Fuqarolik holati dalolatn omalarini



Yüklə 2,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/62
tarix05.10.2023
ölçüsü2,69 Mb.
#125441
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62
Nazorat savollari:
1. Tug‘ilish qaysi organlarda va qanday hujjatlar asosida qayd etiladi?
2. Topib olingan (tashlandiq) bolaning tug'ilishi qanday qayd etiladi?
3. Tug‘ilish to ‘g ‘risidagi dalolatnoma yozuviga bolaning ota-onasi
to‘g ‘risidagi ma 'lumotlar qaysi hujjatlar asosida yoziladi?
4. YoIg‘iz onaning arizasiga asosarj tug'ilishni qayd etish tartibi qanday
bo'ladi?
f
5. 
Bolaga familiya, ism, ota ismini berish tartibi.
6. Tug ‘ilishni qayd etishdagi alohida holatlar haqida tushuncha bering.
9-mavzu. OTALIKNI BELGILASH
Bolaning ma'lum onadan tug‘ilganligi (onalik) FHDYo organi 
tom onidan bola tug'ilgan tibbiy muassasaning hujjatlariga ko‘ra 
belgilanadi. Ayolning nikoh tuzilgandan keyin yoki erining o‘limi, 
nikohdan ajratilganligi, nikoh haqiqiy emas deb topilganligi tufayli nikfch
35
www.ziyouz.com kutubxonasi


tugaganidan so‘ng uch yuz kun ichida tug'ilgan bolasi nikohda tug'ilgan 
bola hisoblanadi va bolani tuqqan ayol bilan qonuniy nikohda bo‘lgan 
shaxs tug‘ilish to ‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga bolaning otasi sifatida 
yoziladi. Demak bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, bolaning ota- 
onasi qonuniy nikohda bo‘lsa, bolaning ona tarafdan ham, ota tarafdan 
ham nasabi aniq bo‘ladi. Bolaning onasi otasi bilan qonuniy nikohda 
bo'lmagan hollarda bolaga nisbatan otalikni belgilash zarurati tug'iladi. 
Otalikni belgilashdan maqsad — ota-onasi nikohda bo‘lmagan bolaning 
ota tomonidan nasabini tasdiqlashdir. Qonunda nazarda tutilgan tartibda 
otalik belgilangandan keyingina bola otasi va uning qarindoshlariga 
nisbatan o‘zaro nikohda bo‘lgan shaxslardan tug‘ilgan bolalar bilan 
teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi. Otalik belgilangandan so‘ng 
bola otasining familiyasi bo'yicha yoki ota tarafdan bobosining ismi 
bo‘yicha familiya olish, otadan moddiy ta'm inot olish, otasining 
vafotidan so‘ng mol-mulkka nisbatan merqsxo'r bo‘lish huquqi kabi 
bir qator shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘ladi.
Ota-onasi nikohda bo‘lmagan bolalaiga nisbatan otalik belgilanmagan 
taqdirda bola yolg‘iz onadan tug'ilgan hisoblanadi va uning huquqiy 
holati nikohda tug'ilgan yoki ota tarafdan nasabi aniqlangan bolalarning 
huquqiy holatidan farq qiladi. Bunday bolalar faqat onaning qarindoshlari 
qatoriga kiradi, ota va uning qarindoshlariga nisbatan hech qanday 
huquq va majburiyatlarga ega bo'lmaydi.
^Otalikni belgilash uchta asos bo'yicha, ya'ni nikohda bo'lmagan 
ota-onaning birgalikdagi arizasiga asosan, otaning beigan arizasiga asosan 
yoki sudning otalikni belgilash to‘g‘risidagi hal qiluv qaroriga asosan 
amalga oshiriladi. Otalikni belgilash bolaning qachon tug‘ilganligidan 
qat'iy nazar amalga oshiriladij-
Ko'pchilik hollarda bola qonuniy nikohda turmagan ota-onadan 
tug'ilganda, bolaning tug‘ilganligini qayd ettirish vaqtida nikohda 
turmagan ota o‘zining bolaning otasi ekanligini ixtiyoriy ravishda tan 
olib, otalikni belgilash to ‘g‘risida bolaning onasi bilan birgalikda 
to'ldirilgan arizani taqdim qiladi^Otalikni belgilash haqidagi ariza 
tug'ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan FHDYo bo‘limiga 
yoki arizachilarning yashash joyidagi FHDYo bo‘Iimiga beriladi. Ariza 
ota-onaning har ikkalasi tomonidan FHDYo organi xodimi huzurida 
im zo lan ad i. O talik n i belgilash rasm iy lash tirilay o tg an joyda 
yashamaydigan ota yoki onaning arizadagi imzosi u yashab turgan joydagi 
FHDYo bo‘limi mudiri yoki notarius tomonidan tasdiqlangan bo‘Iishi 
kerak. Agar ona tug‘ruqxonada bo'lsa, uning arizadagi imzosi shu 
muassasa ma'muriyati tomonidan tasdiqlanadi. tptalikni belgilash 
tug'ilishni qayd etish bilan bir vaqtda rasmiylashtirilganda bolaning
36
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 2,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə