Kirish gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya



Yüklə 4,29 Mb.
səhifə10/20
tarix11.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#145065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Absorbsiya

Nasadkalarni tanlashda ularning o’lchamlariga katta ahamiyat berish kerak. Agar, nasadka elementlari qanchalik kichik bo’lsa, gidravlik qarshilik shunchalik kam va gazning tezligi yuqori bo’ladi. Bunday nasadkali absorberlar narxi nisbatan arzon bo’ladi.
Agar, absorber yuqori bosim ostida ishlaydigan bo’lsa, kichik o’lchamli nasadkalar qo’llaniladi. Chunki, bu turdagi qurilmalarda gidravlik qarshilikning ahamiyati yo’q. Undan, tashqari nasadkalarning o’lchami kichik bo’lganda, uning solishtirma yuzasi nisbatan katta bo’ladi va absorbsiya jarayonida bir fazadan ikkinchisiga o’tgan massa miqdori ko’p bo’ladi.
Absorberlarda gazlar yutilishi paytida ajralib chiqadigan issiqlikni neytrallash qiyin. Bunday qurilmalardagi issiqlikni kamaytirish va nasadkalar ho’llanishini oshirish maqsadida suyuqlikni nasos yordamida restirkulyastiya qilish zarur. Bu usulda ishlaydigan absorberlar tuzilishi murakkablashadi va narxi ortadi. Undan tashqari, ifloslangan suyuqliklarni ajratish uchun qaynovchi absorberlarda plastmassadan yasalgan sharlar ishlatilib, gaz tezligi oshishi bilan mavhum qaynay boshlaydi. Odatda, qaynovchi absorberlarda gazning tezligi juda katta bo’ladi, ammo qatlamning gidravlik qarshiliga juda oz miqdorga ortadi.[17]



Tarelkali absorberlar samarali va eng keng tarqalgan qurilmalardan bo’lib, uning ichida butun balandligi bo’yicha bir xil masofada bir nechta tarelkalar o’rnatilgan. Teshikli tarelkalar orqali ham gaz, ham suyuqlik harakatlanadi va undan o’tish paytida bir fazadan ikkinchisiga massa o’tadi. Gaz fazaning suyuqlik qatlamidan o’tishi davrida pufakcha va ko’piklarning hosil bo’lish jarayoni barbotaj deb nomlanadi. Suyuqlik va gaz (yoki bug`) ni bir-biri bilan to’qnashishi zarur bo’lgan hollarda barbotaj qo’llaniladi. 11-rasmda qalpoqchali nasadkadan gaz yoki bug`ning o’tishi tasvirlangan.
Barobataj asosan ikki rejimda kechishi mumkin: pufakchali va oqimchali. Gaz yoki bug`ning sarfi kichik bo’lsa, pufakchali rejimni kuzatish mumkin. Bunda, gaz pufakchalari suyuqlik qatlamini bitta–bitta bo’lib yorib chiqadi. Pufakchalar o’lchami barbotyor tuzilishiga, suyuqlik va gaz xossalariga bog`liq.
Agar, gaz tezligi oshirib berilsa, oqimchali rejim paydo bo’ladi. Barbotyordan chiqayotgan gaz oqimi shakli va o’lchami o’zgarmaydigan "mash’ala" hosil bo’ladi. Odatda, mash’ala balandligi 30...40 mm dan oshmaydi.
Tarelkali kolonnalar qalpoqchali, klapanli, plastinali va elaksimon tarelkali bo’ladi. Fazalarning bir tarelkadan ikkinchisiga o’tishiga qarab quyilish moslamali va quyilish moslamasiz absorberlarga bo’linadi.
12-rasmda quyilish moslamali, tarelkali absorber konstrukstiyasi tasvirlangan.

Ko’rinib turibdiki, quyilish trubasining pastki qismi quyida joylashgan tarelka ustidagi ostonaga tushib turadi va gidravlik tamba vazifasini bajaradi. Odatda, suyuq faza qurilmaning tepa qismidan tarelkaga uzatiladi va uning pastki qismidan chiqariladi. Gaz faza esa, qurilmaning pastidan uzatilib, tarelkalar orqali pufakchalar ko’rinishida chiqib ketadi. Tarelkada hosil bo’ladigan gaz – suyuqlik ko’pik qatlamida asosiy issiqlik va massa berish jarayonlari yuz beradi. Absorbsiya jarayonida tozalangan gaz qurilmaning tepa qismidan chiqib ketadi. Tarelka, quyilishi trubasi va ostona shunday joylashtiriladiki, suyuq faza albatta qarama - qarshi yo’nalishda harakat qiladi.[18]

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə