Farobiy tarix falsafasi


Imom G'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari



Yüklə 54 Kb.
səhifə3/3
tarix23.09.2023
ölçüsü54 Kb.
#123122
1   2   3
FAROBIY TARIX FALSAFASI

Imom G'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari
G'azzoliy o'z asarlarida ijtimoiy munosabat masalalariga, xususan ijtimoiy munosabat subyektlarining muomala normalariga yetarlicha ahamiyat qaratgan. Ma'lumki inson jamiyatda ma'naviy jihatdan o'ziga o'xshagan shaxslar bilan musobabat o'rnatishga va asosan ular bilan do'stlashishga harakat qiladi Bu shaxslarning jamiyatda bir-birlariga o'zaro ijtimoiy ta'sirlari borligidan dalolat beradi G'azzoliyning ijtimoiy munosabatlarga doir ta'limotlarida shu muhim jihat ham nazardan chetda qolmagan. G'azzoliy "Thyo" sida yozadiki:-Payg'ambar sa.v. hadislarida shunday deyiladi: "Kishi do'stining dinida bo'ladi. Sizlardan biringiz bir kishi bilan do'stlashmoqchi bo'lsa, yaxshilab qarasin", ya'ni uning odob-axloqi va din diyonatidan xabardor bo'lsin.
G'azzoliy har bir kishi ham suhbatdosh bo'lishga yarayvermaydi, deydi. Shuning uchun suhbatdoshning sifat va xislatlarini yaxshi bilish lozim bo'ladi. Shu sifatlariga ko'ra, u bilan suhbat quriladi. Bu xislatlar mol-dunyo, mansab, obro'lardan foydalanish kabi dunyoviy yoki muloqot etish, so'zlashib bir-biri bilan ulfatchilikning o'zi bo'lishi mumkin. Suhbatdosh bo'lishda turli maqsadlar jam bo'ladi. Masalan, suhbatdoshdan ilm olish va unga amal etish bilan foyda topish, qalbining qorayishi, ibodatdan to'silish bilan o'ziga aziyat yetishidan himoya topishda mansabdor suhbatdoshdan foydalanish, rizq-ro'z talabida vaqtni o'tkazishdan o'zini saqlashda suhbatdoshining moliyaviy yordami bilan kifoyalanish suhbat foydalaridan hisoblanadi, deydi mutafakkir. Turli muhim ishlarni amalga oshirishda suhbatdoshdan yordam talab etish uning foydasi sirasiga kiradi. Suhbatdosh musibatlarda himoya vositasi va turli hollarda quvvat manbai bo'ladi.
G'azzoliy shaxs suhbatdoshida besh xislat mavjudligini ta'kidlaydi. Bular: suhbatdosh oqil; xushxulq bo'lishi, fisq-fujur va bida'tdan uzoqda bo'lishi, dunyoga xaris bo'lmasligi.
G'azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros
Imom G'azzoliy o'z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar.
Imom G'azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom G'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo'yicha quyidagi risolalarni yozdilar:
1. al-Iqtisod fil E'tiqod. (E'tiqoddagi mo'tadillik)
2. Iljomul ovom an ilmil kalom. (Dindorlarni quruq ilmi kalom mashg'ulotlaridan saqlash)
3. Aqiydatu ahli sunna.(Sunniy aqiydalar)
4. Fazoihul botiniyya.(Botiniylarning uyatga qolishi)
5. Faysalut tafriqa baynal Islami vaz Zandaqa. (Islom va dahriylik o'rtasidagi
bo'linishning haqiqat mezoni)
6. Al-Qistosul mustaqiym (Eng bto'g'ri o'lchov)
7. Kimyous saoda.(Saodat kimyosi)
8. al-Mustazhiriy.(Zohir bo'luvchi)
9. al-Maznun bihi ala g'oyri ahlihi'.
Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə