Kirish gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya


Absorberlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari



Yüklə 4,29 Mb.
səhifə6/20
tarix11.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#145065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Absorbsiya

1.2. Absorberlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari
Absorberlar konstrukstiyalari
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada sodir bo’ladi. Shuning uchun ham, suyuqlik va gaz fazalar to’qnashuv qiladigan absorberlar yuzasi iloji boricha katta bo’lishi kerak. Massa almashinish yuzalarini tashkil etish va loyihalash bo’yicha absorberlar 4 guruhga bo’linadi: sirtiy va yupqa qatlamli absorberlar; nasadkali absorberlar; barbotajli absorberlar; purkovchi absorberlar.
Sirtiy absorberlarda harakatlanayotgan suyuqlik ustiga gaz uzatiladi. Bunday qurilmalarda suyuqlik tezligi juda kichik va to’qnashuv yuzasi kam bo’lgan uchun bir nechta qurilma ketma - ket qilib o’rnatiladi.
Suyuqlik va gaz qarama - qarshi yo’nalishda harakatlantiriladi. 6 - rasmda gorizontal trubalardan tarkib topgan yuvilib turuvchi absorber tasvirlangan. Trubalar ichida - suyuqlik oqib o’tsa, unga teskari yo’nalishda gaz harakat qiladi. Trubalar ichidagi suyuqlik sathi ostona 3 yordamida bir xil balandlikda ushlab turiladi.
Absorbsiya jarayonida hosil bo’layotgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar taqsimlash moslamasi 2 dan oqib tushayotgan suv bilan yuvilib turadi. Sovutuvchi suvni bir me’yorda taqsimlash uchun tishli taqsimlagich 1 qo’llaniladi. Bu turdagi absorberlar yaxshi eriydigan gazlarni yutish uchun ishlatiladi.[12]
Yupqa qatlamli absorberlar ixcham va yuqori samaralidir. Bu absorberlarda fazalarning to’qnashish yuzasi oqib tushayotgan suyuqlik yupqa qatlami yordamida hosil bo’ladi. Yupqa qatlamli qurilmalar guruhiga trubali, list-nasadkali, ko’tariladigan qatlamli absorberlar kiradi.
Trubali absorberlarda suyuqlik vertikal trubalarning tashqi yuzasidan pastga qarab oqib tushsa, gaz faza esa qarama - qarshi yo’nalishda yuqoriga qarab harakatlanadi. Qolgan turdagi absorberlarda ham fazalarning harakat yo’nalishi trubali absorberlarnikiga o’xshashdir.
Trubali absorberlar tuzilishiga qarab qobiq - trubali issiqlik alma-shinish qurilmasiga o’xshaydi. Qurilmada hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun trubalar ichiga suv yoki boshqa sovuqlik eltkich yuboriladi.
7-rasmda tekis, parallel nasadkali absorber tasvirlangan.
Nasadkalar vertikal listlar ko’rinishida bo’lib, absorber hajmini bir nechta sekstiyaga bo’ladi. Absorberga suyuqlik truba orqali uzatiladi va taqsimlash moslamasi yordamida nasadkaga taqsimlanadi. Natijada tekis listning ikkala tomoni ham suyuqlik bilan yuvilib turadi. Gaz va yupqa qatlamli suyuqliklarning nisbiy harakat tezligiga qarab, suyuqlik yupqa qatlami pastga oqib tushishi yoki gaz oqimiga ilakishib, tepaga ham harakatlanishi mumkin. Agar, fazalar oqimining tezligi ko’paysa, massa berish koeffistientining qiymati va fazalar to’qnashish yuzasi oshadi. Bunga sabab, chegaraviy qatlamning turbulizastiyasi va unda uyurmalar hosil bo’lishidir.[8]
Yupqa qatlamning o’rtacha tezligi ushbu tenglamadan topilishi mumkin:


  (13)

bu erda Lc – to’kish moslamasi perimetrining suyuqlik bilan solishtirma purkalish zichligi, kg/(ms); - suyuqlik zichligi, kg/m3; - suyuqlik dinamik qovushoqligi, Pas.


Yupqa qatlam yaqinidagi suyuqlikning tezligi:




  (14)

Yupqa qatlamning qalinligi:


  (15)

Yupqa qatlamning harakat tezligi Reynolds kriteriysidan aniqlanadi:


  (15a)

bu erda de – yupqa qatlamning ekvivalent diametri, m.


Yupqa qatlamning ekvivalent diametri:




  (16)

bu erda P - suyuqlik oqib chiqayotgan to’kish moslamasining perimetri, m.[13]






Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə