Kirish gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya


Oqimchali (yoki plastinali) tarelkalar



Yüklə 4,29 Mb.
səhifə13/20
tarix11.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#145065
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Absorbsiya

Oqimchali (yoki plastinali) tarelkalar. Bu turdagi tarelkalar qiya, parallel plastinalar ko’rinishida tayyorlanadi (17-rasm).
Qalpoqchali, klapanli va oqimchali tarelkalarda fazalarning yo’nalishi o’zaro kesishgan bo’ladi. Gaz yoki bug` tarelkadagi teshiklardan o’tadi, suyuqlik esa, gorizontal harakatlanib, tarelkadan tarelkaga quyilish moslamasi 5 orqali o’tadi.




19-Rasm.Purkovchi absorber

Yuqorida qayd etilgan tarelkalar samaradorligi gidrodinamik rejimlarga bog`liq. Gaz (yoki bug`) tezligi va suyuqlik sarfiga qarab 3 xil rejimlar mavjud: pufakchali, ko’pikli va oqimchali. Har bir rejimda barbotajli qatlam o’ziga xos tuzilishiga ega bo’lib, u qatlamning gidravlik qarshiligi va massa almashinish yuzasi kattaligini xarakterlaydi. Bunday tarelkalarning gidravlik qarshiligi kam, ularni yasash uchun metall kam sarflanadi va tarkibida iflosliklar bo’lgan suyuqliklarni ham ishlatish mumkin. Undan tashqari, bu tarelkali qurilmalarda jarayonni harakatga keltiruvchi kuch katta bo’ladi.


Oqimchali tarelkalar kamchiliklari: tarelkaga issiqlik berish va ajralib chiqqan issiqlikni ajratib olish murakkab; suyuqlik sarfi nisbatan kam bo’lgani uchun, uning samaradorligi pastroq.[21]
Purkovchi absorberlar. Bu turdagi qurilmalar suyuq fazani – gaz oqimiga purkab berish usuli yordamida amalga oshiriladi. Purkovchi absorberlarga misol bo’la oladigan eng sodda konstrukstiyasi 18-rasm keltirilgan.
Bu absorber ichi bo’sh qobiq va suyuqlikni purkovchi mexanik forsunkadan tarkib topgan bo’ladi.
Suyuqlikni purkash paytida massa o’tkazish koeffistienti eng katta miqdorga ega. Vaqt o’tishi va fazalar o’zaro ta’sir yuzasi kamayganligi sababli jarayon samaradorligi pasayadi. Shuning uchun ham, ko’pincha forsunkalar qurilmaning butun balandligi bo’yicha o’rnatiladi.
Odatda, purkovchi absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni absorbsiya qilish uchun ishlatiladi. Purkovchi absorberlar qatoriga mexanik absorberlarni ham kiritish mumkin. Bunday qurilmalarda suyuqlik aylanma mexanizm yordamida sochib beriladi. Suyuqlikdagi teshikli disklar qo’zg`almas stilindrik qobiq ichida aylanadi. Natijada, disk yordamida suyuqlik mayda tomchilar shaklida atrofga sochiladi. Mexanik absorberlar ixcham va yuqori samarali.

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə