Kirish gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya



Yüklə 4,29 Mb.
səhifə8/20
tarix11.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#145065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Absorbsiya

6-rasm sirtiy absorber.
1 - taqsimlagich; 2- truba;
3- ostona



7-rasm yupqa qatlamli absorber.
1 - truba; 2 - taqsimlash moslamasi; 3 - tekis parallel nasadka.



8-rasm nasadkali
absorber.
1 - taqsimlagich; 2 - nasadka;
3 - suyuqlikni qayta taqsimlash
moslamasi; 4 - teshikli panjara



Gidrodinamik rejimlar.Absorbsiya jarayonining samaradorligi gidrodinaimk rejimlarga bog`liq. Bu rejimlar uzatilayotgan suyuqlik miqdori (namlash zichligi) va gaz oqimining tezligi bilan belgilanadi. Qurilmada ro’y beradigan rejimlar nasadka gidravlik qarshiligini gaz oqimining sohta tezligiga bog`liqlik funksiyasi sifatida tasvirlanadi (10-rasm).
1 - rejim – yupqa qatlamli rejim - gaz oqimining tezligi kichik va uzatilayotgan suyuqlik miqdori kam bo’lganda ro’y beradi. Suyuqlik nasadka bo’ylab yupqa qatlam ko’rinishida oqib tushadi. Yupqa qatlamli rejim birinchi o’tish nuqtasi (A nuqta, 10-rasm) da tamom bo’ladi va u osilib turish nuqtasi deb nomlanadi. Bu rejimda fazalararo to’qnashish yuzasi kichik va jarayon samaradorligi kamroq bo’ladi.
2 - rejim - osilib turish rejimi. Bunda fazalar qarama - qarshi yo’nalishi harakati tufayli gaz va suyuqlik orasidagi ishqalanish kuchlari ortadi. Bu hol suyuqlikni nasadkadan oqib tushish tezligini sekinlashtiradi, yupqa qatlam qalinligi va undagi suyuqlik miqdori ortadi. Shu bilan birga fazalar orasidagi to’qnashish yuzasi ko’payadi, jarayonning samaradorligi bir-muncha kattaroq bo’ladi. Bu rejim ikkinchi o’tish nuqtasi (V) da tamom bo’ladi.
S huni ta’kidlash kerakki, osilib turish rejimida qatlamning sekin oqishi buziladi; uyurma va tomchilar hosil bo’ladi, ya’ni barbotaj holatiga o’tish sharoitlar tug`iladi. Yuqorida qayd etilgan massa almashinish jarayonini intensivlashtiradi.

3 - rejim - emulgastion rejim - nasadkaning bo’sh hajmida suyuqlik yig`ilishi natijasida paydo bo’ladi. Suyuqlik yig`ilishi ko’tarilayotgan gaz va oqib tushayotgan suyuqlik orasidagi ishqalanish kuchi bilan og`irlik kuchi teng bo’lgunga qadar davom etadi. Natijada «gaz – suyuqlik» dispers sistemasi va tashqi ko’rinishi bo’yicha barbotajli (ko’pikli) qatlam yoki gaz suyuqlikli emulsiya hosil bo’ladi. Ma’lumki, qurilma ko’ndalang kesimida yuklangan nasadka qatlamining zichligi bir xil emas. Shuning uchun, qatlamning eng tor joylarida emulgastion rejim paydo bo’lib boshlaydi. Gaz uzatishni o’ta aniq rostlash yo’li bilan nasadka qatlamining butun balandligida emulgastion rejim o’rnatish mumkin. Kolonnaning gidravlik qarshiligi keskin ravishda ortadi (VS kesma).[15]








Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya