Kirish gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya


Absorbsiyaning moddiy balansi va kinetik qonuniyatlari



Yüklə 4,29 Mb.
səhifə3/20
tarix11.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#145065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Absorbsiya

Absorbsiyaning moddiy balansi va kinetik qonuniyatlari

Absorbsiya jarayonining moddiy balansi quyidagi ko’rinishdagi umumiy tenglama bilan ifodalanadi:



Oxirgi tenglamani boshlang`ich va oxirgi konstentrastiyalar oraligida integrallagandan so’ng, undan absorbent sarfini (kmol/s) aniqlash mumkin:


  (5)

1 kmol inert gaz uchun zarur solishtirma sarf:




  (6)

Absorberda konstentrastiyaning o’zgarishi (7) va (17) tenglamalar bilan ifodalanadi. Jarayon ishchi chizig`i u-x koordinatalarida to’g`ri chiziq ko’rinishida bo’ladi. Uning qiyalik burchagi tangensi l = L/G.


Absorbent solishtirma sarfining absorber o’lchamiga va suyuq fazada tarqalayotgan moddaning oxirgi konstentrastiyasiga ta’sirini ko’rib chiqamiz.[4]
Absorberda fazalar yo’nalishi parallel deb qabul qilamiz.
u-x koordinatalarning V nuqtasida aniqlanayotgan suyuq fazada tarqalayotgan moddaning boshlang`ich konstentrastiyasi xb, gaz fazasidagi boshlang`ich konstentrastiya ub, oxirgisi esa - uox (2-rasm).
Fazalar muvozanat holati um = f(x) tenglamaga binoan turli qiyalik burchagi ostida bir nechta ishchi chiziqlar o’tkazamiz. Rasmdagi A1, A2, A3 nuqtalar gaz faza va absorbentdagi boshlang`ich va oxirgi konstentrastiyalarni xarakterlaydi. Jarayonni harakatga keltiruvchi kuchi ishchi va muvozanat chiziqlar o’rtasidagi farq bilan aniqlanadi, ya’ni u=u-um. Butun qurilma uchun o’rtacha harakatga keltiruvchi kuch o’rtacha logarifmik qiymat sifatida topiladi. Agar, ishchi chiziq VA vertikal chiziq bilan ustma-ust tushsa, harakatga keltiruvchi kuch eng katta qiymatga ega bo’ladi. Agar, (6) tenglamaga xox= xb qo’yilsa, absorbentning sarfi cheksiz bo’ladi.[5]
Boshqa holatda esa, ya’ni ishchi chiziq VA3 muvozanat chizig`i bilan tutashsa, absorbentning sarfi minimal va tutashish nuqtasida harakatga keltiruvchi kuch nolga teng bo’ladi, chunki ub = um .
B
irinchi holatda absorberning o’lchamlari minimal bo’ladi, chunki absorbentning cheksiz sarfida uo’r maksimal qiymatga egadir. Ikkinchi holatda esa, absorbentning sarfi minimal bo’lganda absorbentning o’lchamlari cheksiz bo’ladi.
Massa almashinish, shu jumladan, absorbsiya jarayonida ham muvozanatga erishib bo’lmaydi, chunki har doim (xox < xm). Demak, absorbentning sarfi har doim minimal qiymatdan katta bo’lishi kerak. Absorbentning minimal sarfini quyidagi tenglamadan topish mumkin:


  (7)

Absorbentning optimal sarfi texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida aniqlanadi.


1 kmol gazni yutish uchun zarur sarflar gaz va ekspluatastiya narxi S1, amortizastiya va ta’mirlash uchun sarflar, energiya narxi S2, gazni uzatish va desorbstiya S3 ga ketadigan harajatlar yig`indisiga teng:

S=S1+S2+S3


Ma’lumki, S1 kattalik absorbentning solishtirma sarfiga bog`liq emas. Agar, l ortsa, absorberning ishchi balandligi va uning gidravlik qarshiligi kamayadi. Lekin, bunda qurilmaning diametri kattalashadi.


Shunday kilib, S2 = f(l) funksiya minimumga ega bo’lishi mumkin.
Absorbentning solishtirma sarfi l oshishi bilan gazni uzatish va desorbstiyasiga ketadigan sarflar S3 ko’payadi. 3-rasmda yuqorida keltirilgan bog`liqliklar xarakteristikalari tasvirlangan. Hamma egri chiziqlar ordinatalarini qo’shsak, 1 kmol gazni absorbsiya qilish uchun zarur sarflar yig`indisi egri chizig`ini olamiz. Ushbu egri chiziqning minimumi, absorbent optimal solishtirma sarfiga to’g`ri keladi.[6]

Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə