‘’fizika’’ fakulteti optika fanidan


-rasm. Xlorning k yutish koeffitsiyenti logarifimining  to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi



Yüklə 120,68 Kb.
səhifə5/13
tarix29.11.2023
ölçüsü120,68 Kb.
#142727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Odilov Hikmatilla

5.2-rasm. Xlorning k yutish koeffitsiyenti logarifimining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi

Rasmdan ko‘rinishicha, binafsha sohada koeffitsiyent katta bo‘ladi, undan so‘ng - sarik, yashil, sohada keskin pasayib ketadi va qizil sohada yana ko‘tariladi. Tajribada yorug‘likning shaffof erituvchida eritilgan moddada yutilishida, yutilish yorug‘lik nurining eritmadagi yo‘l uzunligi birligiga to‘g‘ri keladigan yutuvchi molekulalar soniga proporsional ekanini ko‘rsatadi. Yo‘l birligiga to‘g‘ri keladigan molekulalar soni eritma konsentratsiyasi S ga proporsional bo‘lgani uchun k yutilish koeffitsiyenti S ga proporsional bo‘ladi, bundan esa deb olish mumkin. Bundagi - eritma konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘lmaydigan, faqatgina yutuvchi modda molekulalarining xususiyatlari bilan belgilanuvchi yangi o‘zgarmas koeffitsiyentdir. k ning bu qiymatini (5.4) formulaga qo‘ysak

. (5.5)

-koeffitsiyent eritma konsentrasiyasiga bog‘liq emas degan tasdiq Beyer qonuni deb ataladi. Bu qonun har bir molekulaning xususiyatini unga qo‘shni molekulalarning mavjudligi o‘zgartirmagandagina bajariladi. Yuqori konsentratsiyali eritmalarda molekulalarning o‘zaro ta’sirlari sezilarli bo‘ladi va unda Beyer qonuni bajarilmay qoladi. Bu qonun bajarilgan hollarda (5.5) munosabat yorug‘likning eritmada yutilish darajasiga qarab eritma konsentratsiyasini aniqlash imkoniyatini beradi.

Yuqori konsentratsiyali eritmalarda Beyer qonunidan chetlanish mavjud.



2. Yorug‘lik dispersiyasi

Yorug‘lik dastasi uch yoqli prizmadan o‘tayotganda, nur prizma asosiga tomon og‘adi. Ammo bu yorug‘lik oq yorug‘lik dastasi bo‘lsa, u, prizmadan o‘tgandan so‘ng, og‘ibgina qolmay, balki uni prizma moddasi rangli dastalarga ham ajratadi. Bu hodisa yorug‘lik dispersiyasi deb ataladi. Buni birinchi marta 1666 yilda Isaak Nyuton optika sohasida qilgan bir qancha ajoyib tajribalarida tekshirgan edi (5.3.-rasm).


Yüklə 120,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə