Kirish gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya


Kolchedanni kuydirib olingan gazdan sulfat kislota ishlab



Yüklə 4,29 Mb.
səhifə7/20
tarix11.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#145065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Absorbsiya

Kolchedanni kuydirib olingan gazdan sulfat kislota ishlab
chiqarishning sxemasi. 5-rasm
1 — flltr; 2 — trubokompressor; 3 — nasadkaii quritish minorasi; 4 — ho'l
elektrofiltr; 5 — ho'llovchi minora; 6 — ikkinchi nasadkaii yuvish minorasi;
7 —birinchi yuvish minorasi; 8 — ikkinchi nasadkaii monogidratli absorber;
9 — quvurii issiqalmashgich; 10 — kontakt apparati; 11 — oleumli adsorber;
12 — birinchi monogidratli adsorber; I — sovutilgan kislota; II — sovutishga
yuborilgan kislota; III — suyuq H3SO4; IV — sovutilgan suyuq H2SO4 yoki suv;
V — sovutilgan oleum yoki monogidrat; VI — sovutishga yuborilgan oleum.
Nasadkali absorberlar. Turli shaklli qattiq nasadkalar bilan to’ldirilgan vertikal stilindrsimon kolonnalarninng tuzilishi sodda, ixcham va yuqori samarador bo’lgani uchun sanoatda ko’p ishlatiladi. Odatda, nasadkalar qatlami teshikli panjaralarga joylashtiriladi. Gaz faza teshikli panjara ostiga yuboriladi va undan o’tib, qatlam orqali yuqoriga qarab harakatlanadi (8-rasm).
Suyuqlik faza absorberning yuqori qismidan taqsimlash moslamasi 1 yordamida purkaladi va nasadka qatlamida gaz fazasi bilan o’zaro ta’sir etadi. Qurilma samarali ishlashi uchun suyuq faza bir tekisda purkalishi va taqsimlanishi zarur. Bu turdagi absorberlarda nasadkalar ham suyuqlikni bir me’yorda taqsimlashga salmoqli xissa qo’shadi. Nasadkalar quyidagi talablarga javob berish kerak: katta solishtirma yuzaga ega bo’lishi; gaz oqimiga ko’rsatadigan gidravlik qarshiligi kichik bo’lishi; ishchi suyuqlik bilan yaxshi ho’llanilishi; absorber ko’ndalang kesim yuzasi bo’ylab suyuqlikni bir tekisda taqsimlashi; ikkala faza ta’siri ostida emirilmaydigan bo’lishi; engil va arzon bo’lishi kerak.
Sanoatda qo’llaniladigan nasadkalarning ba’zi bir turlari va ularni qurilmada joylash usullari 9-rasmda keltirilgan. Bu nasadkalarning ichida eng keng tarqalgan nasadka Rashig halqalaridir. Undan tashqari, keramik jism, koks, maydalangan kvarst, polimer halqa, metall to’r va panjara, shar, propeller va parrak, egarsimon element va boshqa jismlar ishlatiladi.
Rashig halqalari 15x15x2,5; 25x25x3; 50x50x5 mm o’lchamli qilib yasaladi. Nasadkalarning geometrik xarakteristikasi bo’lib ekvivalent diametr hisoblanadi:


  (17)
bu erda Vbx – bo’sh hajm, m3/m3; a - solishtirma yuza, m2/m3.
Rashig halqalarining o’lchamlari kattalashishi bilan solishtirma yuzasi 300; 204; 87,5 m2/m3 va bo’sh hajmi 0,7; 0,74; 0,785 m3/m3 miqdorlarga teng bo’ladi.
Nasadkali absorberlarda taqsimlovchi moslama orqali purkalayotgan suyuqlik, gazning kichik tezliklarida, nasadka ustida yupqa qatlam ko’rinishida oqadi. Nasadkaning ho’llangan yuzasi fazalarga to’qnashish yuza vazifasini bajaradi. Shuning uchun, nasadkali absorberlarni yupqa qatlamli qurilmalar deb qarash mumkin. Suyuq faza qurilmalar devori atrofida yig`ilib qolmasligi uchun nasadka bir necha sekstiyaga yuklanadi. Suyuqlikni bir tekisda taqsimlash uchun sekstiyalar orasida qayta taqsimlash moslamalari o’rnatiladi. Nasadkali kolonnalarda gaz va suyuqlik qarama - qarshi harakat qiladi.[14]







Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə