Fundamental



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

Moyli emulsiyalar
 esa suyuq moylar – kanakunjut moyi 
(oleum Ricini)
, bodom moyi 
(oleum 
Amygdalarum)
,  baliq  moyi 
(oleum  jecoris  Aselli)
  va  boshqalardan  tayyorlanadi.  Ularni 
tayyorlashda agregat barqarorlikni ta‘minlovchi maxsus emulgatorlardan (moyni juda mayda 
zarrachalarga  parchalash  uchun)  foydalaniladi.  Emulgator  sifatida  arab  yelimi 
(Gummi 
Arabicum)
,  tragakant  yelimi 
(gummi  Tragacanthae)
,  jelatoza 
(Gelatosa),
  tovuq  tuxumi 
sarigʻi 
(vitellum ovi)
 ishlatiladi. Yaxshi emulsiya hosil qilish uchun 
2 qism
 suyuq moyga, 

qism
 emulgator va 
17 qism
 suv (2:1:17) qoʻshiladi.  
Agar, retseptda yogʻ miqdori koʻrsatilmasa emulsiya 1:10 nisbatda tayyorlanadi. 
Ichishga moʻljallangan emulsiyalar qoshiqlarda beriladi. Emulsiyalar turgʻun boʻlmaganlik-
lari uchun 12 marta qabul qilish uchun yoziladi. 
Moyli emulsiyalar retseptda kengaytirilgan va qisqartirilgan shaklda yoziladi. 
Retseptga  misol.
  Tarkibida  20  ml  treska  baligʻi  moyini  saqlovchi  200  ml  emulsiya  yozib 
berilsin. Kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilish buyurilsin. 
Kengaytirilgan shakl: 
Rp.: Olei jecoris Aselli 20 ml 
        Gelatosae 10,0 
        Aquae destillatae ad 200 ml 
        M.f. emulsum  
        D.S. kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilinsin. 
Qisqartirilgan shakl:
 
Rp.: Emulsi Olei jecoris Aselli 20 ml – 200 ml 
        D.S. kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilinsin. 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə