UO‘K : 576.8 (075)
К В К 28.083
D-15
D-15
S. Dadayev, G. A bduraxm anova. Um um iy parazito-
logiya. —Т.: «Fan v a texnologiya», 2013,384 b e t
ISBN 978-9943-10-976-6
O 'quv qoMlanmada parazitologiya
fanining maqsad va vazifalari,
tirik organizmlar o'rtasidagi turli shakldagi parazit-xo‘jayin munosa-
batlar, parazitlaming kelib chiqishi, odam, mahsuldor hayvonlar va qish-
loq xo'jalik o'simliklarida parazitlik qilib katta iqtisodiy zarar keltiruv-
chi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi, bioekologik xususiyatlari, qo‘z-
g‘atadigan kasalliklari va ularning oldini olish chora-tadbirlari to ‘g‘ri-
sida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur o ‘quv qo'llanma 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja asosida
tayyorlangan bo‘lib, oliy o'quv yurtlarining
biologiya mutaxassisligi
magistratura bosqichi talabalari uchun moMjallangan.
0 ‘quv qollanm adan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va
umumiy o 'rta ta’lim maktablarining biologiya o'qituvchilari hamda Oliy
o‘quv yurtlarining biologiya yo‘nalishi bakalavr bosqichida ta’lim
olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.
U O ‘K : 576.8 (075)
K B K 28.083
Taqrizchilar:
J. A. Azimov - akademik, biologiya fanlari doktori, professor,
X.S.Eshova - biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
ISBN 978-9943-10-976-6
© S.Dadayev va bosh., 2013.
© «F an v a texnologiya» nashriyoti, 2013.
SO‘Z BOSHI
Parazitizm tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bioekologik hodisa
bo‘lib, hayvon yoki o‘simlikIaming turli vakillari orasidagi o‘zaro
munosabatning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Parazitizmda bir organism (pa-
razit) ning boshqa bir organism (xocjayin) dan o‘ziga
yashash uchun
makon, oziqa topishi tushuniladi. Xo‘jayin organizmi parazit uchun
tashqi muhit (endoparazitlar uchun xo‘jayin organizmi birlamchi, tashqi
muhit ikkilamchi hisoblanadi, xo‘jainlar parazit va tashqi muhit o 6rta-
sida vositachi bo‘Iib xizmat qiladi) vazifasini bajaradi va shuning uchun
parazitning hayoti xo‘jayin organizmining hayoti bilan chambarchas
bog‘liq. Bu holat esa uzoq evolutsion taraqqiyot davomida shakllangan
bo‘lib,
murakkab morfo-anatomik, fiziologik, biokimyoviy, ekologik,
genetik munosabatlar va o bzgarishlami o‘z ichiga oladi.
Keyingi yillarda parazitologiya fani xalq xo‘jaligining turli tar-
moqlari, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim muam-
molaming tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning, ayniqsa,
tibbiyot
parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, fitogelmintologiya kabi
sohaiari jadal rivojlanib bormoqda.
Parazit organizmlar bir hujayrali hayvonlardan, asosan - sarko-
mastigoforalar, apikomplekslar, knidosporidiyalar, mikrosporidiyalar va
infuzoriyalar tiplari ichida hamda ko‘p hujayrali
hayvonlardan - yassi
chuvalchanglar, to‘garak chuvalchanglar, tikanboshlilar, halqali chuval-
changlar va bocg‘imoyoqlilar tiplari tarkibida uchraydi. Ular qishloq
xo‘ja!igiga, birinchi navbatda, madaniy o ‘simJiklar va chorvachilikka
katta zarar keltiradi. Parazitlar ta ’sirida o ‘simliklar hosildorligi va
chorva mollarining
mahsuldorligi keskin kamayadi, hatto ularni nobud
ham qiladi. Bir qator parazitlar inson salomatligiga ham salbiy ta’sir
kocrsatib, og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Parazitar kasalliklar bo‘yicha epidemiologik va epizootologik va-
ziyatlar dunyoning ayrim mamlakatlarida murakkab bo‘lib turibdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra yer yuzida
har yili askaridoz bilan 1 mlrd., ankilostomidoz bilan 900 mln., trixose-
falyoz bilan 700 mln. ga yaqin odam kasallanadi. Dunyoning 74 mam-
lakati uchun shistosomoz endemik hisoblanadi, bu mamlakatlar aholi-
sining 200 mln. dan ko‘prog‘i ushbu gelmintoz bilan kasallangan va yana
з
500-600 mln. ga yaqin odamlaming shistosomoz bilan
knsallanish xavfi
bor.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdi-ki, parazitar
kasalliklar sog‘liqni saqlash tizimi va xalq xo‘jaligiga qanchalik iqtiso-
diy zarar yetkazishligiga yaqqol misoldir. Bu esa o‘z navbatida mutaxas-
sislarning parazitologiya fanidan chuqur bilimga ega bo'lishni taqazo
qiladi.
Parazit organizmlar to‘g ‘risida oliy o ‘quv yurtlarining biologiya
ixtisosligi bakalavriat bosqichi talabalariga
umurtqasizlar zoologiyasi-
dan dars o‘tilganda qisqacha ma’lumotlar beriladi. Lekin bu berilgan
ma’lumotlar talabalarga keng qamrovli biologiya yo‘nalishi mutaxassisi
boMib yetishishi uchun yetarli emas.
Parazitologiya fanining o‘qitilishi talabalarning zoologiyadan ol-
gan bilimlarini yanada mustahkamlashga va biologiya yo‘nalishi
bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga yordam beradi.