‘’fizika’’ fakulteti optika fanidan



Yüklə 120,68 Kb.
səhifə3/13
tarix29.11.2023
ölçüsü120,68 Kb.
#142727
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Odilov Hikmatilla

Yorug‘lik har bir moddadan o‘tganda odatda ozmi-ko‘pmi yutiladi. Yutilish odatda sеlеktiвlik xаrаktеri bilan sifatlanadi, ya’ni turli to‘lqin uzunligiga oid yorug‘lik turlicha yutiladi. Yorug‘likning rangi uning to‘lqin uzunligi bilan aniqlanadi, demak umuman aytganda, turli tusdagi nurlar berilgan bir moddaning o‘zida turlicha yutiladi.

Bo‘yalmagan shaffof jismlar ko‘rinuvchi nurlar intervaliga oid yorug‘lik to‘lqinlarini juda kam yutuvchi jismlardir. Chunonchi, qalinligi 1smbo‘lgan shisha o‘zidan o‘tadigan yorug‘likni 1 % ga yaqin qisminigina yutadi. O‘sha shishaning o‘zi esa ultrabinafsha va ulardan juda uzoqda joylashgan infraqizil nurlarni kuchli ravishda yutadi. Ko‘rinuvchi nurlarni selektiv yutuvchi jismlar - rangdor shaffof jismlardir. Masalan, qizil va qirmizi nurlarni kam yutib, yashil, ko‘k va binafsha nurlarni ko‘plab yutadigan shisha – «qizildir». Agar shunday shishaga turli uzunlikdagi to‘lqinlar aralashmasidan iborat oq yorug‘lik tushsa, bu shisha orqali faqat qizil tus hissini beruvchi uzunroq to‘lqinlar o‘tib, qisqaroq to‘lqinlar yutiladigan bo‘ladi. O‘sha shisha yashil yoki ko‘k yorug‘lik bilan yoritilganda u qora bo‘lib ko‘rinadi, chunki shisha bu nurlarni yutib qoladi.

Elektronlar nazariyasi nuqtai nazaridan qaraganda, yorug‘likning yutilish sababi o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinlarining elektronlarda majburiy tebranishlar qo‘zg‘atishidadir. Elektronlarni tebrantirib turishga energiya sarf bo‘lib u energiya borib-borib boshqa xil energiyaga aylanib ketadi. Agar atomlarning o‘zaro to‘qnashishlari natijasida elektronlar tebranishlarining energiyasi betartib molekulalar harakati energiyasiga aylansa, unda jism qiziydi.

Faraz qilamizki, bir jinsli moddada parallel nurlar dastasi tarqalayotgan bo‘lsin. Bu moddada yorug‘likning tarqalish yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan ikkita parallel sirt bilan chegaralangan dℓ qalinlikdagi cheksiz yupqa qatlamni ajratib olamiz. Nurlarning bu qatlamdan o‘tishida energiya oqimining zichligi - dU miqdorda o‘zgaradi. Bu - dU kamayishni berilgan yutuvchi qatlamdagi energiya oqimi zichligining o‘ziga va qatlamning qalinligiga proporsional bo‘ladi deb faraz etish mumkin (5.1-rasm)


Yüklə 120,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə