Fiskal institut biznesni soliqqa tortish fanidan mustaqil ish



Yüklə 53,26 Kb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü53,26 Kb.
#145095
1   2   3   4   5   6
Biznesni soliqqa tortishda xalqaro munosabat

Mezonlar

Mikro

Kichik

O’rta

Yirik

Ishchilar soni

1-9 kishigacha

10-49 kishigacha

50-249 kishigacha

250 va undan ortiq kishi

Yillik aylanmasi

2 mln yevrogacha

10 mln yyevrogacha

50 mln yevrogacha

50 mln yevrodan ortiq

Balans miqdori

2 mln yevrogacha

10 mln yevrogacha

43 mln yevrogacha

50 mln yevrodan ortiq

Mustaqilligi

25 foizdan oshiq bo’lmagan capital yoxud ovoz berish huquqiga ega bo’lgan aksiyalar boshqa yirik kompaniyalarga tegishli

Aksariyat rivojlangan davlatlarga a'zo bo'lgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) tasnifiga ko'ra esa 19 nafargacha ishchisi bo'lgan, tadbirkorlik sub'ektlari mikrofirmalar, 20 nafardan 99 nafargacha ishchisi bo'lsa kichik biznesga,100 nafardan 499 nafargacha ishchisi bo'lsa – o'rta biznesga,


500 nafardan ko'p ishchisi bo'lsa yirik biznes maqomi beriladi. Dunoning ko’zga ko’ringar yirik biznes vakillariga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Dunyoning yirik supermarketlari (4400 ta) tizimiga ega bo'lgan AQShning “Uolton” oilasiga mansub “Val-Mart Stores” kompaniyasi 1962-yilda Sem Uolton tomonidan tashkil etilgan. Ushbu kompaniyaning direktorlar kengashi raisi sifatida uning o'g'li Robson Uolton tomonidan boshqarilmoqda va umumiy aktsiyalarining 38 foizi oilaga tegishli bo'lib, jami $ 217,8 mlrd. foydaga hamda 1.38 mln. ishchi-xodimlariga egadir. Dunyoda avtomobilsozlik sohasida mashhur bo'lgan AQShning Ford oilasiga qarashli “Ford Motor Co” kompaniyasi 1903-yili Genri Ford tomonidan tashkil etilgan. Ushbu kompaniyaning aktsiyalar paketi 1999-yil “Volvo Cars” kompaniyasi oilaning to'rtinchi avlodi tomonidan boshqarilmoqda va umumiy aktsiyalarining 40%ga ega bo'lib, jami $ 162 mlrd. foydaga va 354 431 ishchi-xodimlariga egadir. Boshqa oilaviy kompaniyalar ham mamlakatlarning asosiy sanoat va savdo tarmoqlarini egallaydi. Ularning hozirgi darajasiga yetib kelishiga davlat tomonidan yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti katta rol` o'ynagan. Yuqorida yirik biznes haqida so’z yuritdik, endi esa kimlar yirik soliq to’lovchilar ekanligini aniqlab olishimiz kera bo’ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlarini belgilash to‘g‘risidagi nizomga asosan quyidagilar yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritiladi:

    • aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va aksiz to‘lanadigan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar;

    • tijorat banklari, tovar-xomashyo, fond va valyuta birjalari;

    • “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;

    • mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;

    • mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar yil yakuni bo‘yicha 100,0 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr yakuni bo‘yicha ushbu miqdordan oshgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (bo‘linmalari);

    • uglevodorod hom ashyosi va mineral resurslarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi, yetkazib beruvchi va sotuvchi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yuridik shaxslar va ularga tovar (ish va xizmat) yetkazib beruvchi chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (bo‘linmalari), bundan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalari mustasno;

    • O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘idan yo‘lovchilarni tashish maqsadlarida foydalanuvchi, xalqaro havo aloqalarini amalga oshiruvchi va ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar.

    • realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.

    • yirik soliq to‘lovchilar toifasini belgilashda, mazkur Nizomning 4-bandi “d” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxslar o‘tgan kalendar yil yakuni yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr bo‘yicha soliq organlariga taqdim etgan soliq va moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlariga asosan aniqlanadi.

    • yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar kalendar yil yakuni bilan mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan mezonlarga javob bermasa, ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlar navbatdagi uch yil mobaynida yirik soliq to‘lovchilar toifasida qoladi.

    • mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritilgan yoki ro‘yxatidan chiqarilgan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan tegishli buyruq qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma ravishda, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinishi belgilab qo’yilgan.

Yüklə 53,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə