Foydalanuvchilar uchun book recommendation tizimini yaratish



Yüklə 19,44 Mb.
səhifə4/19
tarix11.12.2023
ölçüsü19,44 Mb.
#147708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
BIM gulzoda

Mavzuning dolzarbligi:.Respublikamizda kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarning bir kichik usuli sifatida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xizmat ko‘rsatish turlarini yaxshilash, foydalanmoqchi bo’lgan kitobini tez va oson topish, maqsadida yaratilayotgan kitob tavsiya tizimimiz ahamiyatli hisoblanadi.Ma’lumki,hamma kutubxonalarda ham xizmat ko‘rsatish bo‘limida kutubxonachi fonddagi hujjatlar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmaydi.Foydalanuchi hujjat nomini yoki muallifini aytmasa ham aynan foydalanuvchiga kerakli sohadagi hujjatlar bilan tanishtirib chiqish aynan shu tizimda qo‘l keladi.
Ishning maqsadi va vazifalari: Foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimini yaratish orqali foydalanuvchilarga masofadan turib kitoblarni tez va qulay topib foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib Bitiruv malakaviy ishning vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • Kitob tavsiyasi tizimi va uni yaratish usullari tahlil qilish;

  • Foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimini yaratish axborot modeli va algoritmlarini yaratish;

  • Foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimini tadbiq qilish.

Ishning tuzilishi va tarkibi: Bitiruv malakaviy ishi kirish, to`rtta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan borat.
Birinchi bobda “Foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimini yaratish” tahlili ko‘rib chiqiladi. Foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimining boshqa tizimlardan farqli jihatlari o‘rganilib chiqiladi va Jahon kutubxonalarida kitob tavsiya qilish tizimlarini yaratish tahlil qilinadi.
Ikkinchi bobda “Foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimini yaratish” ning axborot modullari va algoritmlari yaratiladi.Yaratilgan modul va algoritmlarning har bir qismga tasnif beriladi.
Uchinchi bob “veb saytning tizimli tadbiqi” deb nomlanadi. Unda saytning qaysi dasturda tuilganligi haqida ma`lumot beriladi. Saytning yaratilish ketma-ketligi ko`rsatiladi va saytdan foydalanish yo`riqnomasi keltiriladi.
To‘rtinchi bob “hayot faoliyati havfsizligi va ekologiya” deb nomlangan.Ushbu bobda mehnatni muxofaza qilish qonuniyatlari asoslari hamda ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarni oldini olish masalalari yoritilgan.
Xulosada ushbu bitiruv malakaviy ish davomidagi yakuniy xulosalar bayon etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatida bitiruv malakaviy ishini yaratishda foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlar ro`yhati keltiriladi.


Yüklə 19,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə