G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


nazariy,  qiyosiy-taqqoslovchi va qiyosiy-tarixiy tahlil



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

nazariy, 
qiyosiy-taqqoslovchi va qiyosiy-tarixiy tahlil
i
etarli darajadagi faktik materiallarni 
qo‘llash lozimligini nazarda tutadi. O‘rganuvchilar uchun manbalarni tahlil qilish 
tadqiqot va izlanishlar uchun muhim metod sanaladi. Shunday manbalar sirasiga 
eng avvalo o‘tmish va hozirgi zamon pedagoglarning asarlari, me‘yoriy-huquqiy 
hujjatlar, olimlarning tadqiqotlari, arxiv materiallari, statistik ma‘lumotlar, o‘quv 
reja va dasturlari kiradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan istalgan bir metodni qo‘llash orqali qiyosiy 
pedagogikaning bosh metodologik masalasi – qaysi vositalar va qanday shakllarda 
zamonaviy xorij tajribasini o‘z mamlakatimiz ta‘lim tizimida qo‘llash samarali 
natija berishi mumkinligini aniqlab beriladi.


14 
1.3 Ilm va fanning bir sohasi sifatida qiyosiy pedagogikaning asosiy 
rivojlanish bosqichlari 
Ixtiyoriy ilmiy bilimning barqaror rivojlanishning zaruriy sharti 
uning evolyutsion bosqichlarida ongli tarzda avloddan-avlodga o‘tishidir. 
Pedagogika fanlari uchun bu juda muhim hisoblanadi. Chunki bir davrdan 
ikkinchi davrda uzluksiz o‘tuvchi xususiyatga ega ta‘lim-tarbiya‘ning dolzarb va 
abadiy muammolari bir talay. Yangi ijtimoiy tarixiy sharoitda hamda fanning yangi 
rivojlanish bosqichida tarixiy ilmiy merosga tayanib ish ko‘rish zarur. Shuning 
uchun pedagogikaning tarixi ikkilamchi masala yoki qadimiy ashyolar yig‘indisi
bo‘lmay, doimiy taraqqiyotda bo‘lgan muammolarni o‘z ichiga qamrab olgan 
majmua hisoblanadi. Ularning batafsil tahlili pedagogika fanlariga oid ixtiyoriy 
sohaning ilmiy tadqiqotlari nazariy metodologik darajasini mukammallashtiradi. 
Odamning kasbiy va aqliy kamolotida muhim ko‘rsatkichga aylanadi. Bularning 
bari qiyosiy pedagogikaga ham to‘la aloqador hisoblanadi. Qiyosiy pedagogika 
tahliliga metodologik yondashuvlar majmuini hisobga olgan holda biz uning besh 
taraqqiyot bosqichini ajratamiz: 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə