G. M. Tansikbayeva, V. A


O ‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

O
‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari


Yakunlarni chiqaramiz
?
?
O‘zingizni sinang!


28
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
02.07.1992-y.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
DAVLAT GERBI TO‘G‘RISIDA
(Ko‘chirma)
Ushbu Qonunga O‘zbekiston Respublikasining 24.12.2010-yildagi 
Qonuniga muvofi q o‘zgartirishlar kiritilgan. 
2-modda.
 O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligining ramzidir. 
3-modda.
 O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: 
tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa cha-
noqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy 
uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika 
hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qis-
mida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik 
ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining 
bantida “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo 
qushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va 
“O‘zbekiston” yozuvi – oltin rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va 
vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sak-
kizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havorangda; yarim oy va 
yulduzlar – oq rangda tasvirlangan. 
8-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekis-
tonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini 
hurmat qilishlari shart. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
  

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə