KIRISH
Parazitizm organik olam vakillari (o‘simliklar, hayvonlar)
orasida
uchraydigan o‘zaro munosabatlaming bir ko‘rinishi. Parazit so‘zi
yunoncha bo‘lib, aniq ma’nosi para - yonida, sites - oziqa, to‘g‘ridan-
to‘gri tekinxo‘r, bitta hayvon boshqa bir hayvon hisobiga yashashi tu-
shuniladi. Qadimgi Rimga bu so‘z Gretsiyadan o4gan. Parazit termini-
ning kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida, ya’ni miloddan avvalgi
V asrda mavjud bo‘lgan
qonunga asosan, ko‘zga ko'ringan davlat ar-
boblari keksalik yoshida davlat qaramog6iga o ‘tishgan. Ular uchun
qurilgan maxsus pansionatlar parasitariya, u yerda yashovchilar esa
parasitlar deb atalgan. Rim imperiyasi davrida parazit so‘zi o‘zgalar hi
sobiga yashovchi ma’nosini
anglatib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan.
Shu xususiyatdan kelib chiqib, parazit qadimiy tibbiyotda, har qanday
boshqa organizm hisobiga yashab, oziqlanuvchi
organizmlar tushunil-
gan. Parazitlami parazitologiya fani o‘rganadi.
Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari odamlarda, hay-
vonlarda hamda o ‘simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradigan hay-
vonlarni tuzilishi, rivojlanishi,
tarqalishi, o‘ziga xos biologik va eko-
logik xysusiyatlarini, parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o ‘rga-
nish hamda ularga qarshi kurash choralarini to‘g‘ri tashkil qilishdan
iboratdir.
Tirik organizmni o ‘ziga xos xususiyati bu uni tashqi muhit bilan
bogMiqligidir. Tirik organizmlar o‘rtasida biotik bogManishlar murak
kab va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi va uni asosida oziqa va makon
bogManishlari yotadi. Shu bog‘lanishlardan biri parazitizm ko‘rinishida
namoyon bofiadi. Demak, organik olamdagi
ikkita boshqa-boshqa turga
mansub organizmlami bir-biri bilan bo‘lgan munosabatlarini bir ko‘ri-
nishi bu parazitizm hodisasi hisoblanadi.
Parazitizm tabiatda keng tarqalgan hodisa bo-lib, uni yuzaga
chiqish shakllari xilma-xildir. Barcha mikroorganizmlar (virus, bak-
teriya, zamburug6) parazitlik qilib hayot kechirishga o ‘tgan.
Yuksak o‘simliklar orasida ham parazit formalami kuzatish mum-
kin (zarpechak, pechak). Hayvonlar orasida ham bir qancha turlari pa
razitlik qilib hayot kechiradi.
5
Umuman, parazitlami o‘rganish obyektlariga ko‘ra tibbiyot pa-
razitologiyasi,
veterinariya parazitologiyasi, agronomiya parazitologi-
yasi va umumiy parazitologiyaga boMinadi.
Parazitologiya ko‘pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasi-
dagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Parazitlarning tavsifi,
morfologiyasi, biologik va ekologik xususiyatlarini hamda rivojlanish
sikllarini o crganish bilan zoologiya fani shug6ullansa, ular qo‘zg‘a-
tadigan
kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini
ocrganish bilan patologik anatomiya, patologik fiziologiya,
immuno-
logiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizoo-
tologiya,
xirurgiya, biokimyo, veterinariya-sanitariya ekspertizasi,
zoogigiyena va boshqa fanlar shug‘ullanadi hamda ulardagi tadqiqot
usullariga tayanadi.