Farmakologiya


MUSTAQIL TAYYORLASH UCHUN SAVOLLAR



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə333/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

MUSTAQIL TAYYORLASH UCHUN SAVOLLAR
1.Qanday birikmalar antiseptik vositalar dyeb ataladi?
2. Mahalliy qo‘llaganda antiseptiklar qanday ta'sir ko‘rsatishlari mumkin?
3. Qanday birikmalar dezinfyeksiyalash vositalari deb ataladi?
4. Dezinfyeksiyalash vositalari qanday maqsadda qo‘llaniladi?
5. Dezinfyeksiyalash vositalari qanday talablarga javob berishlari kyerak?
6. Antiseptik vositalar faolligi nima bilan belgilanadi?
7. Antiseptik va dezinfyeksiyalash vositalarining necha guruh ini bilasiz?
8. Serigyelning ta'sir mexanizmi qanday?
9. Xlorgeksidinning nojo‘ya ta'sirlari bormi?
10. Furasillinning boshqa antisyeptiklardan qanday ustunligi bor?
11. Fenolning baktyeriostatik va baktyeriosid ta'sir mexanizmi qanday?
12. Krezollarni fenoldan qanday farqi bor?
13. Rezorsin teriga qanday ta'sirlar ko‘rsatadi?
14. Briliant yashiliga qanday xossalar xos?
15. Metilyen ko‘ki qanday holatlarda qo‘llaniladi?
16. Rivanol qanday ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi?
17. Vodorod perikisini qo‘llashga qanday ko‘rsatmalarni bilasiz?
18. Yod qanday ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi va uning ta'sir mexanizmi qanday?
19. Formaldegid va etil spirti qanday ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llaniladi?
20. Og‘ir metall tuzlarining ta'sir mexanizmi qanday?
Nazorat uchun savollar:
1. Tetrastiklinlarning qanday xossalari, qo’llanishi, nojuya ta’sirlari bor?
2. Tetrastiklinlarning qiyosiy tavsifi nimadan iborat?
3. Levomistetin xossalari qanday?
4. Aminoglikozidlar qanday qiyosiy tavsifga ega?
5. Polimiksinlar va linkozamidlar qo’llanilishi, nojo’ya ta’sirlari qanday?
6.Glikopeptidlar, fuzid kislotasi va boshka antibiotiklarning ta’sir doirasi, kullanilishi nimadan iborat?
7. Sulfanilamidlarning tasnifi, ta’sir doirasi ko’rsating?
8. Sulfanilamidlarning farmakodinamikasi qanday?
9. Sulfanilamidlarning farmakokinetikasi qanday?
10. Kiska va uzok vakt ta’sir kiluvchi sulfanilamidlarning qo’llanilishi, nojuya ta’sirlari nimadan iborat?
11. Biseptol, baktrim farmakodinamikasi qanday?
12. Nalidiks kislota, nitroksolinlarning ta’sir doirasi, qo’llanilishi, nojuya ta’sirlarini ko’rsating?
13. Furazolidon, Furadonin qo’llanilishi, nojo’ya ta’sirlari qanday?
14. Stiprofloksastin, xinoksidinlarning o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Vaziyatli masalalar.
1. Bemor o’pka yalliglanishi sababli eritromistinning yuqori dozalari bilan davolandi. Natija etarli bo’lmadi. qo’shimcha benzilpenistillin qo’llanildi. U qanday baxolanadi? Rastional debmi yoki norastionalmi va nima uchun?
Javob: Ma’lumki eritromistin va benzilpenistillin ta’sir doirasi bir biriga yaqin, shuning uchun taktika norastional. Maqsadga muvofiq ,bir birining ta’sirini to’ldiruvchi ( potenstirlangan sinergizm) prinstipi bo’yicha ta’sir qiluvchi dori vositalar berish kerak.
2. Stomatologka ona 2 yoshli bolasi tufayli murojat qildi. Bolaning tishlari vaqtida chiqqan, lekin o’sa boshlashi bilan emirilgani, tishlar ko’rilganda qoziq tishlar butunlay emirilgan, tish emali sariq rangda, tish uchlari arrasimon shaklda, ko’p tishlar karies bilan zararlangan, tish bo’yinlarida jigarrang chiziqlar bor. Kasallik tarixida aniqlandiki, ona xomiladorlik davrida kasallik sababli shifokor maslaxatisiz antibiotiklar qabul qilgan. Bolaning onasi qanday antibiotiklar qabul qilgan?
Javob: Bolaning onasi xomiladorlik davrida tetrastiklin qabul qilgan. Bolada tetrastiklinning teratogen ta’sirlari namoyon bo’lgan.
3. Qorin tifi bilan ogrigan bemor antibiotik qabul qilgan. Klinik sarg’ayish boshlangan, lekin 10 kundan keyin istma bilan angina, burun va ogiz bo’shligida toshma tosha boshlagan. Qonda leykopeniya, agranulostitoz paydo bo’lgan. Bemorni nima bilan davolash mumkin? Davolash jarayonida yuzaga kelgan kasallikning tabiati qanday?
Javob: Qorin tifi bilan ogrigan bemor levomistetin qabul qilgan, yuzaga kelgan angina, agranulostitoz va leykopeniya leykostitar to`qimaga antibiotik ta’sirinig oqibati, bu esa levomistetin xech qanday ko’rsatmasiz qabul qilganligidan yuzaga kelgan. Shilliq pardadagi toshma esa kandidamikozning ko’rinishlaridan biridir.
4. O’tkir bronxit bilan ogrigan bemor etiotrop davo sifatida sulfadimizinni 1 ta tabletkadan (0.5g) kuniga 3 maxaldan 3 kun qabul qildi, lekin bemorning axvoli yaxshilanmadi va tana xarorati pasaymadi. Nimaga sulfadimizin davo ta’sirini ko’rsatmadi? Bu bemorning davolanishiga qanday o’zgartirishlar kiritish lozim?
Javob: sulfadimizin ta’sir ko’rsatmadi, chunki kam miqdorda va katta oraliq bilan ichishga berilgan. Sulfanilamidlar PABK bilan raqobatlashgani uchun bakteriostatik ta’siri katta dozalarda berilsagina namoyon bo’ladi.Qonda mustaxkam bakteriostatik konstentrastiyani quvvatlash uchun sulfadimizinni tana xarorati tushgunicha xar 6 soatda ichishga berish lozim.
5. Pnevmoniya bilan ogrigan bemorga ximioterapevtik vositalar berildi. Davolashning 7-kunidan bemor axvoli yaxshilana boshladi. Lekin tezda bemor bel ogrigi va peshob kelishining qiyinlashuvidan shikoyat qildi boshladi. Peshob tekshirilganda kristaluriya, stilindruriya, albuminuriya va makroskopik gematuriya aniqlandi. Sanab o’tilgan nojo’ya ta’sirlarni qaysi vositalar chaqirishi mumkin? Ularning oldini olish yo’llari qanday?
Javob: Qayd qilingan asoratlar sulfanilamid preparatlari uchun xos(norsulfazolda kuchliroq), ya’ni organizmda astetillanish sababli ular eruvchanligini yo`qotadi va kristall xosil qiladi. B asoratlarning oldini olish uchun sulfanilamidlarni koproq ishqoriy ichimlik bilan qabul qilish lozim.
6. Pnevmoniya bilan ogrigan bemorni 5 kun davomida etazol bilan 1.0 dan kuniga 6 maxaldan davolandi. Labaratoriyada aniqlandiki, bu bemordagi pnevmoniya qozgatuvchisi sulfanilamidlarga sezgir. Shunday bo’lsa xam bemorning klinik axvoli yaxshilanmadi. Etazolning etarli bo’lmagan ta’sirining sababi nimada va qanday qilib etarli darajadagi ta’sirga erishish mumkin?
Javob: Sulfanilamidlarning qo’llashdagi barcha qoidalarga rioya qilinsa xam, ta’sir klinik axvolni yaxshilashga etmasligi mumkin. Etarli darajadagi ta’sirga erishish uchun etazolni antibiotiklar bilan birga qo’llash mumkin.
7. Bronxopnevmoniya bilan ogrigan bemorga, biseptol ichishga berilganda, o’pka axvoli yaxshilandi, ammo bemorning umumiy axvoli qoniqarsiz edi: bemor umumiy xolsizlikdan shikoyat qildi, qonning klinik analizida esa, leykopeniya alomatlari aniqlandi. Bu asorat biseptolni ichishga berilishi bilan bogliqmi?
Javob: Biseptol kombinastiyalangan sulfanilamidlar preparati. Uning tarkibiga trimetoprim kiradi, u stitotoksik ta’sirga ega va leykopoezni agranulostitozgacha susaytiradi. Biseptol qo’llanilganda qon manzarasini tekshirib turish kerak.
8. Jarroxlik bo’limiga tizzasida yiringli yarasi bor bemor keldi. Uni streptostid saqlovchi maxalliy kukun bilan davolashni boshlashdi. 3 kun davomida bemorning axvoli yaxshilanmadi. Shuning uchun shifokor davolash usulini o’zgartirdi: yaraga gipertonik eritma bilan ishlov berilib, sintomistin emulsiyasi qo’yildi va ichishga 1 tabletkadan kuniga 2 marta sulfadimitoksin berildi. Bu usul yarani tuzalishiga olib keldi. Bu bemordagi sulfanilamidlarning rezorbtiv va maxalliy ta’sirining natijalari nimaga bogliq?
Javob: Streptostit yiringli yarada PABK ning juda ko’p miqdorda bo’lgani uchun antibakterial ta’sirini namoyon qilmadi. Gipertonik eritma bilan ishlov berish yarani yiringdan tozaladi, sulfadimitoksinning qo’llanilishi yaradagi patogen mikroflorasiga nisbatan ximioterapevtik ta’sirini namoyon qildi. Bu yaraning tuzalishiga sabab bo’ldi.
9. O’tkir gastroenterit bilan ogrigan bemorga 8-oksixinolin unumiga mansub enteroseptol berildi. Bu dori dorixonada yo`q edi, ammo shu guruxga mansub nitroksolin dori vositasi bor. Bu dori vositalari bir-birini o’rnini bosa oladimi va gastroenterit bilan ogrigan bemorga nitroksolinni berish mumkinmi?
Javob: Enteroseptol va nitroksolin bir guruxga mansub bo’lsa xam, farmakokinetikasi jixatidan farqqilib bir birini o’rnini bosa olmaydi. Bu guruxning boshqa dori vositalaridan farqli o’laroq nitroksolin MIT dan yaxshi so’riladi va siydik yo’llari orqali o’zgarmagan xolda ajralganligi uchun shu yo’llari infekstiyasida qo’llaniladi. Shuning uchun o’tkir gastroenteritni davolashda uni qo’llab bo’lmaydi, bu maqsadda umuman MIT dan yaxshi so’rilmaydigan va maxalliy antibakterial ta’sirini namoyon qiluvchi enteroseptol qo’llaniladi.
10. Surunkali tonziliti bor bo’lgan bemorni operastiya qilgandan so’ng, unda vaqti-vaqti bilan tovushtning o’zgarishi, quruq yo’tal, tomoqning qichishi alomatlari paydo bo’ldi. Shuning uchun unga kuniga 1 ta tabletkadan 3 maxal 5 kun davomida faringosept ichishga berildi, ammo natija yaxshilanmadi.Bunday xolatda faringoseptni qo’llash mumkinmi? Nimaga uning qo’llanilishi bemorning axvolini yaxshilanishiga olib kelmadi? Davolashga o’zgartirish kiriting.
Javob: Faringosept faringit ko’rinishidagi tonzilitektomiyaning infekstion asoratlarida qo’llaniladi. Ammo uni ichishga emas balki ogizda ovqatdan 15-30 daqiqadan keyin kuniga 3-5 tabletkadan 3-4 kun davomida shimish lozim. Faringosept tabletkasi qo’llanilgandan so’ng bemor 3 soat davomida ichimlik va ovqatdan o’zini saqlashi kerak.

1Shaxsiy tajribalar va oddiy kuzatuvlarga asoslangan davolashni empirik usul deyilgan.

2Lotinchadan affinisqarindoshlik, o‘xshashlik

3Yunonchadan agonistes – raqib (agon – kurash, kurashish)

4Yunonchadan antagonisma – kurashish, raqobatlashish (anti – qarama-qarshi, agon – kurash, kurashish)

5Lotinchadan resorbeo – yutaman

6Yunonchadan allos – boshqа, ergon – ta’sir, samara

7Yunonchadan idios – o‘ziga xos, synkrasis – aralashish, siljish

8Lotinchadan mutatio – o‘zgarish, genoskelib chiqish

9Lotinchadan cancer – qisqichbaqа (rak), xavfli o‘sma

10Yunonchadan embryon – homila, murtak

11Lotinchadan fetus – homila

12Yunonchadan teras – mayib-majruh

13Lotinchadan cumulatio – ko‘payish,oshish

14Lotinchadan tolerantia – sabr, bardosh

15Yunonchadan tachys – tez, phylaxis – xushyorlik, qo‘riqlash

16Lotinchadan abstinentia – nafsni tiyish, saqlanish

17Yunonchadan synergos – birgalikda ta’sir qiluvchilar

18Lotinchadan additio – ustida qo‘shilish

19Yunonchadan geron – keksa, qari, iateria – davolash

20Bundan tashqari “sirkad (sutka atrofidagi) ritmlar” (lotinchadan cirka – atrofida, dies – kun) atamasi ham ishlatiladi. Bunda biologik jarayonlarning sirkad o‘zgarishlari 20-28 soat orasida bo‘lishi nazarda tutilgan.

21Keyingi yillarda xronofarmakokinetika va xronofarmakodinamika atamalari o‘rniga shu ma’nolarni beruvchi boshqа ikkita – хronokinetika (dori farmakokinetik parametrlarining sutkalik ritmlar bilan bog‘liqligi) hamda хronesteziya (dori vositalariga kunning turli paytlarida organizmning turlicha sezuvchanligi) atamalari taklif qilinmoqda.

22Yunonchadan prophylaktikos – saqlash, himoyaqilish

23Yunonchadan aitia – sabab, tropos – yo‘nalish

24Lotinchadan causa – sabab

25Yunonchadan pathos – dard, azob, genesis – kelib chiqish

26Lotinchadan suicidum – o‘z-o‘zini o‘ldirish ( sui – o‘zini, caedo – o‘ldiraman)

27Yunonchadan dialysis – ajratib olish, Dializ – kolloid zarrachalarni erigan moddadan ajratib olish

28Yunonchadan plasma – plazma, aphairesis – tortib olish, qo‘lgaolish

29Yunonchadan antidoton – ziddi zahar, zaharga qarshi

30Yunonchadan anaesthesia – beparvo, loqayd, sezmaslik (an – inkorqilish, aesthesis – sezuvchanlik)

31Arabchadan al-qili – ishqor, yunonchadan eidos – tur. Alkaloidlar – asosan o‘simliklarda saqlanadigan azotli organic birikmalardir. Erkin alkaloidlar asos bo‘lib hisoblanadilar. O‘simliklarda ular tuzlar ko‘rinishida saqlanadi. Ko‘pchilik alkaloidlar juda yuqоri faollik namoyon qiladi (masalan, morfin, atropin, nikotin, pilokarpin va b.).

32Yunonch adaneuphoria –lazzatlanish, huzur-halovat qilish holati

33Lotinchadan hallucinatio – bema’ni ko‘p gapirish, vasvasa

34Muskarin(muxomor (pashshalarni o‘ldiruvchi) kabi zaharli zamburug‘lardan olinadigan alkoloid) va nikotinlar (tamaki bargidan olinadigan alkoloid) tegishli xoliniretseptorlarga tanlab ta’sir qiladilar.

35Ftoroxinolonlar guruh iga mansub sintetik antibaterial preparat



361Ingliz adabiyotida – AIDS (Acquired immunodeficiency syndrome)
2HIV – Human immunodeficiency virus. IIVning ikki turi ajratiladi: IIV-1 (HIV-1) – IIV infeksiyasini va OITS chaqiradi. Shimoliy va Janubiy Amerika, yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Birinchi marta Markaziy Afrikada topilgan. IIV-2 (HIV-2) IIV-1 ga o‘xshash, ammo virulentligi kamroq. IIV infeksiyasini rivojlantiradi; OITSga xos bo‘lgan o‘zgarishlarni kamdan-kam yuzaga keltiradi. Asosan G‘arbiy Afrikada uchraydi.




Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə