Foydali qazilmalarni flotatsiya usulda boytish Reja



Yüklə 23,07 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü23,07 Kb.
#133507
1   2
Foydali qazilmalarni flotatsiya usulda boytish Flotatsiya

Faollashtiruvchilar-minerallarning flotatsion qobilyatini yaxshilash maqsadida ishlatiladi. Bularga mis kuporosi, sulfat kislota,erituvchi sulfidlar ishlatiladi.
Ko’pik hosil qiluvchilar- yetarli darajada mustahkam uchmaydigan ko’pik hosil qiladigan sirt aktiv moddalarga aytiladi. Amalda ko’pik hosil qoiluvchilar sifatida krezil kislotasi koks sanoatida olinadi. Uchta aromatic spirt fenol,krezol ksilenol larning aralashmasidan iborat. Og’ir priding koks sanoatida olinadi.aktiv qismi bo’lib xinolin hisoblanadi.
Muxit regulatorlari- minerallarning flotatsiyasida ketayotgan muxitni ishqoriyligini o’zgartirishda ishlatiladi. Muxitning ishqoriy yoki kislotali xossalaripH ko’rsatgich yoki vodorod gidroksil ionlar konsentrarsiyasi bilan xarakterlanadi Kislotali muxitda vodorot ionlar konsentratsiyasi gidroksil ionlar konsentratsiyasidan kata ishqoriy muxitda esa buning teskarisi bo’ladi. Kislotali muhitda pH<7; ishqoriy muhitda pH>7; neytral muhitda pH=7 bo’ladi.

Flotatsiya jarayoniga tasir etuvchi omillar
Flotatsiya universal va yuqori ko’rsatgichlargaerishi mumkin bo’lgan jarayon bo’lib uning borishiga turli xil omillar tasir qiladi.Daslaqi maxsulotning yirikligi,mineral tarkibi, bo’tana zichligi, harorat, reagent tartibi,suvning tarkibi, flottsiya vaqti, bo’tananig mashinadagi aeratsiyalanish vaqti kabi bir qator omillar tasir qiladi.
Flotatsiyaning samarali ketishiga flatasion mashinanig ishlash prinsipi, sharoiti ham tasir qiladi. Mashinaga tushayotgan bo’tananig hajmiva undagi qattiq zarrachalarning massa ulushi (zichligi) doimiy bo’lishi kerak.Mashinaga ko’p maxsulot yuklash metalni boyitmaga chiqishini kamaytiradi, chunki flotatsiya vaqti kamayadi. Mashinaga yetarli miqdorada maxsulot yuklash aksincha flotatsiya vaqti ortadi va puch tog’ jinslari o’tib ketib boyitmqa sifati pasayib ketadi.
Flotatsiya mashinalar tasnifi
Flotatsiya mashinalari 3 turga bo’linadi.
Mexanik
Pnevmatik
Pnevmomexanik
Mexanik flotatsiya mashinalardabo’tanani aralashtirish,havonimayda pufakchalarga ajtatish va atmosferadan havoni so’rish impeller (maxsus konstruksiyaga ega aralashtirgich)yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmatik flotatsion mashinalar bo’tanani havoga to’yitirish va uni aralashtirish havo puflovchi moslama orqali beriladigan siqilgan havo yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmomexanik mashinalarda havo aerotlardan beriladi, bo’tanani aralashtirish va havoni mayda pufakchalarga parchalash impeller orqali amalga oshiriladi.

Zamonaviy flotatsiya quyidagicha olib boriladi: o‘ta maydalangan ruda bo‘tana holda flotoreagentlar deb nomlanuvchi, organik yoki noorganik moddalar bilan ishlov beriladi (qattiq zaralarning yuza xossalarini kuchaytirish maqsadida), so‘ng flotomashina dastgohlarida shiddatli aralashtiriladi va flotomashinaga har xil usullar bilan havo


pufakchalari yuboriladi. Flotatsiya usulida boyitish rangli va noyob metallarni, appatitli, fosforitli, baritli, grafitli va flyuoritli rudalarni boyitishda ishlatiladi.
Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahsulotning flotatsion xossasiga, boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bog‘liq.
Ko‘p hollarda bitta flotatsiya operatsiyasi natijasida oxirgi boyitma va tashlab yuboriladigan chiqindi olishga erishilmaydi. Shuning uchun, flotatsiya sxemalari bir nechta flotatsiya operatsiyalaridan tashkil topadi: asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi va nazorat flotatsiyasidir.

Asosiy flotatsiya – foydali komponentni puch tog‘


jinslaridan ajratish maqsadida o‘tkaziladi. Natijada xomaki boyitma va chiqindi olinadi.
Tozalash flotatsiyasi – xomaki boyitmaning sifatini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladigan flotatsiya operatsiyasi.
Nazorat flotatsiyasi – chiqindi tarkibidagi foydali komponentni yana bir bor ajratib olish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiya.
Mahsulotni ma’lum yiriklikkacha yanchib, keyin flotatsiyalash operatsiyasini o‘z ichiga olgan texnologik sxemaning bir qismi flotatsiya bosqichi deb aytiladi.
Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarrachalarning o‘lchamiga qarab bir yoki ko‘p bosqichli – flotatsion sxemalar ishlatiladi.
Qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki bir nechta tayyor maqsulotlar olinadigan flotatsiya flotatsiya sikli deb aytiladi.
Foydali komponentlarning ajralish ketma-ketligiga qarab, polimetall rudalarni boyitishda kollektiv, selyektiv va kollektiv-selyektiv flotatsiya sxemalari mavjud bo‘ladi.
Agar oxirgi boyitmaga birato‘la bir nechta mineral ajralsa, bunday flotatsiya kollektiv flotatsiya deyiladi (masalan, mis–rux–qo‘rg‘oshin, mis–molibden, mis–pirit, qo‘rg‘oshin–rux
va boshqalar).
Agar rudadan qimmatbaho komponentlar ketma-ket ajratib olinsa, bunday flotatsiya selyektiv flotatsiya deyiladi (masalan, mis va rux, qo‘rg‘oshin va rux, mis va molibden va boshq.)
Kollektiv-selyektiv flotatsiyada hamma foydali komponentlar avval kollektiv boyitmaga ajraladi, keyin esa undan
alohida minerallar flotatsiyalanadi.
Bir bosqichli flotatsiya sxemalari bo‘yicha shelitli, flyuoritli, baritli rudalar boyitiladi. Bu rudalarni boyitish sxemalarida tozalash va nazorat flotatsiyalarining soni turlicha bo‘ladi.
Bunday rudalarni avval dag‘al yanchib foydali minerallarning bir qismini yanchish jarayoniga o‘simtalardan ajragan, nisbatan yirik zarrachalar shaklida tayyor konsentratga
ajratishga imkon tug‘iladi. Polimetall rudalar mineral tarkibi va metallning miqdoriga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruh – rangli metallar miqdori yuqori bo‘lgan, yaxlit sulfidli rudalar. Bu rudalar asosan qo‘rg‘oshin, mis va temir sulfidlaridan tashkil topgan. Sulfidlarning umumiy miqdori 75–90 %, rangli metallarning miqdori 6–15 %. Bu guruhdagi rudalarni boyitishda selyektiv flotatsiya sxemasi qo‘llaniladi.
Flotatsiya chiqindisini tarkibida yetarli darajada boy bo‘lgan oltingugurt bor va sulfat kislota ishlab chiqarish sanoati uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Shuning uchun to‘g‘ri selyektiv flotatsiya sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi guruh – rangli metallar miqdori kam va oltingugurtning miqdori yuqori bo‘lgan sulfidli rudalar. Rudalarning bu guruhiga ko‘pchilik mis–ruxli, piritli rudalar kiradi.
Mis–ruxli piritlardagi misning miqdori 1–2 %, ruxning
miqdori esa 1–2,5 %.
Bu guruhlardagi rudalarni boyitishning eng samarali usuli boy piritli chiqindi olinuvchi mis va rux sulfidlarini dastlabki kollektiv flotatsiyalash hisoblanadi.
Rudada oltingugurtning miqdori kam bo‘lganda, kollektiv flotatsiya chiqindisi oltingugurtning miqdori bo‘yicha talabga javob bermaydigan hisoblanadi. Shuning uchun barcha sulfidlarni dastlabki kollektiv flotatsiyalash sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi guruh – rangli metallarning miqdori yuqori va
ora-sira joylashgan polimetall rudalar. Bu guruhga foydalanilayotgan qo‘rg‘oshin, ruxli va mis–ruxli konlarning rudalari kiradi. Bu turdagi rudalarda mis, qo‘rq‘oshin va ruxning umumiy miqdori 8–15 %gacha yetadi.
Foydali minerali yirik va ora-sira joylashgan rudalar to‘g‘ri selyektiv flotatsiyali sxema bo‘yicha boyitiladi..
To‘rtinchi guruh – rangli metallarning miqdori kam
bo‘lgan va ora-sira joylashgan rudalar. Rangli metallarning umumiy miqdori qoidaga ko‘ra 3–4 %dan ortmaydi, ba’zi hollarda esa 2 %. Piritning miqdori ba’zan 30–40 %ga yetadi.
Bu guruhdagi rudalarni boyitishda iqtisodiy shartlar bo‘yicha dastlabki kollektiv flotatsiya sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiq.
Polimetall rudalarni boyitish ko‘pincha uning tarkibiga qarab, ikki, uch va undan ko‘p boyitmani ajratib olishdir.
Misol tariqasida mis–qo‘rg‘oshin – ruxli rudalarni ko‘rib chiqaylik.
Bu rudalar polimetall rudalar bo‘lib, qiyin boyitiladi.
Polimetall rudalarning murakkabligi va xilma-xilligi shundaki, ularning tarkibida sulfidli minerallar (sfalerit, xalkopirit)dan tashqari ikkilamchi sulfidli mis minerallari (bornit, kovellin,xalkozin), oksidli mis, qo‘rg‘oshin minerallari va pirit bo‘ladi.
Mis–qo‘rg‘oshin–rux piritli rudalarni boyitishda uch xil ko‘rinishdagi texnologik sxemalar qo‘llaniladi: to‘g‘ri-selyektiv, kollektiv-selyektiv va qisman kollektiv-selyektiv.
To‘g‘ri selyektiv flotatsiya sxemasi bo‘yicha avval galenit va sfaleritni sulfit kislotasi bilan so‘ndirilib, mis minerallari flotatsiyalanadi. Keyin ohak va sianid bilan sfalerit va pirit so‘ndirilib galenit flotatsiyalanadi. Keyin sfalerit mis kuporosi bilan faollashtirilib, ruxli flotatsiya o‘tkaziladi, ruxli flotatsiya chiqindisidan pirit flotatsiyalanadi. To‘plovchi sifatida ksantogenatlar ishlatiladi.
Kollektiv-selyektiv sxemasi bo‘yicha avval ksantogenat yordamida galenit, sfalerit xalkopirit va pirit kollektiv boyitmaga ajratiladi.
Kollektiv boyitma rux kuporosi va sianid bilan sfalerit va piritni so‘ndirib mis–qo‘rg‘oshinli flotatsiyaga jo‘natiladi. Keyin mis–qo‘rg‘oshinli boyitma seleksiyalanadi.
Bunda yo mis minerallarini so‘ndirib galenit flotatsiyalanadi yoki galenitni so‘ndirib, mis minerallari flotatsiyalanadi. Mis–qo‘rg‘oshinli flotatsiya chiqindilari ketma-ket ruxli va piritli flotatsiyaga uchratiladi va shu kondagi boyitmalar olinadi.
Qisman kollektiv-selyektiv sxemada kollektiv boyitmaga faqat mis va qo‘rg‘oshin sulfidlari o‘tadi. Mis–qo‘rg‘oshinli flotatsiya chiqindilaridan sfalerit va keyin pirit flotatsiyalanadi.
Mis – qo‘rg‘oshinli boyitmani ajratishda mis minerallarini samarali so‘ndiruvchi reagent, sianid hisoblanadi. Sianidning konsentratsiyasi ortib ketganda hamda rudada sianidli eritmada yaxshi eruvchi ikkilamchi mis minerallarining mavjudligi natijasida bo‘tanada katta miqdorda mis ionlari hosil bo‘ladi va ular mis–qo‘rg‘oshinli boyitma ajralishini buzadi. Shuning uchun jarayonni barqarorlashtirish uchun sianidga natriy sulfidi, sulfiti yoki tiosulfat natriyi qo‘shib ikkilamchi mis sulfidlarining zararli ta’siri susaytiriladi.
Yüklə 23,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə