G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Refleks - nerv faoliyatining asosiy shakli



Yüklə 9,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/201
tarix04.06.2022
ölçüsü9,92 Mb.
#88843
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   201
3.Adabiyot Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Refleks - nerv faoliyatining asosiy shakli
Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki 
va tashqi muhit ta ’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan 
javob reaksiyasi refleks deb ataladi. Tashqi ta ’sirlar eng avvalo o 'ta
sezgir periferik nerv uchlari - retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv 
sistemasi tashqi ta ’sir natijasida faol holatga kelib, qo'zg'alishni javob 
q ay taru v ch i o rg an g a o 'tk a z a d i. R eflek sn in g yuzaga ch iq ish id a 
qo'zg'alish o'tadigan yo'l refleks yoyi deyiladi. Qo'zg'alishning o'tishi 
va refleks hosil bo'lishi uchun reflektor yoy butun bo'lishi kerak. Refleks 
yoy retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi 
(orqa va bosh miya), markazdan qochuvchi nerv, y a’ni efferent nerv va 
ish bajaruvchi organ yoki effektor organdan tashkil topgan (7-rasm). 
Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi - ekstroretseptorlar va ichki 
interretseptorlarga bo'linadi.
69
www.ziyouz.com kutubxonasi


E k stro retse p to rla rg a teri, k o 'z, 
quloq, hid bilish, ta ’m bilish organ- 
larida joylashgan retseptorlar kiradi, 
ular turli xildagi tashqi ta ’sirni qabul 
qiladi.
Interretseptorlar esa ichki organ- 
larda joylashgan, ular organizmning 
o'zida hosil bo'ladigan ta ’sirni qabul 
qiladi. Prioprioretseptorlar muskullar, 
paylar va b o 'g 'im la rd a joylashgan 
retseptorlardir.
Refleksning turlari. 
Turli ta ’sirlarga 
javoban organizm tomonidan ko'rsa- 
tiladigan xilma-xil refiektor reaksiyalar 
shartsiz va shartli reflekslar deb, ikkita 
asosiy guruhga bo'linadi.
Shartsiz reflekslar tug'm a bo'lib, 
evolyutsiya jarayonida shakllangan va 
nasldan-naslga o'tadi. Bu reflekslar bola hayotida muhim biologik 
ahamiyatga ega. Shartli reflekslar esa har bir individga xos bo'lib, hayot 
davomida ham orttiriladi va hayotiy muhim hisoblanadi.
Shartli reflekslar hosil bo'lishi uchun m a’lum sharoit bo'lishi shart. 
Shartsiz reflekslar bosh miya katta yarim sharlari ishtirokisiz ham hosil 
bo'lishi mumkin, lekin shartli reflekslarning hosil bo'lishi uchun orqa 
miya va bosh miyaning sop qismi bilan birga ko'proq bosh miya katta 
yarim sharlari ishtirok etadi. Shartli reflekslar organizmning tashqi muhitga 
moslashishida muhim ahamiyatga ega, ular hayot mobaynida tormozlanib, 
yangilari hosil bo'lib turadi.

Yüklə 9,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə