Tibbiyot huquqi O`zbekiston Respublikasidagi qonun hujjatlar tizimidagi tarmoqlari Reja



Yüklə 72,05 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü72,05 Kb.
#135948
9-mavzu. Abdujabborov Ilyos


Tibbiyot huquqi O`zbekiston Respublikasidagi qonun hujjatlar tizimidagi tarmoqlari
Reja

  1. FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH BO‘YICHA QONUNCHILIK ASOSLARI

  2. ZBEKIST0N RESPUBLIKASIDA SOG‘LIQNl SAQLASH TIZIMINI ISLOH QILISH

Tibbiyot huquqi - diagnostika, davolash va profilaktika tadbirlarini olib borish jarayonida bemorlar va tibbiyot xodimlari, fuqarolar va tibbiyot muassasalari o ‘rtasidagi mimosabatlami, ulaming huquq, majburiyat va mas’uliyatlari doirasini belgilovchi qoida, me’yorlarning majmuasidir. Chunonchi bunda fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish, sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish va shu yo‘nalishdagi boshqa faoliyatni olib borishdagi umumhuquqiy, tashkiliy munosabatlami tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar majmuasi tushuniladi.


Mazkur ta’rifdan kelib chiqqan holda, fanning maqsadi tibbiy faoliyatdagi huquqiy me’yorlar, tibbiyot huquqiga doir nazariy bilim va ko‘nikmalami o‘zlashtirishdir. Ushbu maqsadga mos tarzda fanning quyidagi vazifalari belgilangan:
A) fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlash haqidagi qonunchilik asoslarini o‘rganish;
B) tibbiy faoliyat bilan bog‘liq turli xil huquqiy munosabatlaming xususiyatlarini o‘rganish;
V) tibbiyot xodimlarining turli xil kasb huquqbuzarliklari bilan tanishish;
G) qilmish va jinoyat ko‘rinishidagi huquqbuzarliklaming mohiyatini farqlash.
Tibbiyot huquqi fanining o‘qitilishi talabalar tomonidan ma’lum bir masalalar bo‘yicha xabardorlik, bilish va amaliy ko‘nikmalaming o‘zlashtirilishini ko‘zda tutadi.
Jumladan, o ‘quv jarayoni tugallangach, talaba quyidagi masalalardan xabardor bo‘lishi kerak:
- sog‘liqni saqlash bo‘yicha qonunchilik asoslari;
- tibbiy xodimlar, bemorlaming huquq va majburiyatlari;
- fuqarolik, mehnat, ma’muriy i jinoyat huquqining tibbiy
faoliyatga taalluqli me’yorlari;

- tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari holatlarida olib boriladigan tekshiruvlaming xususiyatlari.


Talabalar quyidagi masalalami bilishi kerak:
- tibbiy faoliyat bilan bog‘liq qonun hujjatlari talablarini hal etish;
- tibbiy hujjatlami tahlil etish;
- tibbiy yordam nuqsonlarini farqlash. Talabalarmazkurfanbo‘yichaquyidagiamaliyко‘nikmalarga
ega bo‘lishi kerak:
- tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bahsli holatlarda
o‘tkaziladigan xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish;
- tibbiy yordam ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni
tahlil etish;
murda, tirik shaxs sud-tibbiy ekspertizalarida,
shuningdek, tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari bo‘yicha o'tkazilayotgan komission sud-tibbiy ekspertizalarda mutaxassis yoki ekspert sifatida ishtirok etish.
So‘nggi davrda tibbiy faoliyat bilan bog‘liq jarayonning xususiyatlari sezilarli darajada o‘zgarganligini e’tirof qilish lozim. Binobarin, ilgari ushbu faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun tibbiyotga oid tegishli bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘lish va umum qabul qilingan axloqiy-etik qoidalarga rioya qilish etarli deb qaralgan bo‘Isa, hozirgi paytda bulardan tashqari bu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy me’yorlami bilish va ularga izchil amal qilish zarur.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq tibbiy faoliyat keng ma’noda fuqarolarga xizmat ko‘rsatishga tenglashtirilgan. Ushbu holatda tibbiyot xodimlari xizmat ko‘rsatuvchilar, bemorlar esa iste’molchilar sifatida talqin etiladi. Bu vaziyat tibbiy faoliyatda tegishli huquqiy bilimlarga ega bo‘lish zaruratini yanada dolzarbroq qiladi.
Darhaqiqat, mashhur xirurg N. 1. Amosov yozganidek “vrachning vijdoniga ishonish lozim, hech qanday qonun uning

o‘mini bosa olmaydi”. Shu bilan birga tibbiy faoliyatning axloqiy- etik va huquqiy jihatlarining o‘zaro bog‘liqligi va ulami zinhor bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib boimasligini ta’kidlash zarar (V. L. Popov). Mazkur jihatlaming o‘zaro munosabatida huquqni ma’naviyatning eng quyi darajasi yoki rna’lum bir minimumi, axloq, etikani esa ma’naviyatning yuqori darajasi deb hisoblash lozim. Zero, axloqiy-etik talablar erkin, ixtiyoriy bajarilishi nazarda tutilsa, huquqiy me’yorlarning amal qilinishi bevosita yoki


bilvosita majburlash orqali ta’minlanadi.
Shunday qilib, tibbiyot huquqi fanimng tizimini davolash-
profilaktika, sanitariya-gigiena me’yorlari, fuqarolar sogiigini saqlash sohasidagi faoliyatni belgilovchi huquqiy hujjatlar tashkil etadi. Bundan kelib chiqqan holda mazkur fanning predmeti turli ko‘rinishdagi tibbiy faoliyatni olib borish jarayonidagi huquqiy munosabatlarni va shu munosabatlar ishtirokchilarining huquqiy statusini belgilovchi me’yorlami o‘z ichiga oladi.
Bu borada awalambor 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ко‘rsatish lozim. Mustaqillik yillarida 0‘zbekistonda sogiiqni saqlash tizimining tegishli huquqiy - me’yoriy bazasini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tibbiy faoliyatga oid qator maxsus qonunlar - ’’Fuqarolar sogiig‘ini saqlash to‘g‘risida”, “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”, “Dori vositalari va iarmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”, “Giyohvand vositalar va psixotrop-moddalar to‘g‘risida”, “Odam immunotanqisligi virusi (OITV) chaqiruvchi kasalliklaming profilaktikasi to‘g‘risda”, “Psixiatrik yordam to‘g‘risida”, “Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida”, “Aholini sil kasatligidan himoyalash to‘g‘risida”, “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida” va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
Binobarin, qonun yaratuvchilik jarayoni uzluksiz boiib, bu yo£nalishda zamon talab-ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kelajakda yangi qonunlarning ishlab chiqilishi va amaldagi qonunlarga tegishli o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishi

tabiiy holdir.


Ta’kidlash lozimki, tibbiy faoliyat nafaqat yuqorida qayd
etilgan sogiiqni saqlash borasidagi qonunchilik bilan belgilanadi, balki keng ma’noda tibbiyot xodimlarining kundalik faoliyati fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoiy huquqlar talablari doirasiga ham bevosita taalluqlidir. Shu sababli huquqning ushbu sohalariga tegishli tibbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan me’yorlar ham tibbiyot huquqi tizimiga kiradi.

FUQAROLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH BO‘YICHA QONUNCHILIK ASOSLARI


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
Asosiy qonunning 18-moddasida mamlakatda barcha fuqarolaming jinsi, irqi, millati, tili, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar tengligi va bir xil huquq, erkinliklarga ega ekanligi e’tirof qilingan. Ayni paytda qonun bilan belgilangan imtiyozlar ijtimoiy adolat printsiplariga mos boMishi shartligi ta’kidlangan.
Konstitutsiyaga muvofiq fuqarolaming qonunchilikda belgilangan huquq, erkinliklari daxlsiz bo‘lib, faqat sud qarori bilan ulardan mahrum etish yoki ulami cheklash mumkin. Shu bilan birga fuqarolar va davlatning huquq va burchlari bo‘yicha bir- biriga nisbatan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan (19-modda).
Binobarin, fuqarolaming huquq va erkinliklaming amalga oshirilishi davlat, jamiyat va boshqa shaxslaring qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga putur etkazmasligi shart (20-modda).
Konstitutsiyaning IX bobida fuqarolaming mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, dam olish, tegishli holatlarda ijtimoiy ta’minot olish, bilim olish kabi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari qatorida 40-moddada har bir fuqaroning malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi kafolatlangan. Ushbu-moddaning talqinida malakali tibbiy xizmat tushunchasiga tibbiy-ijtimoiy yordamning barcha ko‘rinishlari - birlamchi tibbiy-sanitariya, tez, shoshilinch va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam kirishi nazarda tutiladi.
Zero, Konstitutsiyaning 43-moddasida davlat tomonidan barcha fuqarolaming qonunlar bilan mustahkamlangan huquq va erkinliklarining ta’minlanishi kafolatlangan. Xususan, davlat tomonidan har bir fuqaroning malakali tibbiy xizmatning barcha turlaridan foydalana olishi uchun zarur bo‘Igan shart-sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.

Fuqarolar huquq va erkinliklarining daxlsizligini ta’minlash maqsadida Konstitutsiyada tegishli kafolatlar keltirilgan. Jumladan, 44-moddaga muvofiq har bir shaxsga о !z huquq vaerkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan. Binobarin, voyaga etmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalaming huquqlari davlat himoyasida ekanligi Konstitutsiyaning 45-moddasida alohida ta’kidlanadi.


Mantiqiy jihatdan qonunchilikda belgilangan huquq va erkinliklarga egalik ma’lum bir burch, majburiyatlaming boMishini nazarda tutadi. Xususan, Konstutsiyaning XI bobi fuqarolaming burchlariga bag‘ishlangan. Burch, majburiyatlarga rioya qilmaslik yoki ulaming talablarini toiiq bajarmaslik holatlari bo‘yicha mas’uliyat amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolaming turli xil javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun huquq, majburiyat va javobgarlik hamisha o'zaro uzviy bog‘liq tushunchalar tarzida qabul qilinishi lozim.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Mazkur Qonun 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 29 avgustda qabul qilinib, shu yilning 14 sentyabridan kuchga kirgan. Qonun 6 qism, 47 moddadan iborat. Ta’kidlash lozimki, shundan so‘ng o‘tgan davrda ushbu Qonunni mukammalashtirish maqsadida unga qator o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan.
Qonunning birinchi qismi “Umumiy qoidalar” deb nomlangan. Xususan, 2-moddada fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining quyidagi asosiy vazifalari qayd etilgan:
- fuqarolaming sog‘liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash;
- fuqarolaming sogiom turmush tarzini shakllantirish;

- fuqarolaming sogiom turmush tarzini shakllantirish;


- davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolaming sog‘lig‘ini saqlash
sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Yuqorida keltirilganlardan uchinchi vazifani alohida sharhlash lozim. Umum qabul qilingan fikrga ko‘ra, inson salomatligining taxminan 48-52% - turmush tarzi, 18-20% - nasi va irsiy xususiyatlar, 18-20% - ekologik omillar va, nihoyat, 8-10% - unga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam bilan bogiiqdir. Demak, tibbiyot xodimlarining faoliyati, o‘z vaqtida toiaqon va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi mavhum tarzda inson sogiig‘ining taxminan faqat o‘ndan bir
qisminigina ta’minlashi mumkin.
Fuqarolaming sogiigini saqlash keng koiamli muammo
boiib, bunga awalambor har bir shaxsning o‘zi, qolaversa, davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, jamoat birlashmalari rahbarlari va tegishli mutassadi shaxslar ustuvor, dolzarb masala sifatida yondoshib, jiddiy e’tibor berishi lozim.
Qonunda fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning quyidagi asosiy 5 printsipi keltirilgan:
- sogiiqni saqlash sohasida inson huquqlariga rioya qilinishi;
- aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand boia olishi;
- profilaktika chora-tadbirlarining ustuvorligi;
- sogiigini yo‘qotgan taqdirda fuqarolaming ijtimoiy himoya qilinishi;
- tibbiyot fanining amaliyot bilan birligi (3-modda ).
Shuningdek, Qonunning ushbu qismida fuqarolaming sogiigini saqlash sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (4-modda), Sogiiqni saqlash vazirligining (5-modda), mahalliy davlat hokimiyati organlarining (6-modda) vakolatlari haqida maiumotlar berilgan.
Qonunga muvofiq sogiiqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlari farqlanadi (7-modda). Sogiiqni saqlashning

davlat tizimi davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni bepul ko‘rsatadi. Bepul ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning hajmi va tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Shu bilan birga belgilangan davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamdan tashqari tibbiy va boshqa xizmatlar qo'shimcha hisoblanib, ularga belgilangan tartibda fuqarolar tomonidan haq to‘lanadi (8-modda).


Qonunning ikkinchi - “Fuqarolar sog‘lig‘ini huquqiy jihatdan muhofaza qilish” qismida fuqarolaming umuman va ayrim toifalarining sog‘lig‘ini saqlash masalalarining huquqiy jihatlari
yoritilgan.
Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasiga mos tarzda
fuqarolaming sog‘liqni saqlash borasidagi huquqlarining daxlsizligi va davlat tomonidan ulaming yoshi, jinsi, irqi, millati, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ta’minlanishi ta’kidlangan. Zero, davlat kasalliklaming har qanday shakllari borligidan qat’iy nazar fuqarolaming kamsitishlardan himoya qilishi kafolatlangan (13-modda).
Qonunning 18-moddasiga binoan fuqarolar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida oilaga taalluqli masalalar, o‘zlarida ijtimoiy ahamiyatli yoki atrofdagilar uchun xavfli kasalliklar bor- yo‘qligi masalalari, nikoh va oila munosabatlarining tibbiy-ruhiy, tibbiy-irsiy va boshqa jihatlari yuzasidan bepul maslahat olish va tekshiruvdan o‘tish huquqiga ega. Ayni shu moddada har bir oila o‘ziga oilaviy shifokomi tanlash, bolali oilalar esa qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan.
Binobarin, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining “Nikohdan o‘tayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish” haqidagi 17-moddasi va ushbu tibbiy ko‘rik tartibini belgilovchi Nizom bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorida (365-son, 25 avgust 2003 y. ) keltirilgan me’yorlar “

Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi” Qonunning 18-moddasiga mos keladi.


Qonunning mazkur qismda ayrim turdagi kasb-kor bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar (17-modda), voyaga etmaganlar (19-modda), harbiy xizmatchilar (20-modda), pensiya yoshidagi fuqarolar (21-modda), nogironlar (22-modda) hamda favqulodda vaziyatlarda jabr ko‘rgan fuqarolaming (23-modda) sog‘liqni saqlash borasidagi huquqlarming xususiyatlari ham berilgan.
Ко‘rib chiqilayotgan Qonunda bemor huquqlariga alohida e’tibor berilib, ular 24-moddada keltirilgan. Ushbu moddaga muvofiq tibbiy yordamga murojaat qilgan va bu yordamni olayotgan paytda bemorlar quyidagi huquqlarga egalar:
- tibbiyot va xizmat ko'rsatuvchi xodimlaming hurmat va insoniy munosabatda bo‘lishi;
- shifokor va davolash-profilaktika muassasasini tanlash;
- sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan sharoitda tekshiruvdan o‘tish, davolanish va parvarish qilinish;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda o‘z iltimosiga ko‘ra boshqa mutaxassislaming konsilium qilishi va ulardan maslahat olish;
- tibbiy yordamga murojaat qilganligi, sog‘lig‘ining holati, ko‘yilgan tashxis va tibbiy muolajalar chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlaming sir saqlanishi;
- tibbiy muolajalarga o‘z ixtiyori bilan rozilik berish yoki rad etish;
- o‘z huquq va burehlari, sog‘lig‘ining holati haqida ma’lumot olish va bu ma’lumotlami uning manfaatlarini ko‘zlagan holda bersa bo‘ladigan shaxslarni tanlash;
- ixtiyoriy tibbiy sug‘urta doirasida tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan foydalanish;
- tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida sog‘lig‘iga zarar etkazilgan taqdirda ko‘rilgan zaraming o‘mi qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi;

- huquqini himoya qilish uchun huzuriga advokat yoki boshq qonuniy vakil qo‘yilishi.


Ushbu moddada keltirilgan bemor huquqlari buzilgan taqdirda bemor yoki uning qonuniy vakili shikoyat bilan davolash-profilaktika muassasasining rahbariyatiga, yuqori boshqaruv organiga yoki sudga murojaat qilishi mumkinligi ta’kidlangan.
Hozirda fuqarolar sog’lig’ini saqlash bo’yicha qonun va qarorlar to’g’risida fikrlaringiz.

IJOBIY

SALBIY







  1. Jamiyatda sog’liqni saqlash tog’risida qonun va qarorlarning o’rni



Bajardi:Abdujabborov Ilyos 410-B guruh.
Yüklə 72,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə