2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI DAVLAT HOKIMIYATI TIZIMI Demokratik jamiyatda qonun zaminida ish ko‘ruvchi hoki
miyatning
obro‘yi baland bo‘ladi va kishilar bunday hokimiyatga jazo tahlikasi-
dan emas, balki uning xatti-harakatlarini ma’qullaganliklari tufayli bo‘y-
sunadilar.
Hokimiyat – kishilarning xulq-atvoriga, ularning xatti-hara katlariga va
odatlariga ta’sir o‘tkazish imkoniyatidir. Hokimiyat konstruktiv (yaratuv-
chi) tabiatga ega bo‘lishi, shu kabi talafotga olib keluvchi oqibatlarga ega
bo‘lishi ham, mamlakat aholisi ko‘pchiligining manfaatlari yo‘lida ham,
xuddi shu singari, bajarilmas va’dalarni ro‘kach qilgan holda ularning man-
faatlariga zid o‘laroq amalga oshirilishi ham mumkin.