G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining uchinchi bosqichi -rivojlanish bosqichi. XX



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining uchinchi bosqichi -rivojlanish bosqichi. XX 
asr boshlaridan XX asrning 60-yillarigacha.
Bu davrda xorij qiyosiy pedagogikasi juda tez rivojlana boshladi. Qiyosiy 
pedagogika turli ijtimoiy tuzumdagi mamlakatlar o‘rtasidagi sotsial iqtisodiy va 
siyosiy 
ziddiyatlarni 
aks 
ettirdi. 
Chet 
el 
mamlakatiarining 
pedagoglari
mamlakatlarda maktabning rivojIanishini tobora sinchkovlik bilan kuzata 
boshladilar. 
Ularning ko‘pchiligi qiyosiy pedagogikani o‘zlarining sohalari qilib oldilar. 
Umumiy ta‘limning rivojlanishi va majburiy ta‘lim muddatlarining uzayishi va 
darajasining oshishi, turli yo‘nalishi, tipi, darajasi, maktablarning rivojlanishi, 
ta‘lim-tarbiya metodlarini takomillashtirish zaruriyati Yevropa va Amerikadagi 
ko‘pgina mamlakatlar uchun bir qator umumiy muammolarni ilgari surdi. 
Qiyosiy pedagogika bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Amerikalik olim Pol 
Monro dunyoning turli mamlakatlar va hududlaridagi ta‘lim va pedagogik 
nazariyani tarixiy aspektda o‘rganadi va milliy ta‘lim tizimlariga ijtimoiylashtirish 
ta‘lim va tarbiyaning o‘ziga xos jihatlariga alohida e‘tibor qaratadi. Monroning 


24 
xizmati shundaki, ta‘lim va tarbiyaga turli xil yondashuvlardagi yutuq va 
kamchiliklarni qiyosiy-tahliliy o‘rganib, ta‘lim maqsadi va qadriyatlarini ajratadi. 
Aynan u 1911-1913-yillarda AQSHda birinchi bo‘lib, yaratilgan ta‘lim 
to‘g‘risidagi ensiklopediyaning ilmiy redaktori bo‘ldi. 
Komparativistikaning 
rivojlanishi 
turli 
ijtimoiy-siyosiy 
va 
iqtisodiy 
tizimlardagi qizg‘in o‘zgarishlar, ziddiyatlarga to‘g‘ri keldi. Bu davrda qiyosiy 
pedagogikaga oid tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan tashkilot tarmoqlari ancha 
kengaydi. Binobarin, 
xalqaro ta’lim byurosi
tashkil etilib, u qiyosiy pedagogikaga 
oid tadqiqotlarni munofiqlashtiruvchi markaz sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. 
Shuningdek, maxsus xalqaro davriy nashrlar: ―Ta‘lim va tarbiyaning xalqaro yillik 
nashri‖ ―Ta‘lim yillik nashri‖ (AQSh), ―Xalqaro pedagogik jurnal‖ (Germaniya) va 
b. Qiyosiy pedagogika metodologiyasi va aniq tadqiqotlar bilan I.Kendel, 
P.Monro, V.Rassel (AQSh), N.Xens (Angliya), F.Shnayder (Germaniya), 
P.Rosselo (Shvetsariya) kabilar jiddiy shug‘ullandilar.
1917 yildagi rus inqilobidan keyin qiyosiy pedagogika Rossiya u bosib 
olgan davlatlarda rivojlana boshladi. Maorif xalq 
maorif Xalq kommisariyati
tizimida faoliyat ko‘rsatgan bir guruh pedagoglar xorij pedagogik nazariyasi va 
maktab amaliyotini o‘rganish bilan shug‘ullana boshladilar. Bu tahlilning ustivor 
yo‘nalishi xorij davlatlaridagi ta‘limning aynan maktab tizimi edi. Bu davrga kelib, 
pedagoglar va keng jamoatchilik uchun turli pedagogik jurnallar chop etila 
boshlandi. ―Boshlang‘ich ta‘lim‖ (―Nachalnaya shkola‖), ―O‘qituvchi‖ (―Uchitel‖), 
―Tarbiya uchun jurnal‖ (―Jurnal dlya vospitaniya‖) va boshqalar shular 
jumlasidandir. ―Yangi maktab sari yo‘l‖ (―Naputyax novogo shkole‖) jurnalida 
xorij ta‘lim tizimi tahliliga oid maqolalar doimiy ravishda chop etib borildi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, o‘sha davrda pedagoglar ―maorif‖ so‘zini 
juda ko‘p va tez-tez qo‘llaganlar. Zamonaviy pedagogik leksikonda esa, bu so‘z 
kamdan-kam qo‘llanadi. Maorif tushunchasi ta‘lim va bilimni tarqatish ma‘nosida 
qo‘llanilib, o‘sha paytda yangi ijtimoiy formastiyaga ko‘tarilgan davlat uchun juda 
zarur edi. Chunki o‘sha davrda aholining ko‘p qismi, shuningdek, kattalar orasida 
ham savodsizlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan. Shuning uchun ham ta‘lim 
boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi komissariyat (hozirgi sinonimi vazirlik) Xalq 
maorifi komissariyati deb nomlangan. 
Ular XIX asrning II yarmida maydonga kelgan ma‘rifatchilik harakatining 
merosxo‘rlari sifatida butun o‘lkada katta obro‘ga ega bo‘lib, rus, ozarbayjon, tatar 
va boshqa qardosh xalq pedagoglarining ta‘lim-tarbiya haqidagi fikrlarini hamda 
darsliklarini o‘rganib o‘lka maktablarida keng yoyishda jonbozlik ko‘rsatdilar. 
Turkistonda ochilgan rus va tatar muallimlari boshchilik qilgan o‘zbek 
maktablarida qo‘llangan usullardan foydalanib o‘zlari tashkil qilgan maktablarda 
uzoq vaqt davom etgan ―Hijo‖ usuli o‘rniga ―usuli savtiya‖da ta‘limni tashkil 
qildilar va darsliklar yaratdilar. 
Mamlakatimizda 20 asrning boshlarida yangi ta‘lim tizimi jadallashdi, 
o‘zbek ma‘rifatparvarlari tomonidan chet el pedagogik tajribasini o‘rganishga katta 
e‘tibor qaratildi. Davlatning qiyin iqtisodiy ahvoliga qaramay, pedagoglar va 
maorif arboblari ta‘lim sohasidagi yangi konsepsiyalar va haqiqiy o‘zgarishlar 
bilan tanishtirish maqsadida talabalarning chet el safarlari uchun mablag‘ topar 


25 
edilar. O‘zbek maktabi amaliyotiga ba‘zi g‘arbiy didaktik yangiliklarni kiritishga 
urinishlar bo‘ldi. Bu urinishlar har doim ham samarali bo‘lavermas edi, ammo ular 
ta‘limni abstrakt xarakterini yengish uchun va o‘z maktablarida o‘quv jarayonini 
faollashtirish uchun chet el tajribasidan foydalanishga intilishni aks ettirar edi. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar Qori, Sadriddin Ayniy, Fitrat, 
Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hamza, G‘ozi Yunus, Xurshid va 
boshqa ziyolilar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik ko‘rsatdilar va yangi 
usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini yaratish sohasida faoliyat olib bordilar.
Ma‘rifatparvarlar 1906 yildayoq ―Taraqqiy‖ deb nomlangan gazeta nashr 
ettirib, o‘z g‘oyalarini tarqata boshladilar, oradan ko‘p o‘tmay, ―Xurshid‖, 
―Shuhrat‖ singari yangi gazetalar dunyo yuzini ko‘rdi. 1922—1923 yillarda Fitrat 
Buxoro Xalq Respublikasining maorif noziri sifatida barcha o‘zbek, tojik va 
boshqa millatlarning bolalari uchun maktablar ochish, o‘quvchilarga metodik 
qo‘llanmalar tayyorlash sohasida katta ishlar olib bordi. Xotin-qizlar maktablarini 
ko‘paytirishga, xotin-qizlarni ma‘rifatga tortishga alohida e‘tibor berdi. 
Fitrat o‘sha yillarda Buxoro Xalq Respublikasidan Germaniyaga, Turkiyaga 
talabalar yuborish, u yerdagi ilg‘or Evropa ta‘lim-tarbiyasi, ilm-fan, texnika 
sirlarini o‘rganish, yangi Buxoro Xalq Respublikasi va Turkistonda maorif va 
madaniyatni 
rivojlantiruvchi 
mahalliy 
milliy 
kadrlar 
tayyorlash 
tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi. Ayni chog‘da Buxoro Xalq Respublikasi raisi 
Fayzulla Xo‘jaev ham Turkiston Sho‘rolar Respublikasi rahbarlari Turar Risqulov, 
Abdullo Rahimboev, Nazir To‘raqulovlar bilan birga Buxoro va Toshkent, 
Samarqand va Farg‘ona, Xo‘jand va Xivadan Sattor Jabbor, Sayidali Xo‘ja, 
Maryam Sultonmurodova, Hayriniso Majidxonova, Saida Sherahmad qizi Ahmad 
Shukriy, Ahmadjon Ibrohimov kabi o‘nlab mahalliy millat o‘g‘il va qizlarini 
Germaniyaga o‘qishga yuboradi. Ularning ahvoli, moddiy va ma‘naviy, tarbiyaviy 
ishlaridan xabardor bo‘lib turadi. Germaniyadagi o‘zbek talabalari ―Ko‘mak‖ 
nomli o‘zbekcha jurnal chiqarishadi.
O‘lkada olib borilgan siyosat tufayli o‘zbek xalqi o‘z tarixi, milliy urf-
odatu an‘ana, umuminsoniy qadriyatlarini bilish va o‘rganish imkoniyatlaridan 
mahrum bo‘ldi. Millat taqdiri, maorif ravnaqi uchun jon fido qilgan, erkin, hur 
fikrli 
alloma 
ma‘rifatparvarlar 
— Abdurauf Fitrat, Munavvar Qori 
Abdurashidxonov, Elbek, Otajon Hoshimov, Shokir Sulaymon, Cho‘lpon, Abdulla 
Qodiriy qatl etildi. Usmon Nosir, Botu va boshqalar Sibirga surgun qilindi. 
Turkiston o‘lkasida yuz bergan to‘ntarish ma‘rifatning, ijtimoiy tuzumning, 
ishlab chiqarishning sezilarli darajada rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. O‘lkada 
juda ko‘plab ziyolilar etishib chiqdi, savodsizlikka barham berildi. Lekin kezi 
kelganda shu narsani ham qayd etish kerakki, Oktabr to‘ntarishi o‘lkada, sobiq 
sovet ishlarini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, o‘zbek 
milliy qadriyatlariga putur yetkazishga, milliy xalqni ruslashtirishga harakat 
qilingani, ma‘naviyatimizning yo‘qolayotganligiga, tariximizning toptalishiga 
urinishlar bo‘lganligini hech kim inkor etolmaydi, albatta. Chunki har qanday xalq 
o‘z milliyligi, qadriyatlari va madaniyati bilan buyukdir. O‘zbek xalqining ana shu 
buyukligi ruslar istilosi ostida ko‘p yillar davomida toptalib, oyoq osti qilindi. 


26 
Endilikda shukrlar bo‘lsinki, mustaqillik sharofati bilan yo‘qotayozgan barcha 
milliy va ma‘naviy boyliklarimiz, qadriyatlarimiz tiklanmoqda.
Xorij davlatlari maktab tajribasi va pedagogik nazariyasi bilan yaqindan 
tanishish uchun chet el pedagoglari va olimlarining sobiq sovet ittifoqiga va sovet 
pedagoglarining xorij davlatlariga safari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu o‘sha 
davrda sovet pedagogikasining rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. XX asrning 30-
yillarida sobiq sovet ittifoqiga dunyoning turli davlatlaridan ko‘pgina pedagog va 
psixologlar tashrif buyurardi. Ular orasida mashhur amerikalik olim, pedagog, 
psixolog, nazariyotchi va amaliyotchi, zamonaviy Amerika ta‘limining nazariy 
asosini yaratgan Djon Dyu ham bor edi. Uning jahon hamjamiyati ta‘lim tizimini 
takomillashtirish va modernizatsiya qilish uchun bugungi kunda ham o‘z 
dolzarbligini yo‘qotmagan qator asarlari va maqolalari rus tiliga tarjima qilindi.
O‘sha davrda xorij pedagogik tajribasini tahlil va tadqiq qilishga oid 
izlanishlar bilan P.F. Kapterev, P.G.Mijuev, A.P.Pinkevich va boshqa qator rus 
olimlari shug‘ullandilar. Shuningdek, A.P.Pinkevich redaktorligida ―Xorij 
pedagogikasi Byulleteni‖ chop etila boshlandi. A.P.Pinkevich rus ta‘limi 
muammolarini Amerika, Fransiya, Germaniya, Avstriya va boshqa davlatlar 
pedagogik muammolarini qiyosiy tahlil qilish barobarida o‘rgandi. Shu bilan bir 
qatorda ijtimoiy muhit va undagi o‘zgarishlarning o‘sib kelayotgan yosh avlod 
tarbiyasiga ta‘siri muammolariga alohida e‘tibor qaratdi. P.F.Kapterev esa, 
umuminsoniy qadriyatlar xalq va milliy qadriyatlarni umumlashtirgan bo‘lib, ular 
tabiiy ravishda istalgan jamiyatning ijtimoiy mavqeiga ko‘ra farqlanishini 
ta‘kidlaydi. Shuning uchun ham uning fikricha, turli davlatlardagi ta‘lim tizimining 
umumiy, universal jihatlarini o‘rganib, ularni boshqa xalqlarning mental 
xususiyatidan qat‘iy nazar qo‘llash mumkin bo‘lsin. Shu ma‘noda uning pedagogik 
qarashlari kosmopolitik xarakterga ega edi. P.D.Mijuev – G‘arbiy Evropa, 
Amerika va Osiyo ta‘limi to‘g‘risidagi ko‘plab asarlarning muallifidir. U keng 
ko‘lamdagi tadqiqotlar olib borgan pedagog bo‘lib hisoblanadi. P.D.Mijuev taniqli 
chet el pedagoglarining faoliyatini tahlil qildi va umumlashtirdi, chet el ta‘limi 
muammolariga oid qator maqola kitoblar chop etdi. P.D.Mijuevning qiziqishlari 
sohasiga Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, AQSh, Angliya, Norvegiya va boshqa 
mamlakatlarning ta‘lim tizimi ham kiradi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, qiyosiy pedagogika taraqqiyotining bu 
bosqichida o‘ziga xos jihat – bu ikki siyosiy tuzumning (sotsialistik va kapitalistik) 
g‘oyaviy qarama-qarshiligi yaqqol aks etib turar edi. Bu esa o‘z navbatida ta‘lim 
tizimlari mazmun-mohiyatiga o‘z ta‘sirini o‘tkazdi. Bu qarama-qarshilik ayniqsa, 
1929 yildan boshlab keskin tus oldi. Shundan so‘ng qattiq senzurali taqiqlar xorij 
davlatlari ta‘limi to‘g‘risidagi obyektiv ma‘lumotlarni tadqiq qilish va nashr 
etishga yo‘l qo‘ymadi. Hatto xorij ta‘limini tadqiq qilgan ba‘zi olimlar 
repressiyaga uchragan edilar (A.P.Pinkevich). 
Pedagog olimlarning xalqaro miqyosda zarurligi turli xil region va xalqaro 
ilmiy tadqiqot tashkilotlari tashkil topishiga olib keldi. Kolumbiya universitetining 
pedagogika kolleji qoshida xalqaro institut (AQSH), 1925 yildan boshlab 
Berlindagi ta‘lim-tarbiya markaziy institutning chet el pedagogikasi va maktabi 
bo‘limi o‘zining ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatini kuchaytirdi. Qator vaqtli 


27 
nashrlar chop qilindi. Kolumbiya institutining AQSh ―Maorif yilnomasi‖ 1934 
yilgacha nemis, ingliz va fransuz tillarida chop etilgan. ―Xalqaro pedagogik jurnal‖ 
(Germaniya) va boshqalar. Yevropa va Amerikada ilmiy konferensiya va 
seminarlar tashkil qilindi. Turli mamlakatlarda ta‘lim sistemasi bilan tanishish 
maqsadida chet ellarga borish, xalqaro uchrashuvlar va chet el maktabini 
o‘rganishning boshqa turlari keng rivojlandi.
Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning amaliy vazifasi kengaydi. Qiyosiy 
tadqiqot ishlari ancha chuqurlashib, maqsadga yo‘naldi. Mamlakatlarning 
madaniy-tarixiy va sotsial-iqtisodiy sharoti tufayli XX asrda qiyosiy pedagogika 
– pedagogikaning mustaqil sohasi bo‘lib ajralib chiqdi. Qiyosiy pedagogika 
nazariyasi masalalariga bag‘ishlangan bir qator ishlar e‘lon qilindi. Yevropa va 
Osiyo mamlakatlarida xalq revolyutsiyalari g‘alaba qozonishi, sotsialistik 
mamlakatlarning o‘z mustaqilligini e‘lon qilishi, xalq maorifi sistemasiga ta‘sir 
ko‘rsatdi.
1945 yili Parijda BMT tashkiloti (YUNESKO) tuzildi. Xalqaro pedagogika 
sohasidagi tadqiqotlar uchun kerakli ma‘lumotlar ko‘paydi. Jahon mamlakatlarida 
maorifning ahvoli haqida yilnoma nashr qilina boshladi. Qiyosiy pedagogika 
muammolari bo‘yicha xalqaro anjuman uyushtirildi. 1956 yillarda AQSH qiyosiy 
pedagogika jamiyati yuzaga keldi. Londonda Yevropa Qiyosiy pedagogika 
jamiyati tashkil qilinib, vazifalari belgilab olindi. 
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQShdagi Qiyosiy pedagogika Jamiyati 
sohaga oid muammolarni o‘rganishga kirishdi. Shunday tashkilotlar jumlasiga: 
Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya, Ispaniyada bo‘limlari bo‘lgan Londondagi Evropa 
Qiyosiy pedagogika Jamiyati, Avstriya, Kanada va Yaponiya jamiyati, 
Gamburgdagi pedagogika instituti, Zalsburg (Avstriya) dagi qiyosiy pedagogika 
instituti, Kyusyu universiteti qoshidagi qiyosiy pedagogika instituti hamda 
pedagogik tadqiqotlar davlat instituti (Yaponiya) va boshqalar ham kiradi. Bu 
davrda evropa qiyosiy pedagogika jamiyati hamda Butundunyo qiyosiy 
pedagogika jamiyati kengashi faol ish olib boradi, kongresslar tashkil etadi. Qator 
xalqaro jurnallar: ―Qiyosiy pedagogika‖, ―Qiyosiy pedagogika bo‘yicha axborot‖, 
―Ta‘lim dunyosi‖ kabilar chop etila boshlandi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə