Fiskal institut biznesni soliqqa tortish fanidan mustaqil ish


Mezonlar Kamchiliklar



Yüklə 53,26 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü53,26 Kb.
#145095
1   2   3   4   5   6
Biznesni soliqqa tortishda xalqaro munosabat

Mezonlar

Kamchiliklar

Tovar aylanma



Katta hajmdagi operatsiyalarda soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish orqali talab etiladigan tovar aylanma hajmini aniqlash mushkul

To'lanadigan soliq yoki soliq majburiyatlari hajmi

Ayrim yirik korxonalar moliya-xojalik faoliyatidagi zararlar, ular tomonidan to'lahuvchi soliq majburiyatlarini nol darajaga tushirishi mumkin. Aksincha, ayrim kichik kapital yoki tadbirkorlik faoliyati katta foyda keltirib, yuqori stavkali soliq to'lashga olib kelishi mumkin

Ishchilar soni

Ayrim sohalar katta mehnat talab qiladi, biroq ularda rentabellik darajasi past bo'lishi mumkin yoki aksincha, ayrim kichik kapitalar va yuqori texnologiyali sohalar kichik ishchilar guruhi bilan yirik foyda keltirishi mumkin

Xususiy vositalar



Katta hajmdagi kapital talab etadigan sohalarning hammasida ham foydalililik darajasi yuqori bo'lmaydi yoki aksincha, ayrim yuqori rentabelli sohalar uchun kichik kapital hajmi yetarlidir

Ushbu jadvalda rivojlangan davlatlar soliqqa tortish amaliyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti maqomini aniqlashda qo‘llaniluvchi mezonlar va ulaming ayrim jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, har bir mezonning o‘ziga xos kamchiliklari mavjud. Shu nuqtayi nazardan respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkbrlik subyekti maqomini belgilash jarayonida ushbu mezonlaming bir nechtasi (kombinatsiyalashgan usulidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida me'yoriy miqdorlaming joriy etilishi, bir tomondan, xufiyona daromad, xodimlar soni va mehnat haqi fondini legallashtirish hamda budjet daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan kam oborotga ega kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida soliq yuki oshishiga sabab boiadi.
Kelgusida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni soddalashtirilgan tartibda soliqqa tdrtishda qoila- niluvchi me'yoriy miqdorlami takomillashtirish va yagona soliq toiovi stavkalarini optimallashtirish maqsadga muvofiq.
Bulardan tashqari ayrim mamlakatlarda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida ham tushum ko'rsatkichi pasayib borayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan hech boimasa budjetga minimal soliq miqdori tushishini ta’minlash maqsadida yagona soliq toiovining bazaviy (minimal) miqdorlarini toiash me'yorlari joriy etilgan. Sababi, soliq organlarining baholashlari bo‘yicha yagona soliq toiovchilari ushbu bazaviy miqdordagi daromadni olishga imkoniyatlari mavjud.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida me’yoriy miqdorlaming joriy etilishi bir tomondan xufiyona daromadni, xodimlar sonini va mehnat haqi fondini legallashtirishga hamda budjet daromadlarini ko'payishiga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan kam oborotga ega bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida soliq yukini oshishini keltirib chiqaradi.
Kelgusida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni soddalashtirilgan tartibda soliqqa tortishda qo‘Ilaniladigan me'yoriy miqdorlami takomillashtirish va soliq stavkalarini optimallashtirish maqsadga muvofiq.
Ayrim hollarda muayyan dayr mobaynida tadbirkoming xarajatlari uning o'sha davrdagi tushumlaridan ortib ketishi mumkin. Tadbirkor o‘z faoliyatini dastlabki-yillarida aynan shunday holatni boshdan kechirishi mumkin. Bunda tadbirkor soliq-yilini ziyon bilan yakunlagan hisoblanadi.-yilni ziyon bilan yakunlagan tadbirkoming soliq to‘lashi mantiqan noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, tadbirkor hali foyda tugul o‘zi sarflagan mablag‘ va xarajatlarini qoplab olishga ulgurmagan bo'ladi. Bunday vaziyatda tadbirkorga biroz vaqt kerak bo’ladi.
Masalan, Rossiya Federatsiyasi soliq tizimida soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llovchi yuridik shaxslar yagona soliq to‘lovchilari hisoblanadi va ular uchun soliqqa tortish obyektlari soni ikkita bo‘Iib, ular quyidagilardir:
- daromadlar;
- daromadlar va xarajatlar orasidagi farq.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga daromadlar va xarajatlar orasidagi farqdan soliq to‘lash huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tib endigina tadbirkorlik faoliyatini boshlagan tadbirkorlik subyektlariga, faoliyatining dastlabki birinchi yili uchun beriladi. Ularga yuqoridagi ikkita obyektdan xohlaganini tanlab olish huquqi berilgan (hamkorlikda faoliyat yuritish shartnomasi yoki mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi qatnashchilaridan tashqari. Ular tanlash huquqiga ega emaslar va ular uchun soliq obyekti sifatida faqat daromadlar va xarajatlar orasidagi farq ko‘rsatkichi qabul qilingan) shuning uchun ular soliqqa tortishning ikkala obyektidan xohlagan bittasini tanlab olishlari mumkin .
Yagona soliq stavkasi korxonaning mulkchilik shaklidan va bo‘ysunadigan tarmog‘idan qat’iy nazar, yagona soliq to‘lovchi tanlab olgan soliqqa tortish obyektiga qarab farqlanadi.
Agar soliqqa tortish obyekti:
- daromad bo‘lsa - stavka 6% ga teng;
-daromadlar va xarajatlar orasidagi farq bo‘lsa - stavka 20 % ga teng bo‘ladi.
Buning diqqatga sazovor joyi shundaki, kichik korxona Soliqqa tortish obyekti sifatida «daromadlar va xarajatlar orasidagi farq»ni tanlab olsa, hisoblangan yagona soliq summasi ushbu korxona olgan umumiy daromadning 2 foizidan kam bo‘lsa, bu holda korxona budjetga minimal soliq (olingan daromadning 2 foizi)ni to‘laydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, jahonning eng rivojlangan davlatlari, jumladan AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya soliq qonunchiligida xususiy tadbirkorlar daromad solig‘ini faqat sof foydadan to‘laydilar. Shu jumladan, iqtisodiyoti jadallik bilan rivojlanayotgan Rossiya, Xitoy, Gruziya, Turkiya soliq qonunchiliklarida ham xususiy tadbirkorlar daromad solig‘ini foydadan toTashi belgilab qo‘yilgan. Bunda tadbirkorlar o‘zlarining faoliyati tushumlaridan sarf-xarajatlarni chegirib tashlab, sof foyda oimaguncha, soliq toTamaydi. Bir so‘z bilan aytganda, soliq qonunchiligi xususiy tadbirkor foyda olgunga qadar “sabr qiladi”. Soliq sof foydaning muayyan bir foizt tariqasida undiriladi. Bunda soliq stavkasi jismoniy shaxsning boshqa turdagi daromadlaridan qancha stavkada undirilayotgan bolsa, tadbirkorlik faoliyatidan tushgan foydadan ham shuncha stavkada undiriladi. Ya’ni tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadga nisbatan alohida soliq stavkasi joriy etilishi shart emas.
Bundan tashqari, soliqni sof foydadan olish tizimi qonunda soliq imtiyozlari degan tushunchaga ham ehtiyoj qoldirmaydi. Vaholanki, soliq huquqida soliq imtiyozlari ko‘pincha soliq qonunchiligidagi kamchiliklami tezkorlik bilan bartaraf etishning bir usuli sifatida ko'riladi. Aslida soliq imtiyozlari soliq qonunchiligidagi “og‘riqli nuqtalami” davolashning doimiy emas, balki vaqtinchalik usulidir. Soliq imtiyozlari ko‘pincha davlatni ham, soliq tolovchilami ham soliq qonunchiligidagi hal qilinishi lozim bolgan asosiy muammodan chalg‘itadi. Shunday ekan, agar soliq qonunchiligida xususiy tadbirkorlami adolatli soliqqa tortish tizimi to‘g‘ri yolga qo'yilsa, soliq qonunchiligida soliq imtiyozlari degan tushunchaga ko‘p ham zarurat qolmaydi.
Shunday qilib, yagona soliq tolovining soliqqa tortish obyekti bolgan yalpi tushum ko‘rsatkichi korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobga olmaydi, bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘rqitadi, chunki barcha ho'jalik yurituvchi subyektlarga doimiy ravishda hisobot davrini zarar bilan tamomlab qolish ehtimolligi havf solib turadi.
O‘zbekiston Respublikasi soliqqa tortish amaliyotining, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy nuqtayi nazardan o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi sharoitida ishlashi bo‘yicha chet el tajribasi, ulaming soliqqa tortish obyekti sifatida konkret sharoitlardan kelib chiqib, turlicha ko‘rsatkichlardan foydalanish tajribalarini o‘rganish, turli mamlakatlarda turlicha soliqqa tortish obyektlari qo’llanishiga guvoh bo’ldik.
Ma’lumki, Soliq Kodeksiga muvofiq faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari «yagona soliq to‘lovi»ni tolashni nazarda tutadigan soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar tolashni ko‘zda tutuvchi tartibini tanlash huquqiga ega, ya’ni ulaming soliqqa tortishning qaysi tizimi samaraliroq bolsa o‘sha tizimga o‘tishga haqlari bor.
Boshqacha qilib aytganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari Soliqqa tortishning qaysi tizimi ular uchun foydaliroq ekanligini aniqlashlari uchun tegishli hisob-kitoblami amalga oshirishlari lozim va hisob-kitoblar qaysi tizim foydaliroq ekanligini ko‘rsatsa, o‘shanga o'tishlari lozim.
Lekin bizning ayrim tumanlar soliq idoralari xodimlari va yagona soliq to’lovi to’lovchi kichik korxonalar bosh hisobchilari bilan olib borgan muloqotlar davomida ayrim kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tajribasiz bo’lgan yoki korxonaning pirovard moliyaviy natijalari (foyda yoki zarar ko‘rib ishlashijga befarq bo’lgan bosh hisobchilar «nima uchun yagona soliq to’loviga o‘tdingiz» - deb bergan savolga: “Bu tizimda ishlash oson, chunki ko‘p hisob-kitoblar va ko‘p ma’lumotlar talab qilinmaydi, soliq hisobini ham, hisobotlami ham faqat birgina soliqdan bir joygagina topshiramiz, budjetga ham faqat bitta soliq to‘laymiz” mazmunida javob beradilar.
Shuning uchun soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o'tkazilgan ayrim kichik biznes va xususiy tadbirkdrlik subyektlari umumbelgilangan soliqlar to‘lash tizimiga qayta o'tishga majbur bo‘lmoqdalar.
Bunday ahvolning oldini olish uchun quyidagi tadbirlami amalga oshirmoq zarur:
- barcha hisobchilarning korxona moliyaviy natijalari uchun javobgar ekanliklarini uqtirib turish lozim;
- hisobchilarni soliq yangiliklaridan doimiy ravishda habardor qilib turish uchun maxsus qisqa muddatli o‘quv kurslari o‘tkazib turish zarur.
Yagona soliq to'lovini to‘lovchilar Soliq kodeksining 197- moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan oborotni amalga oshirsalar, qo‘shilgan qiymat solig'ini ixtiyoriy asosda to‘lashlari mumkin.
Ular qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga o‘tish uchun hisobot davri boshlanishidan kamida bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa o‘z faoliyatini amalga oshirishni boshlaguniga qadar, soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish taqdim etadi.
«Yagona soliq to‘lovi»ni to‘lovchilar tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to'lashni rad etish esa keyingi soliq davri boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmay soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda taqdim etiladigan yozma bildirish asosida faqat navbatdagi soliq davrining boshidan amalga oshirilishi mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, rivojlangan xorijiy davlatlarda, jumladan AQSH, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya soliq qonunchiligida xususiy tadbirkorlar daromad solig‘ini faqat sof foydadan to‘laydilar. Shu jumladan iqtisodiyoti jadallik bilan rivojlanayotgan Rossiya, Xitoy, Gruziya, Turkiya soliq qonunchiliklarida ham xususiy tadbirkorlar daromad solig‘ini foydadan to'lashi belgilab qo‘yilgan. Bunda tadbirkorlar o‘zlarining faoliyati tushumlaridan sarf-xarajatlami chegirib tashlab, sof foyda olmaguncha, soliq to‘lamaydi.
Xitoyda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish XX asming 70-80-yillarida avj olgan bo‘lib, hozirda kichik biznesning ushbu davlat iqtisodiyotidagi ta'siri uning jami sanoat mahsulotlarining 80 foiziga yaqini, ushbu tarmoq korxonalarining budjetdagi salmog‘i 50 foizdan ko‘pini tashkil etishining o‘ziyoq ushbu tarmoq korxonalarining roli qay darajada ekanligidan dalolat beradi. Mamlakatda mavjud barcha korxonalaming 95 foizini kichik va o‘rta biznes tashkil etadi.
Janubiy Koreya davlati yalpi ichki mahsuloti shakllanishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 55-60 foizni tashkil etadi. Xususan, 2017-yilda milliy soliqlar tizimida eng katta ulushni kichik biznes subyektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar tashkil qilgan.
O‘zbekistonda o‘rta muddatli rivojlanish jarayonida zamonaviy bozor mexanizmlarini qo’llash, bunda asosiy e’tiborni kichik biznes subyektlari faoliyatiga qaratish maqsadga muvofiq bo’ladi.


Yüklə 53,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə