Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə87/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112
gupkina-2

00C haroratli ozgina suvi bo'lgan idishdagi havo so'rib olindi. Bunda 6,6g suv bug'lanib ketib, qolgan suv muzlab qoladi. Hosil bo'lgan muzning massasini toping(g). Suvning 00C haroratdagi solishtirma bug'lanish issiqligi 2,5·106 J/kg, muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg.

§50. Ideal gazning ishi.

  1. Gazning hajmi o'zgarmas 3kPa bosim ostida 7 l da 12 l gacha oshdi. Gaz qanday ish bajargan?


  1. Erkin siljiy oladigan porshen ostidagi gaz 100kPa doimiy bosim ostida kengayib 100kJ ish bajardi. Gaz hajmi qanchaga oshgan?


  1. Izobarik jarayonda 300kPa bosim ostida turgan ideal gazning absolut harorati 3 marta oshgan. Agar ideal gaz kengayish natijasida 18kJ ish bajargan bo'lsa, gazning dastlabki hajmi (l) nimaga teng bo'lgan?


  1. Izobarik jarayonda ikki mol gazni 10K ga qizdirilgan, gaz qanday ish bajaradi? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K)




  1. Izobarik ravishda 2kg havoni qizdirilganda havo 166kJ ish bajaradi. Havo necha gradusga qizdirilgan? Havoning molyar massasi 29kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Massalari teng bo'lgan vodorod bilan kislorod izobarik ravishda bir xil haroratga qizdirildi. Bu jarayonda vodorodning bajargan ishi kislorodning bajargan ishidan necha marta katta? Vodorodning molyar massasi 2kg/kmol, kislorodniki 32kg/kmol.


  1. Silindirdagi porshen ostida malum bir massali gaz 300K harorat va 0,1MPa bosim ostida 6 l hajm egallaydi. Gazni o'zgarmas bosim ostida siqib 50J ish bajarish uchun uni necha gradusga sovutish kerak?


  1. Asosining yuzi 100sm2 bo'lgan silindrik idishda 300K haroratdagi gaz bor. Silindir asosidan 30sm balandlikda massasi 60kg bo'lgan porshen turibdi. Agar gazni asta sekin 50K ga isitilsa, gaz kengayish jarayonida qanday ish bajaradi? Atmosfera bosimi 100kPa. g=10m/s2.


  1. Silindirdagi hajmi 0,5m3 bo'lgan gaz porshenning og'irligi va atmosfera bosimi ostida turibdi. Gaz isitilishi natijasida uning hajmi ikki marta oshgani ma'lum bo'lsa, bu jarayonda gaz qanday(kJ) ish bajargan? Atmosfera bosimi 105Pa, porshen massasi 10kg, porshen yuzasi 10-3m2. g=10m/s2.


  1. Bir mol gaz izoxorik ravishda shunday sovutildiki bunda uning bosimi 5 marta kamaydi. Shundan so'ng izobarik ravishda dastlabki 400K haroratgacha qizdirildi. Gaz qanday ish bajargan? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Besh mol gaz dastlab o'zgarmas hajmda shunday qizdirildiki bunda uning bosimi 3 marta oshdi, shundan so'ng gazni o'zgarmas bosim ostida siqib, 100K ga teng bo'lgan dastlabki haroratgacha pasytirildi. Gazni siqish jarayonida qanday ish bajarilganini hisoblang? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Bir mol gaz izoxorik ravishda shunday sovutildiki bunda uning bosimi 1,5 marta kamaydi, shundan so'ng gaz izobarik ravishda dastlabki haroratigacha qizdirilgan. Bu jarayonda gaz 8300J ish bajardi. Gazning dastlabki haroratini toping(K). Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Modda miqdori 4mol bo'lgan ideal gaz bosimi, bosim hajmga to'g'ri mutanosib bo'lgan jarayonda kengaymoqda. Gaz harorati 10K ga oshganda gazning bajargan ish nimaga teng? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K)


  1. Massasi 10kg bo'lgan ideal gazning harorati T=αV2(α=2K/m6) qonunga muvofiq ravishda o'zgarmoqda. Gaz hajmi 2 l dan 4 l gacha oshganda, gazning bajargan ishini(mJ) toping. Gazning molyar massasi 12kg/kmol, Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Modda miqdori 2mol bo'lgan ideal gaz 400K harorat ostida turibdi. Gaz hajmi, gaz bosimi gaz hajmi bilan chiziqli bog'lanishga ega bo'lgan jarayonda 2 marta oshdi. Agar gazning dastlabki harorati oxirgi haroratiga teng bo'lsa, bu jarayonda gazning bajargan ishini toping. Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


  1. Modda miqdori 2mol bo'lgan ideal gaz 300K harorat ostida turibdi. Gaz hajmi, gaz bosimi gaz hajmi bilan chiziqli bog'lanishga ega bo'lgan jarayonda 1,5 marta oshdi. Agar bu jarayonda gaz bosimi 40% oshgani malum bo'lsa, gaz qancha ish bajargan? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).




  1. Modda miqdori 2mol bo'lgan ideal gaz 300K harorat ostida turibdi. Gaz hajmi, gaz bosimi gaz hajmi bilan chiziqli bog'lanishga ega bo'lgan jarayonda 2 marta oshdi. Shundan so'ng gaz izobarik ravishda o'zining dastlabki hajmigacha siqildi. Agar gazning oxirgi bosimi dastlabki bosimiga qaraganda 20% kamroq bo'lsa, bu ikki jarayonda gazning bajargan ishini toping? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə