Fiskal institut biznesni soliqqa tortish fanidan mustaqil ish



Yüklə 53,26 Kb.
səhifə2/6
tarix11.12.2023
ölçüsü53,26 Kb.
#145095
1   2   3   4   5   6
Biznesni soliqqa tortishda xalqaro munosabat

YIRIK BIZNES VAKILLARI



Yagona korxona
Umumiy tashkiliy tuzilishga ega bo'lgan ishlab chiqarish, savdo, tadqiqot ob'ekti, yirik biznesning bu turiga xom ashyo qazib olish va qayta ishlash kirishi mumkin.





Kompaniyalar guruhi
Mustaqil ravishda ishlaydigan va umumiy yegalar tomonidan birlashtirilgan bir nechta ishlab chiqarish, savdo va tadqiqot korxonalari.

Kompaniya
Mulkdorlar yoki menejerlar guruhi tomonidan boshqariladigan yagona yuridik shaxsni tashkil etuvchi bir nechta korxonalar guruhi.

Yirik biznesning o’zi hos hususiyatlarini sifatida ishlab chiqarish hisobiga tejamkorlik, yikir kompaniyalar hom ashyo va materiallarni ommaviy ravishda sotib olib, tarqatish orqali tovarlarni sotadi. Ushbu yondashuv tovarlar birligining narhini pasaytiradi va daromadni barqaror ravishda oshiradi. Yirik biznes vakillarining faoliyati natijasida barqaror iqtisodiy rivojlanish, doimiy ravishda soliq to’lanishi, ishsizlarning ish bilan ta’minlanishi, mintaqalarni malum darajada rivojlanishi, yangi mahsulot modellarini ishlab chiqarilishi, bozorni barqarorlashishi, texnalogiyalarga, xodimlarga sarmoya kiritilishi kabi ijobiy o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin.


Yirik biznesni mamlakatdagi siyosiy vaziyatga ta’siri ham albatta seziladi. Aksariyat yirik kompaniyalar xalqaro biznes aloqalariga ega va davlatning jahon sahnasida barqaror pozitsiyasidan manfaatdor bo’ladi. Yirik kompaniyalar rahbarlari davlat tuzulmalarida iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni targ’ib qiladi.


  1. Biznesni soliqqa tortishning zarurati va ahamiyati



Soliq tizimining dolzarbligi, avvalo uni tashkil etadigan va boshqaradigan davlat tuzilmalariga bog‘liq. Soliqlar davlatning jamiyat maqsadi va vazifalarini bajarish uchun foydalanadigan iqtisodiy qurol hisoblanadi. Demak, soliqning mohiyati va vazifalarini aniqlashda davlat faoliyatidan kelib chiqish zarur hisoblanadi. Soliqlarning fiskal funksiyasi orqali soliqqa tortishning asosiy vazifasi davlatning moliyaviy mablag‘larini shakllantirish, shuningdek, davlatning umumdavlat va maqsadli vazifalarini amalga oshirish uchun mablag‘larni jamg‘arishdan iboratdir. Soliqning qayta taqsimlash funksiyasi orqali davlat o‘z tasarrufida ishlab chiqarilgan YAIMning bir qismini soliqqa tortish yo‘li bilan qayta taqsimlaydi. Ushbu jarayonda soliqlarning fiskal va taqsimlash funksiyalari uyg‘unlashadi, desak xato bo‘lmaydi. Soliqlar to‘g‘risidagi maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha, korxonalarning qo‘shilgan qiymati yoki daromadlari avval taqsimlanadi, so‘ngra budjetga to‘lanadi. Aniqroq qilib aytsak, avval ishlab chiqaruvchilar manfaatlari ta’minlanadi va keyin daromadlarning bir qismi budjetga soliq sifatida o‘tkaziladi. Mamlakatda mustaqil soliq tizimini shakllantirish borasidagi tadbirlar boshlangandan shu kunga qadar, bosqichma-bosqich keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqdaki bugungi kunga kelib, ushbu islohotlaming samarasi o‘laroq, nisbatan barqaror bo'lgan soliq tizimi shakllantirildi. Ammo mazkur jarayon muayyan vazifalami amalga oshirish orqali amalga oshirilayotganini e’tirof etish lozim. Chunki respublikamiz iqtisodiyotida muqaddam bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi soliq tizimi mavjud bo‘lmagan. Shundan kelib chiqib, malakali kadrlar bilan ta’minlanmaganlik, me’yoriy hujjatlardagi noaniqliklar kabi muammolar bilan bir qatorda, soliq madaniyatining yetarli darajada emasligini ham ta’kidlash o‘rinlidir. Qulayliklar shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan rivojlangan mamlakatlar soliq tizimiga oid tajribalaridan respublika soliq tizimini shakllantirishda foydalanish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, bundan muayyan darajada foydalanilmoqda. Lekin bir qator omillami, jumladan har bir mamlakatni o‘ziga xos milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda bir mamlakatda barqaror hisoblangan soliq tizimi ikkinchi bir mamlakat iqtisodiyoti uchun aks ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun mamlakat soliq tizimi barqarorligini ta’minlashda xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanish bilan birga, soliqlar va soliqqa tortish borasidagi klassik hamda zamonaviy soliq nazariyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Soliq munosabatlarida soliqqa tortishning klassik va zamonaviy nazariyalarini shartli ravishda umumiy soliq nazariyalari hamda xususiy soliq nazariyalariga ajratish mumkin. Umumiy soliq nazariyalarida asosiy masala soliqlaming ahamiyati, vazifalari, xususiyatlari kabi soliq tizimining umumiy jihatlari tadqiq etilsa, (klassik soliq nazariyasi, keyns nazariyasi, monetaristik nazariya, taklif iqtisodiyoti nazariyasi va boshqalar), xususiy soliq nazariyalarida esa soliqlaming tarkibi, soni va stavkasi kabi soliq elementlarining tarkibiy xususiyatlari haqidagi fikrlar mujassamlashgan (yagona soliq nazariyasi, to‘g‘ri va egri soliqlar nisbati nazariyasi, proporsional va progressiv soliqqa tortish nazariyasi, soliqlami yuklash nazariyasi va boshqalar).
Ma’lumki, soliqlar turli qiymat obyektlariga nisbatan o‘matilgani bilan asosan bir manbadan, ya’ni daromaddan to‘lanadi. Shunday ekan davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda ko‘plab soliqlar o‘ringa shunday bir yagona soliq joriy etish hisobiga davlat budjetini zarur mablag‘lar bilan ta'minlash lozimligi borasidagi g‘oya asosida yagona soliq nazariyasi vujudga keladi, rivojlandi va bugungi kunga kelib ko‘plab mamlakatlar soliq amaliyotida qo’llanilib kelinmoqda. Butun dunyoda biznes turlari o’zining daromadi, hodimlarning soni va yillik daromadidan kelib chiqib, mikrofirma, kichik biznes, o’rta biznes va yirik biznesga ajratilgan. Yirik biznes deb atash uchun ma’lum bir talablarga yoki boshqacha qilib aytganda mezonlarga to’g’ri kelishi kerak bo’ladi. Quyidagi jadval orqali buni ko’rib chiqishimiz mumkin. Yevropa komissiyasining tavsiyasiga ko’ra mikro, kichik, o’rta va yirik korxonalarni aniqlash mezonlari quyidagicha:




Yüklə 53,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə