bo'limi dalolatnoma yozuvining lkkinchi nusxasiga ham o'zgartirish
kiritish uchun adliya boshqarmalari
FHDYo arxivlariga xabarnoma
yuboradi.
Otalikni belgilash munosabati bilan tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma
yozuvida ota to‘g‘risidagi ma'lumotlar o'zgartirilishi bilan bitga bolaning
familiyasi, ota ismi va ota-onasining xohishi bilan ismi ham o'zgartirilishi
mumkin. Bolaning yangi familiyasi, ismi va ota ismi tug'ilish to ‘g‘risidagi
alfavit daftariga kiritiladi.
Nazorat savollari:
1. Bolaning nasl-nasabini belgilash asoslarini aytib bering.
2. Otalikni belgilash deganda nimani tushunasiz? Otalikni belgilashning
ahamiyati nimada?
3. Otalikni belgilash haqida ota-ona tomonidan ariza berish tartibini
tushuntirib bering.
4. Qaysi hollarda faqat otaning arizasi asosida otalik belgilanadi?
5. Otalikni sud tartibida belgilash tartibini aytib bering.
10-mavzu. FARZANDLIKKA O L ISH N I RA SM IYLASH TIRISH
10.1. Bolani farzandlikka olish tushunchasi.
Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va
ulaming manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi.
Farzandlikka olish bolani
farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga binoan hamda vasiylik
va homiylik bo'limlarining tavsiyasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori
bilan amalga oshiriladi. ( 0 ‘z.R. Oila kodeksining 151-moddasi)
Farzandlikka olishning asosiy maqsadi bolaning oilada tarbiyalanishini
ta'minlash bo'lib, farzandlikka oluvchilar o'zganing farzandini o ‘z
farzandiga tenglashtirib oladilar. Farzandlikka oluvchilar bilan
farzandlikka olinganlar o‘rtasida tuqqan ota-ona bilan bolalar o'rtasidagi
huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Farzandlikka olish mutlaq
txtiyoriydir. Shuning uchun bolani farzaftdlikka olishga to‘sqinlik qiluvchi
holatlar bo‘lmasa, qaysi bolani farzandlikka olishni farzandlikka oluvchi
shaxsning o‘zi hal qiladi. Bolani farzandlikka
berish haqidagi qaromi
umng manfaatlarini hisobga olgan holda vakolatli organ (hokim) qabul
qiladi. Bir paytning o‘zida ikki yoki undan ortiq bolani ham farzandlikka
olish mumkin. Bu holatlarda farzandlikka olinayotgan har bir bola
haqida alohida qaror chiqariladi.
q
. ^oyaga yetgan erkak va ayol farzandlikka oluvchilar boMishi mumkin.
zbckiston Respublikasi Oila kodeksining 151-moddasida farzandlikka
,sh huquqiga ega boMmagan shaxslar belgilangan. Ular:
39
*
www.ziyouz.com kutubxonasi
— ota-onalik huquqidan mahrum qilingan
yoki ota-onalik huquqi
cheklanganlar;
— qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki
muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
— asab kasalliklari va narkologiya muassasalarida ro ‘yxatda
turuvchilar;
— o ‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin
tovlaganligi, ota-onalik huquqini suiiste'mol
qilganligi, farzandlikka
olinuvchilarga shafqatsiz munosabatda bo'lganligi va boshqa asoslarga
ko‘ra (0 ‘z.R. Oila kodeksining 169-moddasi)
farzandlikka olish bekor
qilingan sobiq farzandlikka oluvchilar;
— qasddan sodir qilgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchi yoshi o‘rtasidagi farq
o ‘n besh yoshdan kam bo‘lmasligi shart, o ‘gay ota va o ‘gay ona
tomonidan farzandlikka olish hollari bundan mustasno.
Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda
farzandlikka oluvchining o‘z bolalariga tenglashtiriladi.
Farzandlikka
olinganlar va ulaming ota-onasi, qarindoshlari bir-birlariga nisbatan
shaxsiy va mulkiy huquqlami yo‘qotadilar hamda majburiyatlardan ozod
bo‘ladilar ( 0 ‘z.R. Oila kodeksining 165-m.)
Farzandlikka olingan
bolaning tug‘ilish to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuviga FHDYo organlari
tomonidan zarur o'zgartirishlar kiritilgan kun farzandlikka olishning
vujudga kelgan vaqti hisoblanadi ( 0 ‘z.R. OKning 167-m.).
Farzandlikka olish muqim huquqiy akt bo‘lib
u alohida shartlar va
maxsus tartibga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Bu tartib-qoidalar
0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 20-bobida va «Fuqarolik
holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari»ning 63-72-bandlarida
belgilangan.
Dostları ilə paylaş: