Fizikadan masalalar to’plami



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə86/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112
gupkina-2

b) Fazaviy o'zgarishlar

  1. Idishdagi 200C haroratda turgan 9kg suvning ustiga massasi 1kg bo'lgan 1000C haroratli bug' kiritilgandan so'ng bug' to'liq suvga aylanib ketdi. Idishdagi issiqlik yo'qotilishlarini hisobga olmagan holatda idishda qanday harorat qaror topishini aniqlang(0C). Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) , suvning solishtirma bug'lanish issiqlik 2,1·106J/kg.


  1. Harorati 500C bo'lgan qanchadir suvni qaynash haroratigacha yetkazish uchun uning ichidan harorati 1000C bo'lgan bug' o'tkaziladi. Bu jarayonda suvning massasi necha foizga ortadi? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(K·kg) , suvning solishtirma bug'lanish issiqlik 2,1·106J/kg.


  1. Idishlarda har birining massasi 4,18kg dan bo'lgan bir xil haroratli suvlar bor. Birinchi idishga 1000C haroratdagi 0,42kg qaynoq suv, ikkinchi idishga 1000C haroratdagi xuddi shunday massali bug' solinadi. Idishlar issiqlik muvozanatiga yetganda ulardagi haroratlar farqi necha gradusga teng bo'ladi? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) , suvning solishtirma bug'lanish issiqlik 2,3·106J/kg.


  1. Idishdagi harorati 200C, massasi 4,6kg bo'lgan suvga harorati 5000C bo'lgan 10kg massali po'lat jism tashlandi. Hosil bo'lgan bug'ning massasini aniqlang(g). Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) , suvning solishtirma bug'lanish issiqlik 2,3·106J/kg, po'latning solishtirma issiqlik sig'imi 460 J/(K·kg).


  1. Harorati 200C bo'lgan 1kg massali suvga nam qor (tarkibida 00C haroratdagi suvi bor) bo'lagi tashlandi. Qor bo'lagining massasi 250g. Issiqlik muvozanati holatida suvning harorati 50C ga teng bo'lsa, qor bo'lagidagi suvning miqdorini toping(g). Muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg , suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) .


  1. Hajmi 85 l bo'lgan vannani, 800C haroratli suv va -200C haroratli muz bo'lagidan foydalanib 300C haroratli suv bilan to'ldirish kerak. Vannaga solinishi kerak bo'lgan muzning massasini aniqlang. Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) , suvning solishtirma erish issiqligi 336·103 J/kg, muzning solishtirma issiqlik sig'imi 2100 J/(K·kg).


  1. Massasi 1kg bo'lgan 1000C haroratdagi bug' kondensasiyalanib so'ngra hosil bo'lgan suvning harorati 00C gacha pasaytirilganda ajralib chiqqan energiyaning hammasi 00C haroratdagi muzning erishiga ketgan bo'lsa, qanday massali muz eriganini aniqlang. Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) , suvning solishtirma bug'lanish issiqligi 2,22·106 J/kg, muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg.


  1. Massasi 2,51kg muz va massasi 7,53kg bo'lgan suv aralashmasining harorati 00C . bu aralashmaning haroratini 500C gacha ko'tarish uchun bu aralashma ichidan 1000C haroratli qanday massadagi (g) suv bug'i o'tkazish kerak. Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) , suvning solishtirma bug'lanish issiqligi 2,3·106 J/kg, muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg.




  1. Idishda teng massadagi suv va muz issiqlik muvozanatida turibdi. Idishdan haraorati 1000C bo'lgan bug' o'tkazildi. Agar idishdan o'tkazilgan bug'ning massasi idishdagi suvning dastlabki massasiga teng bo'lsa, idishda qanday haroratli suv hosil bo'ladi(0C)? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200 J/(K·kg) , suvning solishtirma bug'lanish issiqligi 2,3·106 J/kg, muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg.



  1. Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə