Fotometrik usulda zaharli metallarni aniqlash



Yüklə 260,9 Kb.
səhifə1/9
tarix19.04.2023
ölçüsü260,9 Kb.
#106152
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fotometrik usulda zaharli metallarni aniqlash


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI

KIMYOVIY TEXNOLOGIYA FAKULTETI


KIMYO YO’NALISHI
FIZIKAVIY VA KOLLOID KIMYO KAFEDRASI
ANALITIK KIMYO FANIDAN

FOTOMETRIK USULDA ZAHARLI METALLARNI ANIQLASH”


MAVZUSIDAGI


KURS ISHI


Bajaruvch:
2А-kimyo yo’nalishi talabasi Atadjanova Yulduzay
Qabul qiluvchi:
Fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti,
kimyo fanlari nomzodi: Uzakbergenova Zamira
NUKUS-2021
MUNDARIJA



Kirish




I.Asosiy qism




I.1. Fotometrik analiz




I.2. Moddalarni fotometrik aniqlash usullari. Fotometrik usulning metrologik xarakteristikalari




I.3. Eritmada o`lchanayotgan moddaga xalaqit beruvchi moddalar bo`lmagan holda uning miqdorini aniqlash usullari




II. Tajriba qismi




II.1. Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan asbob-uskunalar, jihozlar va reaktivlar




II.2. Fotometrik o`lchash texnikasi va asboblari.




II.3. Tajriba davomida qo’llaniladigan eritmalarni tayyorlash metodikasi







II.4. Sun`iy aralashmalar tarkibidagi nikelni fotometrik aniqlash







II.5. Fotokolorimetrik usul bilan eritmadagi temir miqdorini aniqlash






III. Natijalarni tahlil qilish




Xulosa




Foydalanilgan adabiyotlar






Kirish
Kurs ishining dolzarbligi. Analizning fotoelektrokolorimetrik metodlari juda ko`p kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining miqdorini aniqlashda qo`llaniladi. Bu metodlar yordamida tog` jinslari, rudalar, neft, tabiiy, biologik, ekologik obyektlar, sanoat mahsulotlari va boshqa obyektlar namunalari tarkibini aniqlashda foydalanish mumkin. Fotoelektrokolorimetrik analiz sanoatining turli tarmoqlarida, qishloq xo`jaligida, tibbiyotda, farmatseftikada, atrof-muhitni muhofaza qilishda va boshqa sohalarda keng qo`llaniladi. Hozirgi paytda fotoelektrokolorimetriya katta muvaffaqiyatlar bilan rivojlanib, takomillashib bormoqda. Fotoelektrokolorimetrik analizning yangi aniqlash usullari ishlab chiqilmoqda, qo`llanish sohalari kengaymoqda, yangi takomillashgan, kompyuterlashtirilgan fotoelektrokolorimetrlar yaratilmoqda. Bu metodning afzalligi u juda oddiy va tezkor bajariladi.
Fotometrik tahlilda eritmadagi moddalarning rangiga qarab, u yoki bu elementning miqdorini kuzatish yoki fotoelementlar yordamida, ya`ni yorug`lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirish hisobiga aniqlanadi. Fotometrik metod eritmaning aniqlanadigan komponentini dastlab rangli birikmaga aylantirib, so`ngra shu ma`lum qalinlikka ega bo`lgan rangli eritma qavatining optik zichligi (nur yutilishi)ni o`lchashga asoslangan. Kimyoviy bosqich, asosan metodning analitik imkoniyatlarini, aniqlikni, sezgirlikni, tanlab ta`sir etishini va analizni bajarish uchun sarflanadigan vaqtni aniqlaydi.
Fotometrik tahlil to`lqin uzunligi 180dan 1100nm gacha bo`lgan oraliqdagi elektromagnit nurlanishni tanlab yutishiga asoslangan. Usul juda ham oddiy, tezkor, yuqori sezgirlikni o`z ichiga oladi. Shuning uchun analitik laboratoriyalarda, amaliyotda juda keng foydalaniladi. Fotometrik tahlilda monoxramatik nurlanish ishlatilsa spektrofotometriya deyiladi. Bularda nurli parchalash uchun spektrda prizmalar, difraksion panjaralar va fotokolorimetrlardan foydalaniladi. Spektrofotometr usul fotokolorimetrik usulga nisbatan aniqroq va selektivroq hisoblanadi, lekin murakkabroq va qimmatbaho asboblarni tahlil qiladi. Fotokolorimetrik usul hamma analitik parametrlar bo`yicha spektrofometrik usuldan orqada turgani bilan lekin fotometrik asboblarning juda oddiyligi va arzonligi bilan afzaldir. Hamma fotometrik usular asosida Laber-Buger-Berning nur yutilish qonuni yotadi.

Yüklə 260,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə