Kirish gaz yoki bug`li aralashmalardagi komponentlarining suyuqlikda yutilish jarayoni absorbsiya


Absorbsiya jarayonini olib borish usullari



Yüklə 4,29 Mb.
səhifə5/20
tarix11.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#145065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Absorbsiya

Absorbsiya jarayonini olib borish usullari

Xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida absorbsiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinstipial sxemalar qo’llaniladi:


- parallel yo’nalishli;
- qarama - qarshi yo’nalishli;
- bir pog`onali, qisman restirkulyastiyali;
- ko’p pog`onali, qisman restirkulyastiyali.
Parallel yo’nalishli sxema 4-a-rasmda ko’rsatilgan. Bunda gaz oqim va absorbent parallel (bir xil) yo’nalishda harakatlanadi. Absorberga kirishda, absorbtiv konstentrastiyasi katta bo’lgan gaz faza, absorbtiv konstentrastiyasi past bo’lgan suyuq faza bilan kontaktda bo’lsa, qurilmadan chiqishda esa - absorbtiv konstentrastiyasi kichik bo’lgan gaz faza, absorbtiv konstentrastiyasi yuqori bo’lgan suyuqlik bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi.[9]
Qarama - qarshi yo’nalishli sxema 4-b-rasmda ko’rsatilgan.
Ushbu sxemali absorberlarning bir uchida absorbtiv konstentrastiyasi yuqori gaz va suyuqlik to’qnashuvda bo’lsa, ikkinchi uchida esa - konstentrastiyalari past fazalar o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Qarama - qarshi yo’nalishli sxemalarda parallel yo’nalishliga qaraganda, absorbentdagi absorbtiv eng yuqori qiymatiga erishsa bo’ladi. Lekin, jarayonning o’rtacha harakatga keltiruvchi kuchi parallel yo’nalishliga nisbatan kam bo’lgani uchun, qarama - qarshi yo’nalishli absorberning gabarit o’lchamlari katta bo’ladi.[10]
Absorbent yoki gaz fazaning restirkulyastiyali sxemalari (4-c-rasm). Bunday sxemalarda absorbent ko’p marta o’tadi.
4-d-rasmda absorbent bo’yicha restirkulyastiyali sxema keltirilgan. Bunda, gaz faza absorberning tepa qismidan kirib, past qismidan chiqib ketsa, suyuq faza esa qurilmadan bir necha marta qaytarib o’tkaziladi. Absorbent qurilmaning tepa qismiga uzatiladi va gaz fazasiga qarama - qarshi yo’nalishda harakatlanadi. Yangi, xb konstentrastiyali absorbent absorberdan chiqayotgan suyuq faza bilan aralashishi natijasida uning konstentrastiyasi xs ga ko’tariladi. Jarayonning ishchi chizig`i u-x diagrammada AV to’g`ri chizig`i bilan ifodalanadi. Absorbtivning aralashtirishdan keyingi konstentrastiyasi xs ni moddiy balans tenglamasidan topish mumkin.
Agar, absorberga kirishdagi absorbent miqdorini yangi absorbent miqdoriga nisbatini n deb belgilasak, moddiy balans tenglamasi ushbu ko’rinishda yoziladi:



bundan
  (11)

Gaz fazasi restirkulyastiyali absorbsiya sxemasi 4-c-rasmda keltirilgan. Ishchi chiziq holati As (us, xox) va V (uox, xb) nuqtalari bilan belgilanadi. us konstentrastiya moddiy balans tenglamasidan aniqlanadi:




  (12)

Absorbent harakat tezligi ortishi bilan massa berish koeffistienti ko’payadi, bu esa o’z navbatida massa o’tkazish koeffistientini o’sishiga olib keladi.


Qiyin eruvchan gazlarni absorbsiya qilish paytida absorbentni restirkulyastiya qilish usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Agar, absorbtiv restirkulyastiya qilsa, gaz fazasida massa berish koeffistienti ko’payadi. Bu usul yaxshi eriydigan gazlarni absorbsiya qilishda yuqori samara beradi.[11]



Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə