Fuqarolik ishlari bo’yicha sudi kattaqo'RG'on tumanlararo


TOMONLARNING MAJBURIYATLARI



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə5/15
tarix11.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#145570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KRIDET shartnomasiii

TOMONLARNING MAJBURIYATLARI



    1. Kreditorning majburiyatlari:

      1. Qarz oluvchiga ushbu shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan miqdordagi kredit mablagʻini, shartnomaning 2.6-bandida belgilangan maqsadda foydalanish uchun 15 kunda ish kunida ajratish;

      2. Kreditdan foydalanish hisobini yuritish, kredit boʻyicha qarzni qaytarish va foizlarni hisoblash maqsadida ssuda hisobvaragʻini ochish;

      3. Qarz oluvchini Kreditor tomonidan kreditni muddatidan oldin undirish sabablari haqida xabardor qilish.

    2. Qarz oluvchining majburiyatlari:

      1. Kreditni va u boʻyicha hisoblangan foizlarni mazkur shartnoma va uning ilovasida belgilangan muddatlarda va miqdorda toʻliq qaytarish;

      2. Kreditning qaytarilishini taʼminlash maqsadida tegishli tarzda rasmiylashtirilgan Kafolat, kafillik va garov kredit qaytarilishini taʼminlash, sug'urta polisi tadqim etilishini taminlash. taqdim etish.

      3. Kreditdan foydalanish davrida kreditlashning qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish tamoyillariga rioya qilish;

      4. Kreditor xodimlarini maqsadli tekshirishlari uchun sharoit yaratish. Maqsadli tekshirishlarni oʻtkazish muddati Kreditor tomonidan belgilanadi.




  1. TOMONLARNING HUQUQLARI

    1. Kreditorning huquqlari:

      1. Kredit shartnomasi imzolangunga qadar kredit yigʻma jildini tahlil qilish.

      2. Qarz oluvchi kreditni taʼminlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganda, taqdim etilgan kreditni qaytarilishiga taʼsir koʻrsatuvchi maʼlumotlarning haqiqiy emasligi shartnoma imzolangandan keyin aniqlanganda hamda Qarz oluvchi tomonidan Kreditorning ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlari kuchga kirgan vaqtdan boshlab 1 oydan koʻp muddat davomida kreditdan foydalanilmaganda (yoki toʻlov hujjatlarini taqdim etmaslik) ushbu shartnomada nazarda tutilgan kreditni berishdan butunlay yoki qisman bosh tortish.

      3. Quyidagi hollarda Qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni toʻxtatish va foizlarni hamda kredit boʻyicha asosiy qarzni muddatidan oldin, jumladan undiruvni kredit taʼminotiga qaratish orqali undirish:

- kredit mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganda;
- kreditni qaytarish jadvalida belgilangan miqdor hamda muddatlarni 60 kunlik muddatni buzgan holda asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar toʻlanmaganda;
- Kreditorning monitoring oʻtkazishiga toʻsqinlik qilganda;
- Qarz oluvchi tomonidan Kreditorga kredit hujjatlari rasmiylashtirilayotganda taqdim etilgan maʼlumotlar haqiqiy emasligi aniqlanganda;
- ajratilgan kredit qaytarilishining taʼminoti toʻliq yoki qisman oʻz qiymatini yoʻqotganda yoki taʼminot haqiqiy emas deb topilganda;
- kredit qaytarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi mazkur shartnomada koʻzda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganda;
- mazkur shartnoma bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartnoma (garov, kafolat, sugʻurta va b.) shartlari bajarilmaganda yoki buzilganda.
Bunday hollarda Kreditor 30 kundan koʻp boʻlmagan muddat ichida Qarz oluvchini xabardor qiladi.

      1. Bevosita Qarz oluvchi joylashgan yerda maqsadli tekshirishlarni amalga oshirish.

      2. Qarz oluvchining kredit tarixini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni Kredit axborot tahliliy markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Kredit axborotining davlat reyestrini yuritish departamentiga taqdim etish.


    1. Yüklə 1,03 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə