Fe’l so’z turkumi va uning leksik – semantik tasnifi sulaymonova Maftuna Oxunjon qizi Fardu annotatsiya



Yüklə 49,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü49,2 Kb.
#165724
  1   2
fe-l-so-z-turkumi-va-uning-leksik-semantik-tasnifi (1)



FE’L SO’Z TURKUMI VA UNING LEKSIK – SEMANTIK TASNIFI 
 
Sulaymonova Maftuna Oxunjon qizi 
FarDU 
 
Annotatsiya:
ushbu maqolada ingliz va o’zbek tilidagi fe’llarning grammatik 
xususiyatlari yoritib berilgan. 
Kalit so’zlar:
fe’l, zamon, suffiks, sifatdosh, grammatik xususiyatlari 
 
VERB SYSTEM AND ITS LEXICO-SEMANTIC CLASSIFICATION 
 
Sulaymonova Maftuna Oxunjon qizi 
FerSU 
 
Abstract:
This article describes the grammatical features of the English and 
Uzbek languages verbs. 
Keywords:
verb, tense, suffix, participle, grammatical features 
 
Fe’lning grammatik mohiyati haqida gapirganimizda shuni ta’kidlash mumkinki, 
fe’l asosiy so‘z turkumlaridan biri bo‘lib, o‘z ma’nosi, grammatik shakllari va 
sintaktik vazifalari bilan boshqa so‘z turkumlaridan ajralib turadi. Fe’l ish-harakatni, 
mavjudlikni, holatni va munosabatni zamon nuqtai nazaridan aniqlagan holda jarayon 
tarzida voqelik bilan bog‘laydi. Aynan ana shu xususiyati bilan fe’l undan yasalgan 
otdan farq qiladi. Fe’l quyidagi xususiyatlariga ko’ra mustaqil so’z turkumi sifatida 
xarakterlanadi:
1. Harakat, holat yoki jarayon sifatidagi leksik-grammatik ma’nosi.
2. O’ziga xos o’zak yasovchi quyidagi suffikslar (-ize, -en,-ify;) va prefikslarga 
(re, over-, out-, miss-, un;) hamda leksik-grammatik so’z morfemalarga egaligi. 
3. Fe’l boshqa so’z turkumlariga qaraganda so’z o’zgartirish va so’z yasash 
borasida ancha rivojlangan, bunga sabab uning bir qancha grammatik kategoriyalarga 
egaligidir.
4. Fe’lning o’ziga xos tarzda bog’lanishi.
5. Gapda turlicha sintaktik vazifalarda kela olishi. 
Fe’l - harakat, holat yoki jarayonni ifodalab, zamon, aspekt, mayl, nisbat, 
perfekt, modallik va boshqa shu kabi grammatik kategoriyalarga ega bo’lgan so’z 
turkumidir. Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi so‘zlardir. Grammatikada harakat 
ma’nosi juda keng bo‘lib, u to come (kelmoq), to walk (yurmoq) kabi fe’llar 
ifodalaydigan harakatlarni, to wake up (uyg‘onmoq), to stand (turmoq) kabi fe’llar 
ifodalaydigan holatlarni, to astonish (hayratda qoldirmoq), to worry (xavotirlanmoq) 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021
ISSN 2181-063X
187
http://oac.dsmi-qf.uz


kabi fe’llar ifodalaydigan ruhiy o‘zgarishlarni, to blossom (gullamoq), to grow 
(ulg‘aymoq) kabi fe’llar ifodalaydigan biologik jarayonlarni hamda shu kabi harakat 
va hodisalarni o‘z ichiga oladi. Bularning hammasi o‘ziga xos xususiy tomonlarga 
ega bo‘lishi bilan bir qato rda, ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan tomoni ham 
mavjuddir, ya’ni ular zamon bilan bog‘liq holda yuz beruvchi hodisalar bo‘lib 
hisoblanadi. Fe’l mustaqil so’z turkumi bo’lib, u harakat, holat yoki jarayonni, ya’ni 
ma’lum bir belgining paydo bo’lishi va o’zgarishi kabi harakatni ifodalaydi. Fe’lga 
xos bunday ma’nolarning barchasi uni boshqa so’z turkumlaridan farqlashga yordam 
beradigan umumiy harakat ma’nosiga borib taqaladi. 
Yu.S.Maslov ta’kidlaganidek, fe’l vaqt davomida sodir bo’ladigan belgining, 
harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so’z turkumi bo’lib hisoblanadi. 
Harakatning grammatik ahamiyatini keng ma’noda tushunish mumkin. U nafaqat 
harakat va tom ma’nodagi faoliyatni ifodalaydi, balki holatni va ma’lum bir predmet 
yoki shaxsning mavjudligini ko’rsatadi. Masalan:
A chair is a piece of furniture. 
He wrote a letter.
He will soon recover. 
Muhimi shundaki, fe’l o‘zida ma’lum bir vaqt davomida sodir bo‘ladigan 
harakatga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Bu xususiyatlar fe’lning shaxsli shakllarida 
(Finite forms) namoyon bo‘ladi va shuning uchun ham fe’l shaxsli shakllarining 
sintaktik vazifasi gapda faqat kesim sifatida qo‘llanilishdan iboratdir. Fe’lning so’z 
o’zgartirish tizimi boshqa so’z turkumlariga qaraganda ancha boy va xilma-xildir. U 
nafaqat flektiv tillarga xos bo’lgan sintetik usulga ega, balki o’zakka formantlar 
qo’shilishi yoki analitik usulga ham egadir. Shuni ta’kidlash joizki, fe’l analitik 
shakllarga ega bo’lgan yagona so’z turkumi hisoblanadi. Fe’llarning so’z 
o’zgartiruvchi tizimiga alohida e’tibor qilsak, affiksatsiya usuli bilan yasaladigan 
suffiksli fe’llar ancha kamchilikni tashkil etishining va konversiya yo’li bilan 
yasaladigan qo’shma fe’llarning anchagina ko’pligining guvohi bo’lamiz. 
Ingliz tilida fe’llar tashqi tuzilishiga ko’ra grammatik kategoriyalari va sintaktik 
vazifalariga bog’liq tarzda shaxsli va shaxssiz shakllarga bo’linadi. Har ikkala tilda 
ya’ni, ingliz tilida ham, o’zbek tilida ham fe’llar morfologik, leksik – semantik, 
leksik – grammatik xususiyatlariga ko‘ra boshqa so‘z turkumlaridan ajralib turadi. 
O‘zbek tilidagi fe’llar leksik – grammatik xususiyatlariga ko‘ra mustaqil fe’llar va 
yordamchi fe’llarga bo‘linadi. Mustaqil fe’llar harakatni bildiradi, mustaqil ma’noga 
ega bo‘lgan va gapda uning biror bo‘lagi vazifasida kela oladi. Masalan: Topshirilgan 
vazifa muddatidan ilgari bajarildi. 
Nafaqat o‘zbek tilida balki ingliz tilida ham mustaqil fe’llarning ot, sifat, ravish 
turlariga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh shakllari 
bor.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021
ISSN 2181-063X
188
http://oac.dsmi-qf.uz


Masalan: Ishlash foydali (Working is useful) yordamchi fe’llarga ega harakat 
bildirmaydi, mustaqil ma’no ifodalamaydi. Ular turli grammatik ma’no ifodalash 
uchun yoki boshqa vazifada qo‘llaniladi. Yordamchi fe’llar asosiy xususiyatlariga 
qarab, so‘z yasash uchun xizmat qiluvchi va bog‘lanma fe’l vazifasini bajaruvchi 
yordamchi fe’llar, fe’llarga birikib turli qo‘shma ma’no ifodalovchi fe’llarga 
ajratiladi.
Ingliz tilida mavjud bo‘lgan fe’llarning barchasi ma’lum bir morfologik 
xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi. Bu ma’lum bir morfologik xususiyat 
o‘tgan zamon shakllarining va sifatdosh II ning yasalish usullari bilan bog‘liqdir. 
Birinchi guruhga to‘g‘ri fe’llar, ikkinchi guruhga esa noto‘g‘ri fe’llar kiradi. 
I.P.Ivanov, V.V.Burlakova va G.G.Pochepsovlar o‘zlarining kitobida bu ikki guruhni 
standart va standart bo‘lmagan fe’llar guruhi deb ataydi. 
Birinchi guruh fe’llari, ya’ni to‘g‘ri fe’llar ingliz tilida ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Ular dental (tish ishtirokidagi) suffiksning qo‘shilishi bilan yasaladi. Ularning uch xil 
fonetik ko‘rinishi mavjud bo‘lib, birinchi holatda so‘z oxiridagi jarangli undosh va 
unlidan so‘ng /d/ tovushi qo‘shiladi: saved /seivd/; achoed /
æ
koud/; ikkinchi holatda 
jarangsiz undoshdan so‘ng /t/ tovushi qo‘shiladi: looked /lukt/; uchinchi holatda esa 
tish undoshlaridan so‘ng /id/ tovushi qo‘shiladi: loaded / loudid/. 
Ikkinchi guruhni esa noto‘g‘ri fe’llar tashkil etadi. Noto‘g‘ri fe’llar asosan, 
kuchli fe’llardan iborat bo‘lib, ular qadimgi ingliz tiliga xosdir. Hozirgi zamon ingliz 
tilida bunday fe’llar unchalik mahsuldor bo’lmagan, lekin o‘zlarining shakllarini 
qat’iyan saqlab qolgan fe’llar sanaladi. 
Ingliz tilida fe’llarning yuqorida sanab o‘tilgan ikki turidan tashqari yana bir turi 
mavjudki, ular aralash fe’llar deb ataladi. Aralash fe’llar ingliz tilida qolgan ikki 
guruhga nisbatan juda ozchilikni tashkil etadi. Ular to‘g‘ri fe’llardek yoki noto‘g‘ri 
fe’llardek yasalishi mumkin. Bunday fe’llarga show, mow, sow, ripe va boshqalar 
kiradi. Ularning ayrimlari sifatdosh shaklida ikki xil ko‘rinishni o‘zlarida aks 
ettirishlari mumkin : ripe – riped – riped, ripen. 
Fe’l asosan shaxs faoliyatini ko’rsatib keladigan so’z turkumidir. Bunday ta’rif 
har ikkala tilga ham ya’ni, ingliz va o’zbek tillariga xos bo’lib, buni quyidagi 
misollarda ham ko’rish mumkin: 
Lanny Swarts and Young Mako are coming here tonight.
They set down, very shaky, and looked at each other. 
O’zbek tilida ham quyidagi misolni keltirishimiz mumkin. Masalan; 
O’rta maktabni a’lo baholar bilan bitirdi. 
Bu misollarda ajratib ko’rsatilgan so’zlar fe’l turkumiga oid bo’lib, ular gapdagi 
sub’yektning faoliyatini ko’rsatib kelayapti. 
Ingliz tilida fe’lning quyidagi grammatik kategoriyalari mavjud: Perfekt 
(korrelyatsiya) kategoriyasi (The category of perfekt (correlation Order)), nisbat 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021
ISSN 2181-063X
189
http://oac.dsmi-qf.uz


kategoriyasi (The category of voice), shaxs kategoriyasi (The category of person), 
son kategoriyasi (The category of number), zamon kategoriyasi (The category of 
tense), aspekt (tus, tarz) kategoriyasi (The category of aspekt), mayl kategoriyasi 
(The category of mood).
Hozirgi o’zbek tilida fe’lga xos grammatik kategoriyalar quyidagilarni tashkil 
etadi: Daraja, bo’lishli - bo’lishsizlik, mayl, zamon, shaxs – son. Fe’llarning 
grammatik kategoriyalari fe’l turkumiga kiruvchi so’zlarning sintetik yoki analitik 
formalarini o’zaro qarama – qarshi qo’yish vositasida ifodalanadi. 
Nisbat kategoriyasi xususida gapirar ekanmiz, unga shunday izoh berish 
mumkinki, fe’lga xos nisbtan kategoriyasi sintaktik konstruksiya tomonidan ifoda 
etilgan vaziyatning ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat xarakteri va uning 
yo‘nalishini ko‘rsatadi. Nisbat kategoriyasining tilde mavjudligi odatda fe’lning aniq 
nisbat shakllarini majhul nisbat shakllariga qarama-qarshi qo‘yish yo‘li bilan 
aniqlanadi. Bu asosiy fe’lning sifatdosh II shakli, ya’ni be – Ven yordamida 
ifodalanadi. Bunday qarama-qarshi qo‘yishda majhul daraja oppozisiyaning 
belgilangan, ya’ni ifodali va kuchli a’zosi hisoblanadi. Majhul daraja sintaktik 
qurilma egasi tomonidan ish-harakatni o‘ziga qabul etishni ifodalaydi. Bu 
qurilmalardagi ega majhul yoki passiv ega deb yuritiladi va ish-harakatning ob’yekti 
vazifasini o‘taydi. Aniq nisbat shakli bu oppozisiyaning kuchsiz a’zosi bo‘lib, 
mazkur ma’noni umumlashtirgan holda nomajhullik tarzida ifoda etadi. Bu 
nomajhullik o‘zbek tilida kauzativ nisbat, o‘zlik nisbat, birgalik nisbatlar tarzida 
namoyon bo‘lishi mumkin. Ingliz tilida fe’llarning majhul nisbat shaklida ishlatilinish 
ko‘lami ancha kengdir. 
Jumladan, ingliz tilida o‘zbek tilidagidek faqatgina o‘timli fe’llar emas, balki 
o‘timsiz fe’llar ham majhul nisbat shaklida ishlatilaveradi. 
Masalan: 
Tom has just been rung up by the police. 
(Tomga hozirgina polisiyadan qo‘ng‘iroq qilishdi). 
The diplomat was refused transit facilities through London. 
(Diplomatga London orqali o‘tishga ruxsat berilmadi). 
Birinchi gapda ingliz tilidagi majhul nisbat shakli o‘zbek tilida birgalik nisbat 
shaklida berilyapti. Ikkinchi gapda esa ingliz tilidagi majhul daraja shakli o‘zbek 
tilida ham saqlanmoqda. Quyidagi gapga e’tibor qilaylik: 
She was undisturbed by the frown of his face. 
(Yigitning yuzidagi g‘azab ifodasi qizni bezovta qilmadi). 
Bu gapda majhul nisbat ifodasi o‘zlik nisbat shakli orqali ifoda etilmoqda. 
Shuningdek, ingliz tilidagi majhul nisbat shakli o‘zbek tiliga tarjima qilinganda 
birgalik nisbati yoki aniqlik nisbati orqali ham berilishi mumkin. Yuqorida biz 
to‘ldiruvchi bilan ishlatilinadigan ayrim fe’llarning majhul darajada ishlatilinishini 
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Issue 6 / 2021
ISSN 2181-063X
190
http://oac.dsmi-qf.uz


kuzatdik. Ammo, shu turdagi barcha fe’llar ham passiv shaklda ishlatilavermaydi. 
Masalan, holatni bildiruvchi fe’llar, ya’ni to have, to belong, to cost, to resemble, to 
fail, to misgive kabi qator fe’llar majhul darajada ishlatilmaydi. 
Fe’l harakat ma’nosini bildiruvchi so’zdir. Shu jumladan, xulosa qiladigan 
bo‘lsak, ingliz va o’zbek tillarida fe’llarning morfologik, leksik-semantik, leksik-
grammatik, sintaktik xususiyatlariga ko’ra boshqa so’z turkumlaridan ajralib turishini 
ko’rib chiqdik. Fe’llar gapda ma’lum bir sub’yekning harakatini ifodalab keladi. Fe’l 
murakkab kategoriyalarga boy so’z turkumi hisoblanadi. Fe’llarning grammatik 
kategoriyalari fe’l turkumiga kiruvchi so’zlarning sintetik yoki analitik shakllarini 
o’zaro qarama-qarshi qo’yish vositasida ifodalanadi. 

Yüklə 49,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə