Foydalanilgan adabiyotlar


Idrokning fiziologik asoslari



Yüklə 82,25 Kb.
səhifə5/8
tarix03.06.2022
ölçüsü82,25 Kb.
#88634
1   2   3   4   5   6   7   8
IDROKNING MURAKKAB TURLARI

Idrokning fiziologik asoslari

Idrokning nerv - fiziologik mexanizmlari sezgilar kabi reflektor jarayondir. Lekin u sezgilargi qaraganda bir muncha murakkabroq. I. P. Pavlov ta'limotiga ko'ra, tevarak - atrofdagi narsa-hodisalarning retseptorlarga ta'sir etishi tufayli hosil bo'ladigan muvaqqat nerv bog'lanishlari idrokning fiziologik asosini tashqil etadi. Bu muvaqqat bog'lanishlar narsa - hodisaning birgina xossasi bilan emas, balki barcha xossalari kompleks qo'zg'ovchilar ta'siri bilan vujudga keladi. Masalan, talaba butun bir dars jarayonida idrok qilayotganda o'qituvchini ko'radi, uning nutqini tinglaydi, yozadi. Bu kompleks qo'zg'ovchilar ko'rish, eshitish, muskul - harakat retseptorlarini qo'zg'aydi. Kompleks qo'zg'ovchilarni analizatorlarning miya po'sti bo'limidagi yadrolarida murakkab tahlil va sintez qilish amalga oshadi. Idrok jarayonida tahlil bilan bir vaqtda sintez ham ro'y beradi. SHuning uchun biz ayrim tovushlarni emas, butun so'z va iboralarni idrok qilamiz. Demak, idrokning nerv - fiziologik asosida ikkinchi signal tizimining muvaqqat nerv bog'lanishlari yotadi. Muvaqqat nerv bog'lanishlarining hosil bo'lish jarayoni sintez asosini tashqil etadi. Idrok asosida ikki xil nerv bog'lanishlari yotadi:
a) bir analizator doirasida hosil bo'ladigan bog'lanishlar. Bu bir narsadagi kompleks qo'zg'ovchilarining organizmga ta'sir etishidan vujudga keladi. Masalan, eshitish analizatoriga ta'sir qiladigan ayrim tovushlarning o'ziga xos birikishi shunday qo'zg'ovchi bo'la oladi. Musiqa tinglash, rasm ko'rish.
b) analizatorlararo bog'lanishlar. Bunda bir narsa yoki hodisadagi qo'zg'ovchilar bir necha analizatorlarga ta'sir etadi. Masalan, ko'rish, eshitish, muskul analizatorlari, ma'ruza, monolog.
Inson ayrim yorug‘ yoki rangli, tovushlar yoki aloqalarning o‘rganilmagan dunyosida emas, jismlar va shakllar, murakkab vaziyatlar dunyosida yashaydi. Inson tomonidan idrok etiladigan narsalar uning ko‘z o‘ngida yaxlit tasvirlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
«Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, lekin ular o‘rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo‘shilish natijasida ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit jismlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o‘tadilar. Shuning uchun idrokning sezgidan asosiy farqi, bizga ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya’ni, jismni barcha xossolari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat.[1]
Shunday qilib, idrok – bu jism va hodisalarni, ularning his-tuyg‘u organlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish psixik jarayoni.[1]
Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi.
Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.
Psixofiziologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, idrok tahliliy ishlarni olib borishni talab etuvchi juda murakkab jarayondir. Idrok qilish jarayoniga muntazam ravishda harakatli tarkibiy qismlar ( aniq jismlarni idrok qilishda jismlarni ushlab ko‘rish va ko‘zlar harakati; nutqni idrok qilishda mos kelgan tovushlarni kuylash va talaffuz qilish) kiritilgan bo‘ladi. SHuning uchun idrokni sub’ektning perseptiv (idrok qilinuvchi) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu faoliyatning natijasi bo‘lib, real hayotimizda to‘qnashishimiz mumkin bo‘lgan jism haqidagi yaxlit tasavvur etish hisoblanadi.[2]
Jismni yaxlit aks ettirish ta’sir etuvchi belgilarning(rang, shakl, ta’m va h.k.) yaxlit to‘plamidan, bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lmaganlardan asosiy etakchi belgilarni ajratib olishni talab etadi. Idrok qilishning ushbu perseptiv tasvirning shakllanish bosqichida tafakkur ham qantashishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Lekin idrokningkeyingi bosqichi asosiy mohiyatga ega bo‘lgan guruhlarni birlashtirishni va idrok etilgan belgilar to‘plami bilan jism haqidagi avvalgi bilimlarni taqqoslashni talab etadi, ya’ni, idrok qilish jarayonida xotira ishtirok etadi. Agar taqdim etilayotgan jism haqidagi farazni taqqoslashda, u etkazilgan axborot bilan mos kelsa jismni tanib olish sodir bo‘ladi va u idrok etiladi, agarda mos kelmasa, sub’ekt uni topmagunicha, kerakli echimni izlash davom ettiriladi.
Idrok qilishda u yoki bu jismni idrok qilish istagi, uni idrok qilish zaruriyati yoki majburiyati, yaxshiroq idrok qilishga erishishga yo‘naltirilgan iroda kuchi, bunday vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik katta ahamiyatga egadir. Real olam jismini idrok qilishda insonning diqqati va yo‘nalganligi ham qatnashadi.
Idrok qilishga bo‘lgan munosabatimiz idrok jarayoni uchun katta ahamiyatga ega. Jism bizga qiziqarli yoki biz unga befarq bo‘lganimiz uchun, u bizda turlicha his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. bizga qiziqarli bo‘lgan jism faol idrok etilishi, va, aksincha, bizga farqsiz bo‘lgan jismni sezmasligimiz ham mumkin.
SHunday qilib, idrok – bu ayni vaqtda bizga ta’sir ko‘rsatayotgan narsani bilishga qaratilgan o‘ta murakkab, shu bilan birga, umumiy jarayon.
Early in the twentieth century, a group of German psychologists noticed that when given a cluster of sensations, people tend to organize them into a gestalt, a German word meaning a "form" or a "whole." For example, look at the Necker cube in FIGURE 6.28 on the next page. Note that the individual elements of the figure are really nothing but eight blue circles, each containing three converging white lines. When we view them all together, however, we see a whole, a cube. The Gestalt psy¬chologists, who had wide-ranging interests, were fond of saying that in perception
Idrokning fiziologik asosi bo‘lib his-tuyg‘u organlari, nerv tolalari va markaziy asab tizimida ro‘y beradigan jarayonlar hisoblanadi. Nerv qo‘zg‘alishi seskantiruvchilardan his-tuyg‘u organlaridagi nerv tugunlarining markaziy proeksiyasidan iborat bo‘lgan po‘stloqning sensor sohalariga o‘tkaziladi. Proeksiya sohasi qaysi organ bilan bog‘langanligiga ko‘ra, ma’lum sensor axborot shakllanadi.
Sezgilar taklif etilgan yo‘nalish darajasida idrok qilish jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi. Idrokning fiziologik mexanizmlarining o‘zi, qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘ining proeksiyali sohalardan integrativ sohalariga o‘tganida, real dunyo hodisalari obrazlari shakllanishining tugallanishi sodir bo‘ladigan keyingi bosqichlarda yaxlit obrazning shakllanishi jarayonlarida ishtirok etadi. SHuning uchun idrok jarayonini yakunlovchi bosh miya po‘stlog‘ining integrativ sohalari, ko‘pincha, perseptiv sohalar deb ataladi. Bu sohalarning vazifasi proeksiyali sohalarning vazifasidan tubdan farq qiladi. Bu farq u yoki bu soha faoliyatning izdan chiqishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ko‘rish proeksiyali sohasining faoliyati buzilganida markaziy ko‘zi ojizlik paydo bo‘ladi, ya’ni, periferiya – his-tuyg‘u organlarining to‘liq faoliyatida odam butunlay ko‘rish sezgilaridan mahrum bo‘ladi, u hech narsani ko‘ramaydi. Integrativ soha faoliyatining zarar ko‘rishi yoki izdan chiqishida jarayon boshqacha tus oladi. Odam alohida yorug‘ dog‘larni, qandaydir sharpalarni ko‘radi, lekin ko‘rganlarini tushunmaydi. Unga ta’sir etuvchilarni anglay olmaydi, unga yaxshi tanish jismlarni ham taniyolmay qoladi. SHunga o‘xshash manzara boshqa modalliklarning integrativ sohalari faoliyatining izdan chiqishida ham kuzatiladi. Masalan, eshitish integrativ sohalarining buzilishida odamlar inson nutqini tushunolmay qoladalar.
Idrokning fiziologik asosi, uning harakat faoliyati, emotsional kechinmalar, turli tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog‘langanligi sababidan yanada murakkablashadi. Bundan kelib chiqadiki, his–tuyg‘u organlarida boshlangan tashqi seskantiruvchilar ta’sirida paydo bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishlari asab markazlariga o‘tadi, bunda ular po‘stloq sohalarini qamrab oladi, boshqa nerv qo‘zg‘alishlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. O‘zaro ta’sirga kirishgan va po‘stloqning turli sohalarini qamrab olgan bunday qo‘zg‘alishlar to‘ri idrokning fiziologik asosini tashkil etadi.
Idrokning reflektorlik asosini I.P. Pavlov ochib berdi. Uning ko‘rsatishicha, idrokning assida shartli reflekslar, ya’ni, bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida atrof-olam hodisalari yoki jismlarining retseptorlarga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan vaqtinchalik nerv aloqalari yotadi. Bunda nerv aloqalari hosil qilgan qo‘zg‘alishlarni qayta ishlashda analizatorlarning po‘stloq bo‘limlari yadrolarida tahlil qilish va sintezning murakkab jarayonlari sodir bo‘lganligi sababli, nerv aloqalari seskantiruvchilar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilish va sintez jarayonlari idrok ob’ektining atrof-muhitdan ajratib olinishini ta’minlaydilar, va shu asosda uning barcha xossalari yaxlit obrazga birlashadi.[1]
Idrok jarayonini ta’minlovchi vaqtinchalik nerv aloqalari ikki xil:biranalizator chegarasidavaanalizatorlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan turlarga ajratilishi mumkin.Birinchi turdagilari organizmga bir modallikka ega bo‘lgan ko‘p tomonlama seskantiruvchining ta’sir etishida alohida o‘rin egallaydilar. Masalan, bunday seskantiruvchi sifatida eshitish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi alohida tovushlarning o‘ziga xos uyg‘unligidan iborat bo‘lgan kuy xizmat qilish mumkin. Bu to‘plam yagona murakkab seskantiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bunda nerv aloqalari seskantiruvchining o‘ziga nisbatan javob o‘rnida emas, balki,ularning vaqtinchalik, fazoviy va shu kabi munosabatlariga nisbatan ham hosil bo‘ladi. Natijada katta yarim sharlar po‘stlog‘ida integratsiyalash yoki murakkab sintez jarayoni sodir bo‘ladi
The creators of three-dimensional (3-D) movies simulate or exaggerate retinal dis-parity by photographing a scene with two cameras placed a few inches apart (a fea¬ture we might want to build into our seeing computer). When we view the movie through spectacles that allow the left eye to see the image from the left camera and the right eye the image from the right camera, the 3-D effect mimics or exaggerates normal retinal disparity. Similarly, twin cameras in airplanes can take photos of ter¬rain for integration into 3-D maps.
Ko‘p tomonlama seskantiruvchi ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv aloqalarining ikkinchi turi – bu turli analizatorlar chegarasidagi aloqalar, ularning yuzaga kelishini I.M. Sechenovassotsiatsiyalar (ko‘rish, kinestetik, sezish va h.k.) mavjudligi bilan tushuntirgan edi. Odamda bu assotsiatsiyalar so‘zning eshitiladigan obrazi bilan birgalikda kuzatiladi, bunda idrok yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, agar ko‘zlaringizni bog‘lab qo‘yib, qo‘lingizga aylanasimon jism tutqazilsa, oldindan uni iste’mol qilish mumkinligi uqtirilsa, bunda siz uning o‘ziga xos hidini sezishingiz, tatib ko‘rishingiz, va hech qiynalmasdan, nima haqida gap ketayotganini tushunib olishingiz mumkin. Bundan, analizatorlar o‘rtasidagi aloqalar hisobiga jismlar yoki hodisalarning idrok qilinishi uchun maxsus moslashtirilgan analizatorlari bo‘lmagan xossalarini idrokda aks ettirishimiz mumkinligi kelib chiqadi (masalan, jismning kattaligi, sof og‘irligi va boshqalar).
SHunday qilib, idrok obrazini tuzishning murakkab jarayoni asosida seskantiruvchilarni yaqqol ko‘rish sharoitlari bilan jism xossalarining o‘zaro ta’sirini murakkab yaxlitlik sifatida hisobga olgan holda ta’minlaydigan ichki analizatorli va tashqi analizatorli aloqalar yotadi.



  1. Yüklə 82,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə