G. M. Tansikbayeva, V. A



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

Konstitutsiyaviy huquq
 milliy huquq tizimida huquqning yetakchi 
tarmog‘idir, chunki eng oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan Konstitutsiya 
uning asosiy manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘ylang va quyidagi savolga javob b
е
ring: qonunlarni ya
х
shi biladigan inson qo-
nunni umuman bilmaydigan yoki yomon biladigan, yoki biladi-yu, l
е
kin uni buzadigan 
kishidan qaysi jihatlari bilan farqlanadi?
2-topshiriq
Yodda tuting!
Yodda tuting!
3-topshiriq


8
Kim qonunni yaxshi bilsa, u o‘z manfaatlarini va jamiyat manfaatini 
himoya qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi, shaxsning huquq va erkinliklari 
buzilishiga qarshi tura oladi.
Asosiy qonun sifatida Konstitutsiya amalda davlat va xalq o‘rtasidagi 
kelishuvni ifodalaydi. Unga ko‘ra davlat xalqning bexatar va erkin rivojla-
nish shartlarini ta’minlaydi va kafolatlaydi. Shu boisdan Konstitutsiyaning 
g‘oyalari davlatda amal qiluvchi boshqa barcha qonunlarda ham aks etadi. 
Umumiy prinsiplarni o‘zida mujassamlashtirgan Konstitutsiya qoidalari 
huquqning barcha tarmoqlarida rivojlantiriladi.
Buning tasdig‘ini bilib olish maqsadida mamlakatimiz Konstitu 
tsiya-
si bob 
laridan biriga, masalan, oilaga bag‘ishlangan bo 
bi 
ga murojaat qil-
ganimizda, mazkur bob bor-yo‘g‘i to‘rtta moddadan iborat, lekin uning 
mazmunidagi g‘oyalar nafaqat O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi-
da, balki ko‘p gina boshqa kodeks (O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi, Mehnat Kodeksi, Uy-joy Kodeksi
Jinoyat Kodeksi va boshqa kodeks)larda ham aniq rivojlantirilgan. Birgina 
O‘zbekiston Respublikasi Oila Kodeksining o‘zi 238 ta moddadan iborat. 
O‘zbekiston Res 
publikasi Kons 
titutsiyasining fuqarolikka bag‘ishlangan 
oltinchi bobi bor-yog‘i uchta moddadan iborat. Vaholanki, “O‘zbekiston 
Respub  likasi  ning  fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunning o‘zi 45 ta moddani o‘z 
ichiga olgan.
Bu misollar Konstitutsiya barcha huquqiy tizimning asosi bo‘lib xizmat 
qilishidan dalolat beradi, negaki huquqning rivojlanishi Konstitutsiyadan 
boshlanadi, aynan uning o‘zi boshqa barcha qonunlar va normativ-huqu-
qiy hujjatlarga hayot baxsh etadi. 
Kons 
titutsiyaning oliy yuridik kuchi 
ham mana shunda namoyon bo‘ladi. 
Qolgan barcha huquqiy qoidalar undan 
kelib chiqadi va unga muvofi q bo‘lishi 
kerak.
Huquq tizimini piramida ko‘ri 
ni 
-
shida tasavvur qilib ko‘ring. Kon 
 
s-
 
 
titutsiya shu piramidaning cho‘qqi-
sida turadi, desak, uning cho‘qqisidan 
eng quyi qismigacha bo‘lgan yon-
bag‘irlarida boshqa barcha normativ 
O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi
O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
palatalarining qarorlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti-
ning farmon, qaror va farmoyishlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarorlari 
Vazirliklar, Davlat qo‘mitalari va 
idoralarining buyruq va qarorlari  
Mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining qarorlari


9

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə