Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 82,25 Kb.
səhifə7/8
tarix03.06.2022
ölçüsü82,25 Kb.
#88634
1   2   3   4   5   6   7   8
IDROKNING MURAKKAB TURLARI

Idrok xususiyatlari.

Idrok uziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xissiy bilishning sifat jixatidan yangi boskichidir. , yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi, konstantligi va anglanganligi uning eng muxim xususiyatlaridandir.
Idrokning predmetligi ob’yektivlash deb atalgan vaqtda,ya’ni tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni shu olamning o’ziga qaratishla ifodalanadi.Idrokningsh predmetliligi tug’ma sifat xisoblanmaydi.sub’yektga olamning predmetligini ochib berishni ta’minlaydigan ma’lukm harakatlar sistemasi mavjuddir.Pedmetlilik idrokning sifati tarzida ish-harakatlarni boshqarishda alohida rolь o’ynaydi. Tashqi olamdan olingan ma’lumotlarni ana shu olamning o’ziga solishtirib ko’rish idrok obrazining real predmetlarga adekvat (mos) ekanligini nazorat qilishni ta’minlaydi.
Idrokning yana boshqa xususiyati uning yaxlitligidir.Idrok sezgi a’zolariga ta’sir qiluvchi narsalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib,narsalarning yaxlit obrazidir. O’z-o’zidan ravshanki, bu yaxlit obraz xar –xil modeldagi sezgilar orqali olingan narsalarning ayrim xususiyat va sifatlari xaqidagi bilimlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Idrokning yaxlitligi uning ma’lum tartibda tuzilganligi bilan bog’liqdir. Idrokning yaxlitligi va ma’lum tartibda tuzilganligining manbai, bir tomondan,odamning narsalar bilan amalga oshiradigan faoliyatidir. I.M.Sechenov idrokning yaxlitligi va ma’lum tartibda tuzilganligi analizatorlar reflektor faoliyatining natijasidir deb ta’kidlagan edi.
Idrokning yana bir xususiyatikonstantligidir.Idrokning konstantligi deganda biz idrok qilish natijasida ongimizda hosil bo’lgan obrazning real voqeylikdagi bizga ta’sir etib to’rgan narsaning tabiiy holatiga har jihatdan mos, ya’ni teng bo’lishini ta’minlaydi.
Idrokning yana bir xususiyati kuzatuvchanlik bo’lib biz idrokning ixtiyoriy turi bilan bog’liq bo’lgan maxsus kuzata bilish qobiliyatini tushunamiz Kuzatuvchanlik qobiliyati deb, oldindan belgilangan aniq maqsad asosida sistemali tarzda qila bilishga aytiladi.
Illyuziya shu lahzalarda shaxsning sezgi a’zolariga ta’sir etib to’rgan biror narsani yanglish, noto’g’ri idrok qilish jarayoni bo’lsa, gallyutsinatsiya yo’q, mavjud emas narsalarni «tashqi taassurotsiz» idrok qilinishidir. Masalan, yo’q narsalarning ko’zga bordek ko’rinishi, yo’qovozlarning quloqqa eshitilishi, yo’q hidlarning dimoqqa urilishi va hokazolar gallyutsinatsiyaning mahsuli bo’lib hisoblanadi. Gallyutsinatsiya shaxsming biror narsa va holatni ko’rgandek, eshitgandek, ushlagandek, hid bilgandek kabi tasavvurlarning aks etishidir, xolos. Gallyutsinatsiya hodisasi ko’pincha kasallikdan (isitma, alahlashdan) darak beruvchi alomatdir, u nerv sistemasini buzadigan kasalliklarning oqibatida ro’y berishi mumkin.
Galyutsinatsiya- yo’q narsalarni tashqi ta’sirotsiz idrok qilishdir. Yo’q narsaning ko’zga bor ko’rinishi, yo’q ovozning quloqqa eshitilishi galyutsinatsiyadir.
Idrokni sezgilarga nisbatan yana bir murakkab tomoni shundaki, har bir predmet, voqea va hodisa modiy borlik formasi bo’lgan makon va zamon bilan bog’liq holda qabul qilinadi. Chunonchi moddiy borlikda mavjud bo’lib, odam tomonidan idrok qilinayotgan narsa va xodisalar hamda vaqt makon va zamon jihatidan bir-biri bilan bog’liq bo’ladi. Demak, odam har bir predmetni idrok qilganda uning fazodagi formasini (kub, uchburchak, doira), katta-kichikligini (katta, kichik, mayda) munosabatlarini (boshqa predmetlarga va idrok qiluvchiga nisbatan) hisobga oladi. Ikkinchidan, hari predmet idrok qilinganda uning paydo bo’lish va o’zgarib borish jarayonlariga e’tibor beriladi.
Attraksiya insonni (o’zi bilan o’zga o’rtasidagi munosabatda namoyon bo’lib) o’ziga , qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo’zg’atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko’rinish, istarasining issiqligi; 2) sub’yektga nisbatan rishtasiz bog’lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o’xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi — bu yaqqol ko’rinish (yasnovideniye) deb atalib, voqealik, holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko’rish, yaqqol g’oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagiqa yaqqol ko’rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namoyon bo’lishi mumkin, xolos. aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko’rishlik bilish sub’yektining , o’zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo’lmasdan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko’rish imkonining yuksakligi, aniqligi kishini hanuzgacha hayajonga soladi
Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar va sharoitlarda namoyon bo’lishidir. Idrokiing muhim xususiyatlaridan biri — bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda, insonning idrok qilish faoliyati uning o’zlashtirilgan bilimlari, to’plangan tajribalari, shuningdek, , sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo’lgai o’quv fani mohiyatiga bog’liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotpshining o’zaro mosligini aniqlash singari bosqichmabosqich o’zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko’pqirrali ko’pyoqlama alomatlardan idrok qilish bilan cheklaiib, chegaralanib qolmasdan, balki o’sha majmua aniqjism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jismlarning o’ziga xos xususiyatlariii belgilash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki mazkur narsalarni ma’lum ma’noviy qismlarga ajratadi. Jumladan, «soat», «bino», «hayvonot» va hokazo.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko’mir yorurlikda yog’du sochadi, oq qog’ozdan ko’proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora» va «oq» deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’yektiv taassurotlarga nisbatan o’zgartishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok jarayoni inson oldida to’rgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko’rsatmaga) uzviy bog’liqholda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir. Shuning uchun insonni idrok qilish (perseptiv) faoliyatida ongli boshqariluv imkoniyati mavjud bo’lib, analitik, sintetik, harakatlar negizida verbal orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi , aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog’likdir. Lekin to’g’ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo’lmog’i lozim: 1) sub’yektning aks ettirishi zarur bo’lgan narsalar yuzasidan avvalgi uquvi, tasavvurlarining ko’lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism fan, voqelik, muammo o’rganilishi bilan bog’liq bo’lgan maqsad, maqsad qo’ya olish; 3) perseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o’zaro uyg’unligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’yekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o’rab to’rgan boshqa narsa jism yoki hodisalarga nisbatan ob’yekt , ob’yektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokniig sifati ob’yektning fondan tez to’liq va aniq ajratib olish bilap belgilanadi.
Idrok qo’zg’atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha uning hamma xususiyatlari bilan birga aks ettiradi. Shummsh uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidai iboratdir, degan xulosa
Chiqarib bo’lmaydi. Idrok o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan hissiy bilishning sifat jihatdan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrok jarayonlarining faolliligimizga, ob’yektga munosabatimizga bevosita bog’liqligini kurasatib turibdi. Ikkinchidan, idrok bizning kayfiyatimizga xam bog’liq.
yukoridagilardan kelib chikib, shaxs idrok qilishi jarayonlariga xos bo’lgan bir nechta qonuniyatlarini belgilaymiz.
A) figura va fonning ilgarigi harakatga bog’liqligi qonuni.
Bu qonunning ma’nosi: odam ilgarigi tajribasida bo’lgan, bevosita tuknash kelgan narsalarini idrok qilishga moyil bo’ladi. Agar biror predmetni u ilgari figura sifatida idrok qilgan bo’lsa, demak, keyingi safar xam uni aynan figuraday idrok qiladi, agar fon bo’lgan bo’lsa, tabiy, fonday kabul qiladi. Bu qonunning hayotdagi urni chet davlatlarda borgan turislar tajribasiga tayanib tushuntirilishi mumkin. Uzbekistonliklar Yer kurrasining kaysi burchagida bo’lmasin uzbek duppisi yoki atlas kuylakni juda tez ilgab oladilar va suyunib ketadilar xam. Yonidagi sheriklari uzbek bo’lsa xam, aynan duppili uzbekni kurib, ko’zlari yashnab ketadi, masalan, nigeriyalik xam milliy kuylagida to’rgan bulishi mumkin, lekin uzbek turist uchun bu kiyim fon edi, fonligicha koladi xam.
B)Idrokning konstantligida, ularni uzimiz «tugrilab» aloxida predmetlar sifatida idrok qilaveramiz.
Demak, idrokimizning konstantligi, ya’ni ilgarigi tajriba asosida narsalarning xossa va xususiyatlarini uzgartirmay, turgun xolda yaxlit tarzda idrok qilish xususiyati bizga tashqi muxitda tugri muslashuvimiz, narsalar dunyosida adashmasligimizni ta’minlaydi. konstantlik – «konstanta» suzidan olingan bglib, uzgarmas, doimiy degan ma’noni bildiradi.
V) Kutishlar va taxminlarning idrokka ta’siri. Ko’pincha bizning idrokimiz Ayni paytda biz nimalarni kutayotganimizga bog’liq bo’lib koladi. Biz uzimiz kutganda xam kup paytlarda uzimiz kurgimiz kelgan narsalarni kuramiz, eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. Masalan, sonlar katorida paydo bo’lgan V xarfi uzoqdan albatta 13 , yoki aksincha xarflar orasidagi 13 «v» ga uxshaydi. Kechasi yolg’iz kolib kimnidir kutayotgan bo’lsangiz, xar kanday juda sekin sharpa xam oyok tuvushlariga uxshayveradi. Sogingan dustingizga biror jixati bilan uxshash bo’lgan odamni kursangiz-chi. Shunday qilib, inson idroki shaxsiy ma’no va axamiyat kasb etgan ma’lumot vositasida ongdagi bushlikni tuldirishga harakat qiladi. Birovning orqadan chakirishini kutayotgan bo’lsangiz, negadir albatta, bosh xarfi tugri kelgan ismni aytsa xam tezginada usha tomonga o’girilib qaraymiz. Aynan shunday xodisalar ba’zan idrokdagi xatoliklarning kelib chqkishiga olib keladi.
G) O’zgarmas ma’lumotning idrok qilinmasligi qonuni. Bu qonunning moxiyati shundaki, muntazam ta’sir etuvchi ma’lumot ongda uzoq ushlab turilmaydi. Masalan, utirganningizda soatning tiqqillashini eshitganmisizk xa, tovush eshitiladi, lekin ma’lum vaqt o’tgandan so’ng go’yoki u yo’q bo’lib qolganday – eshitilmaydi. Yoki eksperiment sharoitida yolg’iz bitta nutqdagi yoruglik manbai kuziga ta’sir etilib, kuz xam shunukta bilan bir vaqtda xarkatga keltirib turilganda, 1-3sekunddan sung odam yorug’lik manbaini kurmay qo’ygandek. Shunga uxshash eksperimentlar barcha idrok turlarida ham sinalgan. Past oxangli kuy xam ma’lum vaqtdan keyin eshitmagandey xisni keltirib chikarishini sinab ko’rishingiz mumkin.

D) Anglanganlik qonuni. Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning anglanganligi, uning zarurati va ma’nosi katta axamiyatga ega bo’ladi. Agar biz kuzatayotgan predmet, eshitayotgan nutq yoki xis qilayotgan narsamiz ma’nonsiz, tushunarsiz, noaniq bo’lsa, biz juda tez charchaymiz va tolikamiz. Masalan, xitoy tilini bilmaydigan odam shu tilda so’zlashuvchilar , psixologik jixatdan juda kiynaladi. Ya’ni, bizga barcha narsalarda biror ma’no va mazmun kerak. Odam odatda tushunadigan narsasinigina idrok qiladi. Xattoki, ma’ruzachining butun tushuntirayotgan ma’ruzasidagi faktlar sizning tushunchalariningiz va bilimdoirangizdan uzoq bo’lsa, professorga qarab o’tirgan bo’lsangiz ham uning gaplari qulog’ingizga kirmaydi.

Y) Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Biz idrok jarayonida ilgarigi tajribaga tayanganimiz bilan ko’pincha adashamiz, ba’zan esa uzimiz uni yangiliklar ochib, tajribani yanada boyitamiz. Ilgarigi tajriba va kelajakni bashorat qilish insonga xos xususiyat bo’lib, bizning sezgi organlarimiz orqali keladigan ma’lumotlarning kulami va imkoniyatlarini yanada oshiradi. Shu nuktai nazardan olib qaralganda, idrok – tashqi muxit tugrisidagi taxminlarimizni isbot qilishga qaratilgan faol jarayondir.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda shaxs tevarak-atrofdagi narsa hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi. Sezgi organlariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalarning obrazlarining kishi bir butun holda aks ettirishi idrok deyiladi. Masalan: uyni idrok qilish, gulni idrok qilish, odamni idrok qilish va boshqalar. Sezgi va idrok bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki, narsa va xossa bir-biridan ajralmas bo'lganligidan sezgi va idrok ham bir-biridan ajralgan holda voqea bo'lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmok qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. Quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.


1. Idrokning murakkabligi. Sezgilar oddiy elementar psixik jarayondir. Idrok esa sezgilarga qaraganda murakkab psixik jarayon hisoblanadi. Idrokning murakkabligi quyidagilarda ifodalanadi: Har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, qovunni idrok qilish. Bunda quyidagi sezgilar ishtirok etadi qovunning shakli va rangini aks etgiruvchi ko'rish sezgisi, hidini aks ettiruvchi hid sezgisi, mazasinn aks ettiruvchi ta'm sezgisi, harakatni aks etgiruvchi teri sezgisi va boshqalar. Bu sezgilar taxlil yordamida ajratib olinadi va idrokning reseptiv tomonini tashkil etadi. Ular ishtirokida narsaning barcha xossalari bir butun holda aks ettiriladi.
Bu esa idrokning perseptiv tomonini tashkil etadi.

2. Har bir idrok tarkibiga kishining o'tmishda hosil qilingan bilim va tajribalari kiradi. Biz bunday shakl buyumlarni ilgari juda ko'p marta ko'rganmiz. Ular haqida muayyan bilimlarimiz bor. Shuning uchun bu shakllardagi yetishmagan joylarni o'sha bo'limlardan olib qo'shamiz va bir butun aks ettiramiz. Demak, idrok jarayonita xotira faoliyati qo'shiladi.


3. Idrok tarkibiga xayol tasavvurlari kiradi. Masalan: derazadagi qirovni idrok qilib, tropik o'rmon yoki gullarga o'xshatish, kesib olingan daraxt to'nkasini idrok qilib biror yovvoyi hayvonga o'xshatish, osmondagi para-para suzib oq bulutlarni idrok qilib, to’plab kuyilgan paxtaga o'xshatish va boshqalar.


4. Idrok tarkibiga tafakkur va nutq faoliyati kiradi. Agar idrok-qilinayotgan narsa yoki hodisa biz uchun yangi notanish bo'lsa, darrov fikr yuritish faoliyati boshlanadi va "bu nima",


"buning nomi nima " degan savol tug'iladi. Shuningdek, har bir idrok hukm shaklida ifodalanadi. Ya'ni narsa yoki hodisaga nom beriladi, uni so'z bilan aytiladi mavjud tushuncha doirasiga kiritadi. Masalan: "bu gul", bu mashina, "bu kitob" va boshqalar,
5. Idrok jarayoniga his-tuyg'ular ta'sir qiladi. Bu his-tuyg'ular idrok qilinayotgan narsa hodisalar tug'risida o'tmishda tug'ilgan taassurotlar va fikrlardan hamda ayni paytdagi idrok jarayonidan vujudga kelishi mumkin. His-tuyg'ular idrokning aktivlik darajasini kuchaytiradi, uning mazmunini jonli, erkin qiladi.

6. Idrok jarayonida diqqat g'oyat katta ahamiyatga ega. Diqqat idrokning aktivligini oshiradi va uning mukammal bo'lishiga xizmat qiladi. Diqqatsiz hech narsani idrok qilish mumkin emas.


Narsa-hodisalarni to'liq, va raso idrok qilish uchun shu narsa-hodisa ular ustida diqqat kuchli va barqaror turish zarur. Demak, o'quv materialini yaxshi qilish uchun o'quvchilar diqqatiga e'tibor brish kerak.



Yüklə 82,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə