Fizika va astronomiya asoslari


Amaliy mashg`ulor uchum masalalr va mashqlar to`plami



Yüklə 6,19 Mb.
səhifə78/87
tarix08.02.2023
ölçüsü6,19 Mb.
#100481
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87
asasasasasax cvbfhtymhjkuol

Amaliy mashg`ulor uchum masalalr va mashqlar to`plami


To`g’ri chiziqli tеkis harakat. Mоddiy nuqta kinеmatikasi. Tеzlik. To`g’ri chiziqli nоtеkis harakat. Tеzlanish. Harakatning nisbiyligi. Jismlarning erkin tushishi. Yuqоriga tik оtilgan jismning harakati.

1. (V. 1.1) Avtomobil o'z xarakati vaqtining birinchi yarmida 80 km/soat tezlik bilan, qolgan vaqtida esa 40 km/soat tezlik bilan xarakatlangan. Avtomobil xarakatining o'rtacha tezligi topilsin. J: 60 km/soat


2. (V.1.2) Avtomobil yo'lining birinchi yarmini 80 km/soat tezlik bilan, qolgan yo'lini esa 40 km/soat tezlik bilan bosib o'tgan. Avtomobilning xarakatining o'rtacha tezligi topilsin. J: 53,3 km/soat
3. (V.1.6) Samolyot A punktdan sharq tomondagi 300 km uzoqlikda joylashgan V punktga uchmoqda.Quyidagi xol- larda samolyotning bu masofani uchib o'tish vaqti topilsin: I) shamol bo'lmaganda, 2) shamol janubdan shimolga esganda va 3) shamol g’arbdan sharqqa esganda. Shamolning tezligi V1= 20 m/sek, samolyotning tezligi v2 = 600 km/soat. J: 1) 30 min, 2) 30,2 min, 3) 26,8 min.
4. (V.1.16) Metropoliten ikki stantsiyasining oraligi 1,5 km. Poezd bu masofaning birinchi yarmida tekis tezla- nuvchan, qolgan ikkinchi yarmida tekis sekinlanuvchan xarakat qiladi. Poezdning maksimal tezligi 50 km/soat ga teng. 1) tezlanuvchan va sekinlanuvchan xarakatning tezlanishlarini miqdor jixatdan teng deb xisoblab, uning kattaligi, 2) poezdning ikki stantsiya orasidagi xarakat vaqti topilsin. J: a = 0,13 m/sek 2, t = 3,4c
5. (V. 1.23) Jismning bosib o'tgan yo'li s ning t vaqtga bog’likligi s = A – Bt – Ct 2 tenglama orqali berilgan, bunda A = 6 m, V = 3 m/sek va S = 2 m/sek 2. Jismning 1 sek dan 4 sek gacha bo'lgan vaqt chegarasidagi o'rtacha tezlanishi topilsin. 0 < t < 5 sek intervalda 1 sek dan oralatib yo'l, tezlik va tezlanishning grafigi tuzilsin. J: v = 7 m/sek; a = 4 m/sek 2
6. (V. 1.2) Paroxod daryoda A punkdan V punktga v1 = 10 km/soat tezlik bilan, qaytishda esa v2 = 16 km/soat tezlik bilan xarakatlanadi.1)Paroxodning tezligi, 2)daryoning oqim tezligi topilsin. J: 1)12,3 km/soat; 2)0,83 m/sek

Mоddiy nuqtaning aylana bo`ylab tеkis harakati. Aylanishlar sоnini aniqlash. Nоrmal va tangеntsial tеzlanishlar.Mоddiy nuqta dinamikasi. Nyutоnning birinchi qоnuni. Kuch va massa. Nyutоnning ikkinchi qоnuni. Jism impulsi.


7. ( S. I.25) 1500 min -1 chastota bilan aylanuvchi g’ildirak tormozlangandan keyin tekis - sekinlanib aylana boshlab, 30 sek dan so'ng to'xtagan. Tonnozlanish boshlangan paytdan to to'xtaguncha bo'lgan burchak tezlanishi va aylanish soni topilsin. J: -5,24 sek -2; 375


8. ( S.1.26) Biror jism 0,04 sek-2 o'zgarmas burchak tezlanish bilan aylana boshladi. Aylanish boshlangandan qancha vakt o'tgach jismning qandaydir nuqtasining to'la tezlanishi uning tezligi yo'nalishi bilan 76 0 burchak hosil qiladi? J: 10 sek o'tgach
9. ( V.1.45) Aylanma xarakat qilayotgan g’ildirak gardishidagi nuqtaning V1 chiziqli tezligi gardishdan o'qqa 5 sm yaqin bo'lgan nuqtasining V2 chiziqli tezligidan 2,5 marta katta bo’lsa, g’ildirakning radiusi topilsin.
J: R = 8,33 sm.
10. (V.I.48) Tekis sekinlanib aylanayotgan g’ildirak tormozlanish natijasida l min davomida o'zining tezligini 300 ayl/min dan 180 ayl/min gacha kamaytiradi. G’ildirakning burchak tezlanishi va bu minut ichidagi aylanishlar soni topilsin. J: ε = - 0,21 rad /sek 2, N = 240 ayl.
11. (V.2.7) 500 m massali poezd tormozlanganda tekis sekinlanuvchan xarakat qilib 1 min davomida tezligini 40 km/soat dan 28 km/soat gacha kamaytirgan. Tormozlanish kuchi topilsin. J: F = 2,77 · 10 4 n
12. (V.2.9) Relsda turgan vagon tekis tezlanuvchan xarakat qilib, s =11 m yo'lni t =30 sek da o'tishi uchun unga qanday kuch ta'sir qilishi kerak? Vagonning ogirligi R =16 T. Xarakat vaqtida unga, o'z og’irligining 0,05 qismiga teng bo'lgan ishqalanish kuchi ta'sir qiladi J: F = 8200 n
13. Massasi juda kichik va juda kam ishqalanish bilan aylana oluvchi blokka uchlariga m 1 va m 2 yukchalar boylangan ip tashlangan, bunda m 2 va m 1 yukdan n marta ( n = 2) katta. m 2 yukni polga tekkuncha ko'tarib, qo'yib yuborilgan. Agarda m 2 yukning balandligi h 2 = 30 sm bo'lsa, m 2 yuk polga kelib urilganidan keyin m1 yuk qancha balandlikka ko’tariladi ?
14. (V.2.13). F = l kg o’zgarmas kuch ta'sirida jism shunday to’g’ri chiziqli xarakatlanadiki, u o’tgan s yo’lning t vaqtga bog’lanishi s = A-Bt + Cr tenglama bilan berilgan. Doimiylik S = l m /sek 2 bo’lsa, jismning massasi topilsin
15. (V.2.26). Qiyaligi xar 25 m yo’lda l m balandlikka ko’tarilganda tokka 1 m /sek 2 tezlanish bilan chiqa-yotgan avtomobil motorining tortish kuchi topilsin. Avtomobilning og’irligi 9,8 ·10 3 N va ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng.
16. (V. 2.32 ). Gorizont bilan a = 30° burchak tashkil qilgan kiya tekislikning eng yuqori cho’qqisiga vaznsiz blok maxkamlangan ( 2 - rasm ). Og’irliklari P 1 = P 2 = 1 kg bo’lgan A va V toshlar bir – biriga ip bilan birlashtirilib blokka osilgan. 1) Toshlarning xarakat tezlanishi, 2) ipning taranglik kuchi topilsin. Blokdagi ishkalanish, xuddi shuningdek V toslining qiya tekkislikka ishqalanish xisobga olinmasin .
17.(V. 2.42) Shofyor yo'ldagi to’siqdan 25 m narida avtomobilga tormoz bera boshlaydi. Avtomobil tormoz kolod-kalardagi ishqalanish kuchi o'zgarmas va 3840 n ga teng. Avtomobilning og’irligi 1 t. Avtomobil to'siq oldida to'xtashga ulgurishi uchun, u qanday maksimal tezlikda yurishi mumkin? G’ildiraklarning yoiga ishqalanishi xisobga olinmasin.
18. (V. 2.44) Jism 10 m masofada o'z tezligini 2 m/sek dan 6 m/sek gacha oshirish uchun zarur bo'lgan ish topilsin. Yo'lning xamma qismida 0,2 kG ga teng o'zgarmas ishqalanish kuchi ta'sir qiladi. Jismning massasi 1 kg ga teng.
19.(V.2.55) Balandligi 1 m og’ma tomoni uzunligi 10 m bo'lgan qiya tekislikdan lkg massali jism sirganib tushmoqda. I) qiya tekislikning asosidagi kinetik energiyasi 2) shu asosdagi tezligi 3) to'xtaguncha yo'lning gorizontal qismida bosib o'tgan masofasi topilsin. Yo'lning xamma qismida ishqalanish koeffitsienti o'zgarmas va 0,05 ga teng deb olinsin.
20.(V. 2.50) Og’irligi 2 kG bo'lgan tosh ma'lum balandlikdan yerga 1,43 sek da tushadi. Toshning yo'lning o'rta nuqtasidagi kinetik va potentsial energiyasi topilsin. Xavoning qarshiligi xisobga olinmasin.
21.(V. 2.66) Og’irligi 1 kG jism 1 m/sek tezlik bilan gorizontal xarakatlanib, 0,5 kG og’irlikdagi jismni quvib yetadi va u bilan elastikmas to'qnashadi. 1) Ikkinchi jism xarakatsiz turgandagi, 2) ikkinchi jism birinchi jismning yo'nalishida 0,5 m/sek tezlik bilan xarakat qilganda, 3) ikkinchi jism birinchi jismga qarama - qarshi yo'nalishda 0,5 m/sek tezlik bilan xarakat qilgandagi xollar uchun jismlarning urilishdan keyingi tezliklari topilsin.



Yüklə 6,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə