Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 82,25 Kb.
səhifə6/8
tarix03.06.2022
ölçüsü82,25 Kb.
#88634
1   2   3   4   5   6   7   8
IDROKNING MURAKKAB TURLARI

Idrokning turlari.

Idrokning asosiy xossalariga predmetlilik, yaxlitlik, strukturaviylik, konstantlik, anglanganlik, appersepsiya, faollik kiradi.
Idrokning predmetliligi – bu real olam jism va hodisalarini bir-biri bilan bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas, alohida jismlar shaklida aks ettirish qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma xossasi emas. Bu xossaning paydo bo‘lishi va takomillashtirilishi bola hayotining birinchi yilidan boshlab, ontogenez jarayonida sodir bo‘ladi. I.M.Sechenovfikriga ko‘ra, predmetlilik bolaning jism bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi.[1]
Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar kiradi.[1]
Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. SHunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan.
Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi. Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida qismlari bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi.[2]
Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi bilan bog‘liq. Ushbu xossa ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi haqida axborot etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi. SHunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning tuzilishini etkazib beradi.
Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, idrok qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy doimiyligiga aytiladi.Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. Yuqori darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi.
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga ko‘ringan rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning tusi esa, kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin ranglarning keskin o‘zgarishiga moslashishi, shuningdek, yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning ta’siri bilan belgilanadi.
Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik masofalaridagi jismlarning ko‘zga ko‘ringan kattaligining nisbiy doimiyligida ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo‘y o‘lchami 3,5 va 10 metr masofadan, ko‘z to‘r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga ko‘ra turlicha bo‘lsada, o‘zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning uncha katta bo‘lmagan uzoqlashish masofasida ularni idrok qilish kattaligi faqatgina ko‘z to‘r pardasidagi obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator omillar ta’siri bilan ham tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo‘lgan omillardan jismni turli masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko‘z mushaklarining zo‘riqishidir.
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r pardadagi tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi tajribadan ma’lum bo‘lgan jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi.
Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari xizmat qiladi. Aynan o‘sha jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok etilishi perseptiv obrazlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi (invariantlik, o‘zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining harakatlarini ta’minlaydi.
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. Idrok seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, sub’ektga ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. Idrokning psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi appersepsiya deb ataladi.
Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi amaliyoti katta o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va yorqinligiga muhim ta’sirga ega. CHet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan so‘zlarni bilmasdan turib, o‘z ona tilimizni, hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz etilganda ham, bexato anglaymiz.
Idrok mazmuni inson oldiga qo‘yilgan vazifa, hamda uning faoliyati motivlari, uning qiziqishlari va yo‘nalganligi bilan belgilanadi.
Appersepsiyada asosiy o‘rin idrok mazmunini o‘zgarishi mumkin bo‘lgan mayl va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi ko‘chadagi shovqinlarni eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga darhol munosabat bildiradi.
Noto‘g‘ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasiidrokillyuziyasi deb ataladi.Illyuziyalar idrokning turli ko‘rinishlarida (ko‘rish, eshitish va b.) kuzatiladi. Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo‘nalganlik, hissiy munosabatlar va h.k.lar kabi sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy holat va boshqalar kabi jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi.[1]
Idrokning anglanganligi. Perseptivobrazlar har doim ma’lum mazmun ahamiyatiga ega bo‘ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur bilan uzviy bog‘langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, avvalambor, jismni ongli idrok qilish – unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, sinfga tayinlab, ma’lum so‘z bilan bog‘lashda ifodalanadi.[1]
Idrok etiladigan axborotni anglash jarayoni struktura-mantiqiy chizma yordamida taqdim etilishi mumkin. Idrok jarayonining birinchi bosqichida axborot oqimidan rag‘batlar to‘plamini ajratib olish va ularning aynan bir xil ob’ektga tegishli ekanliklari haqida qaror qabul qilish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda ob’ektni identifikatsiyalash mumkin bo‘lgan sezgilarning belgilar to‘plamining tarkibiga yaqin yoki o‘xshash bo‘lgan sezgilarni xotirada izlash jarayoni sodir bo‘ladi. Uchinchi bosqichda idrok etilgan ob’ektni, qabul qilingan qarorni e’tirof yoki inkor etuvchi qo‘shimcha belgilarni izlash bilan birga, ma’lum darajaga kiritish jarayoni sodir bo‘ladi. Va, nihoyat, to‘rtinchi bosqichda ob’ekt bilan bir sinfga tegishli ob’ektlarga xos bo‘lgan, lekin hali idrok etilmagan xossalari bilan birgalikda, ob’ekt haqida yakuniy xulosa shakllanadi. Shunday qilib, idrok – bu ahamiyatga molik darajadagi intellektual jarayon.
Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining ko‘p sonli misollarini tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning barchasini birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl – “Neker kubi”ni ko‘ramiz.[1]
Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda yaxlit narsa uni tashkil qiluvchi miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy – korroziya metallini xlor – zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh tuzi hosil qilasiz. SHakl ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt tarkibiy qismlari miqdori emas, balki nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 1990). Idrok qilish har doim sezishdan biror jihatdan ko‘proq bo‘ladi.
SHaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z “ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar yuzini tanish darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi mumkin?
Binokulyar yo‘l-yo‘riqlar
Bizning ko‘zlarimiz bir-biridan 2,5 dyuym masofada joylashganligi sababli ularning to‘rpardalari atrof-muhit manzaralarini biroz turlicha qabul qiladi. Miya ushbu manzaralarni solishtirganda, aynan to‘rsimon nomutanosiblik (ikki manzara o‘rtasidagi farq) masofani aniqlashga yordam beradi. Agar Siz barmog‘ingizni burun uchiga deyarli tegizilgan holda ushlab tursangiz, to‘rpardalarda barmoqning 2 ta har xil aksi paydo bo‘ladi (Siz bunga rasmda ko‘rsatilgandek, navbatma-navbat bir ko‘z, so‘ngra esa ikkinchi ko‘z qisilganda va barmoqlaringiz ingichka kolbasa ko‘rinishida bukilganda bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin). Katta masofada esa, aytaylik, uzatilgan qo‘l masofasida ushbu nomutanosiblik kamroq bo‘ladi.[2]
Stereoskopik filmlarni yaratuvchilar bir-biridan bir necha dyuym (1 dyuym – 25,5 mm) masofada joylashtirilgan ikkita kamera yordamida suratga olish orqali to‘rsimon nomutanosiblikdan kuchli taassurot hosil qiladilar (xuddi shunday imkoniyatni, ehtimol, kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan kompyu­terda ham yaratishni istardik). So‘ngra ekranga ko‘zoynak yoki chap ko‘z bilan chap kameraning “ko‘rish maydoni”, o‘ng ko‘z bilan esa – o‘ng kameraning “ko‘rish maydoni”ni ko‘rish imkonini beradigan maxsus moslama orqali qaralganda, to‘rsimon nomutanosiblikning odatdagi samarasi hosil bo‘ladi. Kompyuter namunalari uchun ham ushbu samara xosdir.
Idrokning yana bir muhim xossasi – bu uning faolligi, yoki tanlab o‘tkazishi. Bu xossa bizning istalgan vaqtda faqat bir jism yoki ma’lum jismlar guruhini idrok qilishimizdan, real olamning boshqa ob’ektlari esa idrokimizning foni bo‘lib xizmat qilishidan iborat. Xuddi shunday, ma’ruza tinglab yoki kitob o‘qib o‘tirganingizda ortingizda nimalar sodir bo‘layotganiga e’tibor bermaysiz. SHunday qilib, idrok faolligi tabiati ongimiz tabiati tomonidan belgilangan.
Endi idrok turlarini ko‘rib chiqamiz. Hozirgi zamon psixologiyasiga oid adabiyotlarda idrokning tasniflanishiga doir bir qancha yondoshuvlarni keltirish mumkin. Tasniflanishlardan birining asosida idrokda ishtirok etuvchi analizatorlardagi tafovutlar yotadi. Idrokda qaysi analizator yoki modallikning ahamiyatliligiga muvofiq ravishda ko‘rish, eshitish, teri- tuyish, kinestetik, hid bilish va ta’m bilish idroklari mavjud.[1]
Odatda, idrok – qator analizatorlar o‘zaro ta’sirining natijasi bo‘lib hisoblanadi. Misol tariqasida taktil va kinestetik analizatorlar ishtirokidagi teri-tuyishidrokini aytib o‘tish joizdir. Idrok turlari sof holda juda kam uchraydi. Odatda, ularning o‘zaro uyg‘unlashib ketishi natijasida idrokning murakkab turlari hosil bo‘ladi. O‘quvchi tomonidan matn idroki ko‘rish, eshitish va kinestetik idrokni o‘z ichiga oladi



  1. Yüklə 82,25 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə