va tekshirish paytida noto‘g‘ri yoki noaniq to ‘ldirilgan dalolatnoma
yozuvlari aniqlanganda, ularni tegishli FHDYo organiga uch kun
muddatda tuzatish uchun qaytaradi.
To‘g‘irlash uchun qaytarilgan dalolatnoma yozuvlari to ‘g‘risidagi
ma'lumotlar vedomostdan o‘chirilmaydi.
Adliya boshqarmasi dalolatnoma yozuvlarini
qayd etish uchun har
oyning 10-kunidan kechiktirmay davlat statistika organiga topshiradi.
Davlat statistika organi o ‘tgan yilda topshirilgan dalolatnoma
yozuvlarini keyingi yilning 1-iyulidan kechiktirmay viloyat FHDYo
arxiviga topshirishi kerak.
97-shakldagi hisobot vedomosti to ‘rt nusxada tuziladi. Ulardan
ikkitasi dalolatnom a yozuvlarining ikkinchi
nusxasi bilan adliya
boshqarmasiga, uchinchi nusxasi tuman, shahar davlat statistika organiga
topshiriladi, to ‘rtinchisi esa FHDYo organida qoladi.
FHDYo organlari har chorakdan keyingi oyning 5-kunigacha adliya
boshqarmasiga dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha 22-shakldagi, gerbli
guvohnomalar bo‘yicha esa 1-shakldagi birinchi chorak, yarim yillik, 9
oylik va yillik hisobotlarni topshirishlari kerak.
22-shakldagi hisobotda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Tug‘ilganlikni qayd etish bo‘yicha — tug'ilishning umumiy soni; muddati
o‘tkazib qayd etilgan dalolatnoma yozuvlari; o‘lik tug‘ilgan bolalar; o‘g‘il
bolalar soni;
qiz bolalar soni; yolg‘iz onadan tug‘ilgan bolalar soni;
Otalikni belgilash bo‘yicha —
umumiy soni; sud qarori asosida
otalikning
belgilanishi;
Farzandlikka olish bo‘yicha — umumiy soni; chet el fuqarolari
tomonidan farzandlikka olingan bolalar soni;
Nikohni qayd etish bo‘yicha — umumiy soni; nikohlanuvchilaming
yoshini qisqartirib qayd etilgan nikohlar; chet el fuqarolari bilan tuzilgan
nikohlar; sudning hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilgan nikohlar;
Nikohdan ajralganlikni qayd etish bo'yicha — umumiy soni; sud
qarori asosida bekor qilingan nikohlar; FHDYo bo‘limida er-xotinning
birgalikdagi arizasi asosida nikohdan^ajralganlik; qo‘shimcha
asoslar
bilan nikohdan ajralish;
0 ‘limni qayd etish bo‘yicha — umumiy soni; 1 yoshgacha bo‘lgan
bolalaming qayd etilgan o‘limi soni; muddati o‘tkazib va sudning qarori
asosida qayd etilgan o‘lim soni;
Tiklangan dalolatnoma yozuvlarining soni;
Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish soni;
Dalolatnoma yozuvlariga o'zgartirish kiritish bo‘yicha — ariza asosida;
xulosa asosida; sud yoki tuman(shahar)
hokimining qarori asosida
kiritilgan o ‘zgartirishlar;
,
79
www.ziyouz.com kutubxonasi