Kirish gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya



Yüklə 4,29 Mb.
səhifə1/20
tarix11.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#145065
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Absorbsiya




Mundarija
Kirish...............................................................................................2

  1. Nazariy qism.........................................................................................4

    1. Absorbsiya jarayoni................................................................6

    2. Absorberlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari.....................13

    3. Absorberlarni hisoblash……………………………….....…25

  1. Texnologik qism...................................................................................34

2.1. Texnologik sxema izoxi va ko`rinishi…………….......…..…34
2.2. Absorberning texnologik hisobi..............................................35
3. Hayot faoliyati xavfsizligi.....................................................................46
Xulosa.............................................................................................51
Foydalanilgan adabiyotlar............................................................52


KIRISH

Gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya deb nomlanadi. Yutilayotgan gaz yoki bug` absorbtiv, yutuvchi suyuqlik esa – absorbent deb ataladi. Ushbu jarayon selektiv va qaytar jarayon bo’lib, gaz yoki bug` aralashmalarini ajratish uchun xizmat qiladi.


Absorbtiv va absorbentlarning o’zaro ta’siriga qarab, absorbsiya jarayoni 2 ga bo’linadi: fizik absorbsiya; kimyoviy absorbsiya (yoki xemosorbstiya).
Fizik absorbsiya jarayonida gazning suyuqlik bilan yutilishi paytida kimyoviy reakstiya yuz bermaydi, ya’ni kimyoviy birikma hosil bo’lmaydi. Agar, suyuqlik bilan yutilayotgan gaz kimyoviy reakstiyaga kirishsa, bunday jarayon xemosorbstiya deyiladi.
Ma’lumki, fizik absorbsiya ko’pincha qaytar jarayon bo’lgani sababli, ya’ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish imkoni bo’ladi. Bunday jarayon desorbstiya deb nomlanadi. Absorbsiya va desorbstiya jarayonlarini uzluksiz ravishda tashkil etish, yutilgan gazni sof holda ajratib olish va absorbentni ko’p marta ishlatish imkonini beradi.
Absorbsiya jarayoni sanoat korxonalarida uglevodorodli gazlarni ajratish, sulfat, azot, xlorid kislotalar va ammiakli suvlarni olishda, gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratish va boshqa hollarda keng miqyosda ishlatiladi.
Absorbsiya jarayoni ishtirok etadigan texnologiyalarni qurilmalar bilan jihozlash murakkab emas. Shuning uchun, kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda absorberlar ko’p qo’llaniladi.[1]
Sulfat kislota ko'p miqdorda o'g'it sanoatida: ammoniy sulfat, superfosfat va boshqalami ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yana yirik ishlatiladigan sohalari: neft mahsulotlarini tozalash, toshko'mir smolasini qayta ishlash, ko'p kislotalar (masalan, ortofosfat, sirka, ftorid va boshqalar) va tuzlar olish, rangli va nodir metallar ishlab chiqarish, po'latdan yasalgan buyumlarni bo'yash, nikellash, xromlashdan oldin ishlov berish, lak va bo'yoqlar olish dori-darmonlar olish va boshqalardir.
Sulfat kislota turli organik sintezlarda ishlatiladi. Undan etanol va boshqa spirtlar,ba'zi efirlar, sintetik yuvish vositalari, pestisidlar, bo'yoqlar, saxarin, plastmassalar olinadi. Uning tuzlari sun'iy ipak ishlab chiqarishda, to'qimachilik sanoatida, tola yoki gazlamalarni bo'yashdan oldin ishlov berishda ishlatiladi. Oziq-ovqat sanoatida kraxmal, patoka va boshqa mahsulotlarni olishda ham ishlatiladi.
Sulfat kislotani ishlab chiqarish poʼlat ishab chiqarish kabi mamlakatning texnikaviy rivojlanish darajasini bildiradi.Sulfat kislota olishda eng ko`p ishlatiladigan xom ashyolar bular asosan oltingugurt dioksidi, temir kolchedani, kislorod xisoblanadi. Bulardan tashqari rangli metallurgiyada ajralib chiqadigan, tarkibida oltingugurt dioksidi tutadigan gazlardan olinadi. Bundan tashqari chiqayotgan gazlar nisbatan arzon, narxi xam arzon. oltingugurt birmuncha qimmat boʼlishiga qaramasdan sulfat kislota uchun iqtisodiy tejamkordir.
Oltingugurt-noorganik polimer,massasi 32,ikkita kristallik shaklida mavjud bo`ladi.Oddiy temperaturada oltingugurt qattiq holatda S8 ko`rinishida uchraydi.112,80C temperaturada rombik otingugurt va 118,80C da monoklin suyuqlanadi.

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə