Fundamental



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

TINDIRMA (Tinctura) 
Tindirma bosh kelishik birlik sonda – 
Tinctura
,  
qaratqich kelishik birlik sonda – 
Tincturae

Tindirmalar  deb  oʻsimliklardan  tayyorlangan,  ozmi-koʻpmi  rangli  boʻlgan,  suyuq,  tiniq 
spirtli,  spirt-suvli  yoki  spirt-efirli  ajratmalarga  aytiladi.  Ularni  tayyorlash  uchun  koʻproq 


26 
Manbaa:  
   
@pharma_baza
 
70%  yoki  40%  etil  spirti  qoʻllaniladi,  chunki  unda  dori  tarkibidagi  asosiy  ta‘sir  etuvchi 
birikma yaxshi eriydi. Shu bilan bir qatorda spirt yaxshi konservasiyalash xossasiga ega. Shu 
tufayli  damlama  va  qaynatmalarga  nisbatan  tindirmalar  turgʻun  dori  shakli  boʻlib,  xona 
haroratida berk idishlarda uzoq saqlash mumkin. Tindirmalar ofisinal preparatlar hisoblanib, 
Farmakopeya asosida farmasevtik korxonalarda tayyorlanadi va dorixonalarda tayyor xolatda 
boʻladi. 
Tindirmalar boʻlinmagan dori shakli boʻlib, har bir qabul uchun bemor oʻzi ajratib oladi. 
Tindirmalarga  retsept  yozishning  faqat  bitta, 
ofisinal  usuli
  boʻlib,  u  Tinctura  soʻzidan 
boshlanadi,  keyin  oʻsimlikning  nomi  va  tindirmaning  miqdori  millilitrlarda  koʻrsatiladi. 
Tindirmalar  tomchilar  bilan  taqsimlanadi  va  asosan  ichish  uchun  beriladi.  Ammo  ba‘zi 
hollarda sirtga ishlatish (chayqash) uchun berilishi mumkin. 
Misol;
 td = 20 tomchi boʻlgan Valeriana tindirmasiga retsept yozilsin, 20 tomchidan ichish 
uchun buyurilsin. 
Rp.: Tincturae Valerianae 20 ml 
        D.S. 20 tomchidan ichilsin. 
Tindirmalarni oʻzaro aralashtirib, 1 ta retseptda yozib berish mumkin. 
Misol.
  td  =  20  tomchi  boʻlgan  valeriana  tindirmasi  va  td  =  10  tomchi  boʻlgan  marvaridgul 
tindirmasining aralashmasiga retsept yozib berilsin va 30 tomchidan ichish buyurilsin. 
Rp.: Tincturae Valerianae 20 ml 
        Tincturae Convallariae 10 ml 
        M.D.S. 30 tomchidan ichilsin. 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə