Kirish gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya



Yüklə 4,29 Mb.
səhifə2/20
tarix11.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#145065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Absorbsiya

Fizikaviy xossalari. Sulfat kislota — og'ir, rangsiz moysimon suyuqlik. Juda gigroskopik. Namlikni yutib, ko'p miqdorda issiqlik chiqaradi, shu sababli suvni konsentrlangan kislotaga quyish yaramaydi — kislota sachrab ketadi. Suyultirish uchun sulfat kislotani oz-ozdan suvga quyish kerak..
Suvsiz sulfat kislota 70% ga qadar oltingugurt (VI) oksidni eritadi. Odatdagi temperaturada u uchuvchan emas va hidsiz. Qizdirilganda tarkibida 98,3% H2SO4 bor eritma hosil bo‘lgunga qadar S03 ni ajratib chiqaradi. Suvsiz H2SO4 elektr tokini deyarli o‘tkazmaydi.
Kimyoviy xossalari. Konsentrlangan sulfat kislota organik moddalardan — shakar, qog'oz, yog‘och, tola va hokazo suv elementlarini tortib olib, ularni ko'mirga aylantiradi.
Men ushbu kurs ishini bajarishda sulfat kislotani ishlab chiqarishda absorber apparatini loyihaladim.Buning uchun absorbsiya jarayoni va sulfat kislota olinishlarini nazariyasini o`rganib chiqdim.


  1. NAZARIY QISM



1.1. ABSORBSIYA JARAYONI
Absorbsiya jarayonining fizik asoslari
Gaz faza suyuqlik bilan o’zaro ta’siri natijasida ikkita faza (f=2) va uchta komponent, ya’ni tarqaluvchi modda va ikkita modda tashuvchi (k=3) lardan iborat sistema hosil bo’ladi.
Fazalar qoidasiga binoan, bunday sistema 3 ta erkinlik darajasiga ega:

C=K+2-F=3+2-2=3


Sistemadagi fazaviy muvozanatni belgilovchi asosiy uchta parametrlar quyidagilardir: bosim, temperatura va konstentrastiya. Demak, «gaz-suyuqlik» sistemada ikkala fazaning bosimi r, temperaturasi t va konstentrastiyasi x o’zgarishi mumkin. Absorbsiya jarayoni o’zgarmas bosim va temperaturada borayotgan bo’lsa, bir fazada tarqalayotgan moddaning har bir konstentrastiyasiga, ikkinchi fazadagi aniq konstentrastiya to’g`ri keladi.[2]


O`zgarmas temperatura (t=const) va umumiy bosimli sharoitda muvozanat konstentrastiyalari orasidagi bog`liqlik Genri qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonunga binoan, biror temperaturada eritmadagi eritma ustidagi gaz parstial bosimi, uning mol ulushiga to’g`ri proporstionaldir:

P=Ex
yoki


  (1)

bu erda r – muvozanat holatidagi eritmada x konstentrastiyali yutilayotgan gazning parstial bosimi; E – Genri kontantasi.


Genri konstantasi absorbtiv va absorbentlarning xossalariga, hamda temperaturaga bog`liq bo’ladi:


  (2)

bu erda q – gazning erish issiqligi, kJ/kmol; R = 8,325 kJ/(kmolK) – universal gaz doimiysi; T absolyut temperatura, K; S – yutayotgan suyuqlik va gazlarning tabiatiga bog`liq bo’lgan o’zgarmas kattalik.


(2) tenglamadan ko’rinib turibdiki, temperatura ortishi bilan gazning suyuqlikda erishi kamayadi.
Dalton qonuniga binoan, gaz aralashmasidagi komponentning parstial bosimi, ushbu komponent mol ulushining umumiy bosimga ko’paytirilganiga tengdir, ya’ni:

P=P  va   (3)


bu erda R – gaz aralashmasining umumiy bosimi; u – tarqalayotgan moddaning aralashmadagi konstentrastiyasi; mol ulushi.


(1) va (3) tenglamalarini taqqoslab, quyidagi ifodaga kelamiz:

y
oki fazaviy muvozanat konstantasi E/R ni m orqali belgilab, quyidagi ifodani olamiz:


  (4)

(4) tenglama, gaz aralashmasi va suyuqlikda tarqalayotgan moddalarning muvozanat konstentrastiyalari orasidagi bog`liqlik to’g`ri chiziq bilan ifodalanishini ko’rsatadi. Ushbu chiziq koordinatalar boshidan o’tadi va uning qiyalik burchagi tangensi m ga teng. Qiyalik burchak tangensi temperatura va bosimga bog`liq. 1-rasmdan ko’rinib turibdiki bosim oshishi va temperatura kamayishi bilan gazning suyuqlikda eruvchanligi ortadi (m esa kamayadi). Suyuqlik bilan gazlar aralashmasi muvozanat holatida bo’lganida, aralashma gaz komponentining har biri Genri qonuniga bo’ysunadi.[3]


Absorbsiya jarayoni nisbiy mol konstentrastiyalarda ham hisoblanishi mumkin. Bunda, gaz fazasining suyuqlikdagi kichik konstentrastiyalari x da Genri qonuni ushbu ko’rinishda yoziladi:





Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’ta suyultirilgan eritmalar, hamda kichik bosimlarda o’z xossalari bo’yicha ideal suyuqliklarga o’xshash eritmalar ham Genri qonuniga bo’ysunadi.
Yuqori konstentrastiyali eritmalar va katta bosimlarda gaz bilan suyuqlikning o’zaro muvozanat holati Genri qonuniga bo’ysunmaydi, chunki fazalarning muvozanat konstentrastiyalari orasidagi bog`liqlik egri chiziq bilan ifodalanadi.



Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə