G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

1992 yil 2 martda
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a‘zo qilib 
qabul qilingach, BMTning barcha tashkilotlariga a‘zo bo‘lish huquqiga ega 
bo‘ladi. Shu bois Respublikamiz 
1993 yil 26 oktabridan
boshlab 
YUNESKO
ga 
a‘zo bo‘ldi.
Yuqoridagi sanalardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston YUNESKOga a‘zo 
bo‘lganiga ikki yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Lekin shu qisqa vaqt ichida ko‘p ishlar 
amalga oshirildi.
1993 yilning yuqorida YUNESKOning ko‘zga ko‘ringan ekspertlari 
yurtimizga tashrif buyurib, Samarqand, Buxoro Xiva shaharlarining tarixiy 
obidalarini borib ko‘rdilar va o‘rgandilar. Ularda bu shahardagi betakror tarixiy 
obidalar katta taassurot qoldirdi. Natijada, xalqimizning o‘chmas yodgorliklari 
qayta tiklanib, ta‘mirlash dasturi tuzildi va bu dasturni amalga oshirish1995 yining 
boshidan boshlandi.
1994 yilning aprel oyida YUNESKOning barcha bo‘limlari vakillari 
Toshkentga kelishdi. Ularning bu tashrifidan maqsad Markaziy Osiyo 
respublikalarida YUNESKOning vazifalarini aniqlab olishdan iborat edi.
Shu yilning oktabr oyida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo va jahon 
olimlari uchrashib, bu shaharda YUNECKO tasarrufidagi Markaziy Osiyo 
respublikalarini o‘rganish instituti tashkil etishga qaror qilindi.
Bu institut jahonda mintaqani o‘rganish bo‘yicha eng yirik markaz bo‘lib 
qoldi. Binobarin, Samarqand o‘rta asrlarda bo‘lganidek, hozir ham jahonning eng 
ko‘zga ko‘ringan ilmiy markazlaridan biri bo‘lib qoladi.


41 
YUNECKO tashabbusi bilan Fransiyaning Parij shahrida, Samarqandlik olim, 
davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubiley 
tantanalari bo‘lib o‘tdi. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarining butun jahon 
tarixiy obidalar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ko‘pgina ishlar qilindi.
YUNESKO Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish 
istiqbollarini o‘rganish ishida ham katta amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Bu ish 
shunisi bilan katta ahamiyatga molikki, butun Markaziy Osiyo Respublikalari Orol 
dengizining qurib borayotganligi munosabati bilan jiddiy ekologik tanglikka, 
sanoat chiqindilaridan atrof-muhitni ifloslanishi kabi muammolarga duch 
kelmoqdalar.
YUNESKO ana shu muammolarni, boshqa xalqaro va hududiy hamjamiyat 
tashkilotlari bilan hamkorlikda bartaraf etish yo‘lida ishlashga o‘zining tayyor 
ekanligini izhor etdi.
Ma‘lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti jahon madaniyati va ma‘rifatini 
rivojlantirish o‘n yilligini (1988- 1997) o‘tkazishga qaror qilgan edi.
YUNESKO ham shu doirada faoliyat ko‘rsatib, jahon iqtisodiy, madaniy va 
ma‘rifiy rivojlanishida muhim o‘rin tutgan «Buyuk Ipak Yo‘li»ni kompleks 
o‘rganish dasturini qabul qildi. Bu dasturning maqsadi Sharq bilan G‘arb 
o‘rtasidagi, quruqlikdagi va dengizdagi savdo yo‘li salohiyatini aniqlash, 
tiklashdan iborat bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu yo‘l Sharq bilan G‘arbning madaniy 
va ma‘rifiy hamkorligini bir-biriga bog‘lovchi muhim ko‘prik ekanligini ochib 
berish, uni tiklashdan iboratdir.
Endilikda bu ulkan tadqiqotlar to‘rt asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda:
1. Ipak yo‘li mamlakatlariga kiruvchi xalqlarning tili va yozuvini o‘rganish;
2. Karvonsaroylar o‘rnini aniqlash va ularni qayta tiklash, pochta aloqalarini 
yo‘lga qo‘yish;
3. Kosmik arxeologiya‘ni qayta jonlantirish; 
4. Jahon turistik tashkiloti bilan hamkorlikda ipak yo‘li bo‘ylab turistik 
yo‘nalishlarni ochish va uni harakatga keltirishdan iborat.
Hozirgi kunda Respublikada YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi. Bu komissiya tarkibiga davlat 
arboblari, olimlar, taniqli madaniyat xodimlari bilan bir qatorda ta‘lim 
muassasalarining ham vakillari kiritildi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə