Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə109/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112
gupkina-2

§79. Matematik mayatnik

  1. Birinchi mayatnikning uzunligi 2-mayatnikiga qaraganda 4 marta uzun. Ikkinchi mayatnikning chastotasini birinchi mayatnik chastotasiga nisbati nimaga tengligini aniqlang.


  1. Ikkita matematik mayatnik bir xil vaqt ichida: birinchisi - 40 marta, ikkinchisi - 20 marta tebranadi. Ikkinchi mayatnik uzunligi birinchi mayatnik uzunligidan necha marta katta?


  1. Matematik mayatnikning uzunligini 5sm ga qisqartirilganda uning chastotasi 1,5 marta ortganligi ma’lum bo`lsa uning dastlabki uzunligini toping(sm)?


  1. Boshqa sayyorada matematik mayatnikning siklik chastotasi 5rad/s ekanligi ma’lum. Agar mayatnikning uzunligi 0,4m bo`lsa o`sha sayyoraning erkin tushish tezlanishini toping.


  1. Yerdagi uzunligi 54sm bo`lgan matematik mayatnikning davri bilan bir xil bo`lishi uchun oydagi matematik mayatnikning uzunligi qancha bo`lishi kerak(sm)? Oyning erkin tushish tezlanishi yernikidan 6 marta kichik.


  1. Matematik mayatnikni yerdan boshqa sayyoraga olib o`tilganda uning davri 3 marta oshdi. Yerning radiusi sayyoranikidan 2 marta kattaligi ma`lum bo`lsa, yerning massasi sayyoranikidan necha marta kattaligini toping.


  1. Matematik mayatnikni a=0.36g tezlanish bilan tushayotgan liftni ichiga olib kirilganda uning tebranish davri necha foizga ortadi?



  1. Mayatnikli soatda tebranish davri 1s bo'lgan matematik mayatnikdan foydalaniladi. Soatni o`zgarmas tezlanish bilan ko`tarilayotgan raketaga olib kirildi. Mayatnikli soat 7s ichida 8 marta to`la tebrangani ma’lum bo`lsa, raketaning tezlanishini toping. g=9.8 m/s2


  1. Ipga ilingan massasi m=0.1kg sharcha garmonik tebranmoqda. Unga 200µC zaryad berilib, uni elektr maydon kuchlanganligi chiziqlari tepadan pastga yo'nalgan bir jinsli elektr maydonga joylashtirilganda uning chastotasi necha marta oshadi. g=10m/s2 Elektr maydon kuchlanganligi 40kV/m.


  1. Uzunligi 0,1m bo`lgan matematik mayatnik 0.007 amplituda bilan garmonik tebranmoqda. Tebranish davomida ipga ilingan yukning maksimal tezligini aniqlang(sm/s). g=10 m/s2


  1. Massasi 499g bo`lgan sharcha uzunligi 20m bo`lgan ipga ilingan. Massasi 1g bo`lgan o`q uchib kelib sharchaga tiqilib qoldi. Natijada sharcha 4sm ga siljigani ma’lum bo`lsa o`qning tezligini aniqlang. g=9,8 m/s2



  1. Ikkita parallel iplarda bir xil sharchalar ilingan va ularning markazlari bir chizig`da yotishi ma’lum. Birinchi sharcha ilingan ipning uzunligi 40sm va uni qandaydir burchakka og`dirilib qo`yib yuborildi. Qancha vaqtdan so`ng sharchalarning ikkinchi to`qnashuvi sodir bo`ladi? Ikkinchi sharcha ilingan ipning uzunligi 10sm bo`lsa(ms). g=10 m/s2. π=3,14


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə