixshunoslari fikrlariga qo’shilmasligini bayon etadi. ,,Hech qanday bosib olish bo’lgani yo’q” deb qat`iy fikr bildiradi, dissertant. Bu tarixchi olim xulosalariga ko’ra, ,,bosmachilik” harakati ,,aksilinqilobiy”, ,,aksilsho’roviy” harakatdir. U milliy-ozodlik harakati yo’lboshchilari bo’lgan Ergash qo’rboshi, Madaminbek, Junaidxonlarni ,,Inqilobdan burungi stajga ega bo’lgan jinoyatchi”, ,,siyosiy bandit”lar deb ta`riflaydi. Yuqoridagi keltirilgan fikr-xulosalar 1918-1934 yillar oralig’ida qariyb 16 yil davom etgan Turkiston o’lkasi xalqlarining kurashi sabablarini to’laqonli aks ettira olmaydi. Zero sovet askarlari tomonidan Qo’qon shahrining ishg’ol etilishi va Turkistonliklarning dushmandan qutilish istagi, Turkistonda ozodlik kurashining yangidan boshlanishiga yo’l ochib bergan edi.
Yana shu narsani aytmoqchimizki, Sho’ro Qizil qo’shinlari va xususan arman dashnoqlari Qo’qon shahridagi dahshatli qirg’inlar va yondirish-vayronagarchiliklar bilan cheklanib qolmadilar. Ular Qo’qon fojealari bahonasida butun Farg’ona vodiysini qabristonga va kultepaga aylantirmoqchi bo’ldilar. Bu yo’l bilan ular vodiydagi aholini ko’zini qo’rqitish, umuman bosh ko’tarolmaydigan qilib qo’ymoqchi edilar. Tarixchi olim Sh.Shomagdiyev bergan ma`lumotlarga qaraganda, qizil askarlar va dashnoqlar ana shu maqsadda 1918 yilning boshidanoq Farg’ona vodiysidagi 180 shaharni yondirib kulini ko’kka sovurdilar. Ana shu dahshatli qirg’in davridagina Marg’ilon shahrida 7000 ga yaqin, Andijon shahrida 6000, Namangan shahrida 2000, Bo’zqo’rg’on qa Qo’qon qishloq atroflarida 4500 turkistonlik musulmonlar shahid bo’ldilar. Bu albatta o’lka xalqlarining mustamlakachi Sho’ro bosqinchilariga nisbatan qahr-g’azabi va nafratining mislsiz darajada kuchayishiga sabab bo’ldi1.

Yüklə 130,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə