G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

birinchidan,
boshlang‘ich maktab ta‘limini joriy etish va takomillashtirish zarurati. Bu 
rivojlangan industrial davlatlarda muayyan yoshdagi bolalar uchun, ularning 
ijtimoiy mavqeyi va moddiy ta‘minlanganlik darajasidan qat‘iy nazar boshlang‘ich 
ta‘limning majburiyligi, ya‘ni boshlang‘ich ta‘lim davlat tizimini barpo etishga 
olib keldi. 
Ikkinchidan,
turli davlatlarning maktablarida mazmuniy, tashkiliy va 
metodik ko‘lamdagi salmoqli o‘zgarishlarning sodir bo‘la boshlaganligi. 
Uchinchidan,
jamiyat iqtisodiy imkoniyatlar dinamikasining o‘sishi bilan bog‘liq 
holda tez sur‘atlarda kasb tayyorgarligi ta‘limini rivojlantirish zaruratining vujudga 
kelganligi. 
Bundan tashqari aynan XIX asrda Evropada pedagogik fikr taraqqiyoti 
gullab yashnay boshladi. Pestalotsi pedagogikasi (Shvetsariya). Russoning erkin 
tarbiya nazariyasi (Fransiya), Kantning axloqiy tarbiya to‘g‘risidagi pedagogik-
falsafiy g‘oyalari (Germaniya) G‘arbiy Evropa va butun dunyoga o‘zining ijobiy
to‘lqinlarini tarqata boshladi. Shu tariqa yangi ilmiy soha – qiyosiy 
pedagogikaning paydo bo‘lishi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keldi. Bell-
Lankaster tizimi, Pestalotsi pedagogikasi, Russoning «erkin tarbiyasi», ma‘naviy 
tarbiya haqidagi Kant fikrlari umumYevropa miqyosida tadbiq qilina boshlandi. 
Qiyosiy pedagogikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalalari to‘g‘risida 
olimlar turli nuqtai nazarni yo‘qlab chiqdilar.
Qiyosiy pedagogika fanining asoschisi fransuz publissisti va tadqiqotchisi 
Mark Antuan Julen (1775-1848) bo‘lib hisoblanadi. U birinchi bo‘lib, qiyosiy 
pedagogikaning maqsadi va vazifalarini aniqlash, turli mamlakatlar bo‘yicha 
muvofiq ashyoviy materiallarni to‘plash va tizimlashtirish, ta‘limni rivojlantirishda 
Jahon tajribasini o‘rganish muammosini ilmiy tadqiqotlarning alohida mustaqil 
sohasi sifatida ajratish masalasini o‘rtaga tashlagan edi. 


18 
Mark Antuan Julen o‘zining ―Qiyosiy pedagogikaga oid ishga 
qo‘shimchalar‖ degan maqolasida Shvetsariya va Fransiya maktablarining 
pedagogik tajribasini qiyosiy tahlil qiladi. Keyinchalik uni Julen Parijskiy deb atay 
boshladilar. Shu nom bilan u qiyosiy pedagogika tarixiga kirdi. Uning fikricha
qiyosiy pedagogikaning asosiy va bosh masalasi – turli mamlakatlarning 
pedagogik tajribasini o‘rganish orqali dunyo miqyosida imkon qadar ratsional 
ta‘lim tizimini yaratish. 
Shuning uchun G‘arbiy Yevropa adabiyotlarida Julen «Qiyosiy 
pedagogikaning otasi» sifatida tilga olinadi.
Darhaqiqat, u ta‘lim taraqqiyotining xalqaro tajribasini alohida ilmiy 
tadqiqotlar yo‘nalishi sifatida o‘rganish masalasini o‘rtaga qo‘ydi. Julen faoliyati 
va qiziqishlari keng miqiyosga ega edi. 1792 yilda 17 yoshli o‘spirin diplomatik 
missiya tarkibida Angliyaga jo‘natiladi. U yerdan qaytgach, Fransiya departamenti 
tarkibidagi inqilobiy hukumat a‘zosiga aylanadi. 1794 yilda Fransiyaga markaziy 
ma‘muriy ta‘lim siyosati natijasida tuzilgan «Xalq ta‘limi ijroya qo‘mitasi» 
faoliyatida ishtirok etadi. 
XIX asr boshlarida Julen mashhur publissist sifatida yuzlab maqolalar, 
ijtimoiy munosabat, madaniyat va siyosatning turli masalalariga oid broshyuralar 
e‘lon qildi.
Julen Parijskiy Robesperning tarafdori va faol publissisti bo‘lganligi sababli 
tabiiy ravishda uning ta‘lim to‘g‘risidagi g‘oyalari va qadriyatlari Fransiya 
inqilobinng g‘oya va qadriyatlari bilan mos edi. Uning uchun qiyosiy pedagogikani 
rivojlantirishning asosiy g‘oyasi jamiyat taraqqiyoti va shu asosda xalq 
farovonligini aks ettirar edi. Taraqqiyot (progress) g‘oyasi fransuz 
ma‘rifatparvarlarining asosiy va muhim postulati bo‘lib, u jamiyatni bosqichma-
bosqich rivojlantirib borib, eng past yashash sharoitidan yuqori yashash sharoitiga 
ko‘tarilish. Buning uchun barcha vositalardan, shuningdek, zarur bo‘lsa inqilobiy 
to‘ntarishdan ham foydalanish lozimligi ko‘rsatilgan edi. Aynan maorif, ta‘lim 
keng ma‘noda ―Aql-idrok podshohlig‖ ijtimoiy progressni tezlashtirishning asosiy 
va zarur sharti hisoblangan. Shuning uchun ham turli mamlakatlardagi pedagogik 
voqelik birinchi navbatda, fransuz inqilobi namoyondalarini qiziqtirar edi. O‘sha 
paytda Evropa mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan ta‘lim nazariyasini ishlab 
chiqish va shu orqali madaniy taraqqiyotga erishish, nisbatan yangi g‘oya sanalar 
edi. Bu g‘oya fransuz burjuaziya inqilobi bosh shiori bilan bog‘liq bo‘lib, bunda 
jamiyatni rivojlantirishning asosiy qadriyati ozodlik, tenglik va birodarlik, deb 
hisoblanadi. 
Ozodlik, tenglik va birodarlik
(fr. Liberte`, E`galite`, Fraternite`) – 
Buyuk fransuz inqilobining shiori bugungi kunda Fransiyaning davlat shiori bo‘lib 
hisoblanadi. O‘sha patda bu shior fransuz ta‘limini isloh qilishning asosiy g‘oyasi 
bo‘lib hisoblangan. Uning tashabbusi bilan «Birlashgan millatlar fransuz jamiyati» 
tashkil qilindi. Bu jamiyat Yevropa tarixiy adabiyotlarida zamonaviy xalqaro 
tashkilotlar yuzaga kelishiga asos bo‘lganligi, qayd qilinadi. Julen ta‘lim va tarbiya 
muammolariga juda qiziqar edi. 1810 yilda Julen Pestalotsining Iverdan 
Shvestariyadagi tarbiya maskanini ziyorat qilgach, uning g‘oyalarini jiddiy yoqlay 
boshladi.


19 
Julen 1848 yilda vafot etdi. Deyarli bir asrga yaqin vaqt ichida uning 
publististik va ilmiy merosi esga olinmadi. Faqat 1935 yilda uning ―Qiyosiy 
tarbiya bo‘yicha tadqiqotlarga oldindan eslatmalar va ocherk‖ nomli (1817) kichik 
broshyurasining Parijdagi eski kitoblar do‘koni peshtaxtasidan tasodifan topilishi, 
uning ismini xalq xotirasidan butunlay o‘chib ketishining oldini oldi. Uning 
ijodiga qiziqishni qayta uyg‘otdi. Aynan shu asarda «qiyosiy tarbiya» va «qiyosiy 
pedagogika» atamalari ilk bor qayd qilingan edi. 
Julen 
1817 yilda
birinchi bo‘lib xorij davlatlardagi ta‘lim amaliyotini 
analitik taqqoslash natijasi sifatida ta‘lim-tarbiya mazmuni, metod-vositalari va 
ta‘lim nazariyasini o‘rganish jarayonini ifodalash uchun 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə