Foydali qazilmalarni qayta ishlash va


Kapital transheyaning uzunligi (m) uning qiyaligi va chuqurligining ko’paytmasiga teng



Yüklə 49,5 Kb.
səhifə3/5
tarix27.05.2023
ölçüsü49,5 Kb.
#113558
1   2   3   4   5
Kapital Transheyalar hajmini aniqlash

Kapital transheyaning uzunligi (m) uning qiyaligi va chuqurligining ko’paytmasiga teng:




Kapital transheyalarning qurilish hajmi bir necha yuz ming metr kubni tashkil qiladi. Transheyaning hajmi uni mexanizatsiyalash, texnologiyasi va o’tish vaqtiga bog’liq. Kapital transheyalarning joylashuviga ko’ra karyerning oxirgi konturiga qarab ular tashqi joylashgan va ichki joylashgan bo’ladi Tashqi joylashgan transheyalar karyer konturidan tashqarida bo’ladi. Ichki transheyalar karyerning ichki konturida bo’ladi. Ichki joylashgan kapital transheyalar ishchi va ishchi bo’lmagan bortlarda joylashadi. Uning gorizonti qazish boshlanishidan keyin kapital transheya simmetrik bo’lmagan ko’rinishga keladi. Kapital transheyaning ichki joylashuvida karyer bortining joylashuvi bilan transheya ham o’z joylashuvini o’zgartiradi va siljuvchi syezd deb ataladi.

Qirqim transheyalar – gorizontal ochiq kon lahimlari (kam hollarda bo’ylama qiyaligi 5-10 ‰, bu suv oqishi uchun qilinadi), ular ochilgan kon lahimlarini qazib olishga tayyorlashga xizmat qiladi, ya’ni pog’onalarda ish frontini hosil qilish uchun. Pog’onani qazib olish qirqim transheyaning bir yoki ikkala bortini qazib olish bilan boshlanadi. Shu sababli qirqim transheya – bu pog’onani qazib olishning birinchi davrigacha mavjud bo’ladigan vaqtinchalik kon lahimi. Qirqim transheya kapital transheyaning shu gorizontni ochuvchi davomi hisoblanadi va karyer konturlari ichida o’tkaziladi Tik qiya kon uyumlarini qazib olishda qirqim transheya konning yotishiga parallel holda o’tkaziladi. Qirqim transheyaning asosining kengligi transheya o’tilgandan keyin birinchi qazilma hosil qilingan davrgacha transportlarning erkin joylashuvini ta’minlanishi bilan o’lchanadi. Uning bortlari qiyalik burchaklari tog’ jinsining fizik-texnik xususiyatlariga ko’ra ishchi pog’onaning qiyalik burchagiga teng bo’ladi.

Agar qirqim transheyaning bir borti karyerning ishchi bo’lmagan bortining qismi bo’lsa, unda bort qiyalik burchagi ishchi bo’lmagan bort qiyaligiga teng bo’ladi.


Yüklə 49,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə