Fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafolatlari. Fuqarolarning burchlari



Yüklə 64,5 Kb.
səhifə6/9
tarix05.04.2022
ölçüsü64,5 Kb.
#85072
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Fuqarolarning huquq va erkinliklarining kafo

Shikoyat deganda fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to`g`risidagi talabi bayon etilgan murojaatini tushunamiz.

Sudga shikoyat qilish huquqi – fuqarolar tomonidan ularning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini sud tartibida tiklashni talab etgan huquqidir.

O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-haraktlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida”gi qonuniga binoan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va mansabdor shaxslarning sudga shikoyat qilishga loyiq xatti-harakatlari (qarorlari) jumlasiga:

a) fuqaroning huquqlari va erkinliklarini buzgan;

b) fuqaroning o`z huquqlari va erkinliklarini ro`yobga chiqarishiga monelik tug`dirgan;

v) fuqaro zimmasiga qonunga hilof ravishda qandaydir majburiyat yuklatilishiga sabab bo`lgan xatti-harakatlar (qarorlar) kiradi.

Fuqaro o`z huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar (qarorlar) ustidan shikoyat bilan bevosita sudga yoki tobelik tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga murojaat qilish huquqiga ega.

Berilgan shikoyatni tegishli davlat organi, mansabdor shaxs bir oylik muddatda ko`rib chiqishlari shart. Agar fuqaroning shikoyatini qanoatlantirish rad qilingan bo`lsa yoki u shikoyat bergan kundan boshlab bir oy mobaynida javob olmagan bo`lsa, sudga shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.

Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiy va uni bajarish shart.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb mustahkamlangan. Bu O`zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg`iz keksalarni davlat himoyasida ekanligini konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish hamda ijtimoiy davlat barpo etish kabi strategik maqsadlarni amalga oshirishning salmoqli asosi bo`lib hisoblandi. Shuningdek, bu sohada qabul qilingan qator normativ hujjatlar davlatmizni ijtimoiy sohada olib borayotgan odilona siyosatining mahsuli sifatida baholashimiz mumkin. Ushbu normativ hujjatlar qatoriga misol tariqasida “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo`naltirilgan tarzda qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish to`g`risida” 2002 yil 25 yanvardagi Prezident Farmonini ( bola ikki yoshga to`lgunga qadar uni parvarish qilish bo`yicha onalarga beriladigan oylik nafaqalar miqdori 2002 yilning 1 fevralidan boshlab eng kam ish haqining 170 foizi, 2003 yilning 1 yanvaridan boshlab esa 200 foizi miqdorida belgilanganligi mustahkamlangan) ko`rsatish mumkin.

O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy sohada olib borilayotgan siyosati yoshi ulug`, keksa fuqarolarimizni ham nazardan chetda qoldirgani yo`q. Ularga g`amxo`rlik ko`rsatishni oshirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish, moddiy va ma'naviy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida va 2002 yil O`zbekiston Respublikasida “Qariyalarni qadrlash yili” deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 yil 24 yanvarda “Qariyalarni qadrlash yili”davlat dasturi qabul qilindi.

Konstitutsiyamizni 46-moddasida Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlarga ega ekanligi mustahkamlangan. “Ayollar bilan erkaklarning teng huquqligini ta'minlash uchun davlat keng miqyosda qo`shimcha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Davlat ayollarga bilim olish, kasb egallash, mehnat qilish, unga haq olish, siyosiy hayotda faol ishtirok etish, uchun erkaklar bilan teng imkoniyatlar yaratish bilan birga, ayollarning oiladagi o`rni, jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, ularga mehnat qilishda, sog`lig`ini mustahkamlashda yaxshi sharoitlar va imtiyozlar yaratib berishi ham zarurdir. Chunki, teng imkoniyat va qo`shimcha sharoit, imtiyozlar o`rnatish bilangina ayollarning teng huquqligi ta'minlanishi mumkin. Bundan tashqari, oiladagi ishlarning asosiy qismi ayollar zimmasiga tushadi, buning natijasida ayollar o`zlarining to`la huquqliligi imkoniyatidan foydalana olmaydilar. Shuning uchun davlat ayollar bilan erkaklarning tengligini e'lon qilar ekan, buni ta'minlash uchun ayollarni qo`shimcha ravishda moddiy va ma'naviy rahbatlantirish choralarini ko`rmoqda.”14

O`zbekiston Respublikasida xotin-qizlarga beriladigan e'tibor milliy qonunchiligimizda ham o`z aksini topmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisiga saylov to`g`risida”gi (yangi tahrirda) qonunda xotin-qizlarga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka qo`yiladigan nomzodlarning 30% xotin-qizlardan bo`lishligi mustahkamlandi.

O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasining, respublika xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida to`laqonli ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlar hamda yoshlarning ma'naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 mayda “O`zbekiston xotin –qizlar qumitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi. Unda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi va ularning joylardagi bo`linmalari faoliyatining eng muhim vazifalari va yo`nalishlari zamon talablariga javob beradigan tarzda belgilandi.


Yüklə 64,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə